Bugungi kunda O‘zbekistonda jami 33 942 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyat yuritmoqda. AOKAda o‘tgan brifingda Maktabgacha ta’lim agentligi axborot xizmati rahbari Mavluda Asqarxo‘jayeva tizimdagi ishlar haqida ma’lumot berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, respublikadagi jami maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 6780 tasi davlat bog‘chalari, 27 162 tasi esa nodavlat tashkilot hisoblanadi.

Nodavlat bog‘chalar tarkibi:

  • xususiy — 847 ta;
  • oilaviy — 24 ming 927 ta;
  • DXSH asosidagi tashkilotlar — 1388 ta.

Respublikadagi 3−7 yoshli bolalar soni 2 mln 930 ming 844 nafarни tashkil etmoqda. Shulardan 74 foizi, ya’ni 2 mln 169 ming 538 nafari bog‘chaga boradi.

Tizimda 2023-yilda qilingan ishlar

2023-yil davomida 182 ta davlat MTTlar ta’mirlandi. Bunda: 57 ta yangi bog‘cha qurildi, 113 ta bog‘cha rekonstruksiya qilindi, 2 tasi mukammal ta’mirlashdan chiqdi.

71 ta DXSH asosidagi NMTTlar (7100 o‘rinli) hamda 4402 ta (116 998 o‘rinli) oilaviy shakldagi NMTT ochildi.

Maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan 661 945 nafar (93 foiz) 6 yoshli bolalarning 170 721 nafari 7490 ta boshlang‘ich ta’limga bir yillik bepul majburiy tayyorlov guruhlariga, 457 008 nafari 9031 ta to‘liq kunlik tayyorlov guruhlariga, 33 429 nafari 1337 ta qisqa muddatli tayyorlov guruhlariga, 787 nafari mobil guruhlarga qamrab olindi.

Ushbu ko‘rsatkich (6 yosh):

  • Navoiy viloyatida — 95,2 foiz;
  • Sirdaryo viloyatida — 93,9 foiz;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Buxoro viloyatida — 93,4 foiz;
  • Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarida — 93 foiz;
  • Toshkent shahri va viloyati hamda Xorazm viloyatida — 92,8 foiz;
  • Andijon va Jizzax viloyatlarida — 93,2 foiz;
  • Namangan va Qashqadaryo viloyatida — 92,9 foiz;
  • Samarqand viloyatida — 92,5 foizni tashkil etadi.

2023-yilning may oyida O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish bo‘yicha 5 yillik dastur ishlab chiqilishi ma’lum qilingandi.

2022−2026-yilgi Taraqqiyot strategiyasiga ko‘ra, 5 yilda maktabgacha ta’limdagi qamrov darajasini 62 foizdan 80 foizga yetkazish rejalashtirilgandi. 2026-yilga kelib esa 6 yoshli bolalarni 100 foiz maktabgacha tayyorlov tizimi bilan qamrab olish kutilmoqda. Buning uchun esa 7 mingdan ortiq nodavlat muassasalarni qurish, 160 mingdan ko‘proq kadrlar malakasini oshirish maqsad qilingan.

“O‘zbekiston — 2030” strategiyasida esa 2030-yilga kelib bolalarni maktabgacha ta’lim va tayyorlov guruhlari bilan to‘liq qamrab olish reja qilingan.