Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogi guruh bosqichining uchinchi turi doirasida Avstraliya bilan kechgan o‘yinda durang natija qayd etdi. 23-yanvar kuni Qatarda bo‘lib o‘tgan uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.

Hisob birinchi bo‘lim oxirida ochildi. 45+1' daqiqada avstraliyaliklar mutaxassislar bahsli deb atagan vaziyatdan penalti ishlab oldi. Chunki o‘sha vaziyatda to‘p yarim himoyachi Odiljon Hamrobekovning qo‘liga futbolchi yiqilib, tayanch qo‘lini yerga qo‘ygan vaqtida tekkandi. Shunga qaramay, hakam epizodni VAR orqali tekshirib, penalti belgilashga qaror qildi, uni Martin Boyl golga aylantirdi.

79 daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Jaloliddin Masharipov va Aziz Turg‘unboyevlarning sa’y-harakatlari evaziga hisob tenglashdi. Masharipov to‘pni jarima maydonchasiga oshirib berdi, Turg‘unboyev esa uni boshi bilan raqib darvozasiga joylab qo‘ydi. Bu gol Avstraliyaga qarshi kechgan beshta uchrashuvda o‘zbekistonliklar urgan birinchi gol bo‘ldi.

2023-yilgi osiyo kubogi, avstraliya, futbol

Shu tariqa, bosh murabbiy Srechko Katanets shogirdlari 5 ochko bilan “B” guruhida ikkinchi o‘rinni egallab, Osiyo Kubogining 1/8 finaliga yo‘l oldi. Milliy terma jamoa guruh bosqichini mag‘lubiyatsiz yakunladi — Hindiston ustidan g‘alaba, Suriya va Avstraliya bilan durang.

Avstraliya guruhda 7 ochko bilan birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, parallel o‘yinda Hindistonni mag‘lub etgan (1:0) Suriya uchinchi pog‘onaga joylashdi.

Statistika

2023-yilgi osiyo kubogi, avstraliya, futbol

Video

Foto

2023-yilgi osiyo kubogi, avstraliya, futbol
2023-yilgi osiyo kubogi, avstraliya, futbol2023-yilgi osiyo kubogi, avstraliya, futbol2023-yilgi osiyo kubogi, avstraliya, futbol2023-yilgi osiyo kubogi, avstraliya, futbol2023-yilgi osiyo kubogi, avstraliya, futbol2023-yilgi osiyo kubogi, avstraliya, futbol2023-yilgi osiyo kubogi, avstraliya, futbol2023-yilgi osiyo kubogi, avstraliya, futbol2023-yilgi osiyo kubogi, avstraliya, futbol2023-yilgi osiyo kubogi, avstraliya, futbol2023-yilgi osiyo kubogi, avstraliya, futbol2023-yilgi osiyo kubogi, avstraliya, futbol2023-yilgi osiyo kubogi, avstraliya, futbol2023-yilgi osiyo kubogi, avstraliya, futbol2023-yilgi osiyo kubogi, avstraliya, futbol2023-yilgi osiyo kubogi, avstraliya, futbol