Muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovi 9-iyul kuni o‘tkaziladi

Shavkat Mirziyoyev muddatidan ilgari prezidenti saylovini 9-iyulda o‘tkazish bo‘yicha farmonni imzoladi.

MSK muddatidan avvalgi prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘rishni boshladi

Markaziy saylov komissiyasi 9-iyulda bo‘lib o‘tadigan muddatidan avvalgi O‘zbekiston prezidenti saylovini o‘tkazishga tayyorgarlik ishlarini boshladi. Komissiya 10-may kuni saylov kampaniyasi boshlanishini e’lon qilmoqchi.

“Festivallar uchun yildan-yilga kamroq xarajat qilyapmiz” — Ozodbek Nazarbekov

6−8-may kunlari Sirdaryoda o‘tgan lll Xalqaro baxshichilik festivalida 30 ga yaqin davlatdan baxshilar qatnashdi. Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov OAVning festival uchun qancha mablag‘ ajratilgani bo‘yicha savoliga “Biz yildan-yilga kamroq xarajat qilyapmiz”, — deya javob qaytardi.

Ombudsman vakillari tergov hibsxonasidagi Dauletmurat Tajimuratov bilan uchrashdi

Ombudsman va jamoatchilik guruhlari vakillari 1-sonli tergov hibsxonasi (“Toshturma”)da bo‘lib, Nukus voqealari yuzasidan jinoyat ishi bo‘yicha sudlanganlar, jumladan, Dauletmurat Tajimuratov bilan uchrashdi. Sudda u ombudsmanni tanqid qilgandi.

O‘zbekiston prezidenti Moskvada G‘alabaning 78 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etadi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Moskvaga jo‘nab ketdi. Davlat rahbari Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 78 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarga ishtirok etadi.

Surxondaryoda “Tadbirkor ayol” xalqaro ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasining forumi bo‘lib o‘tdi

5−6-may sanalarida Termiz shahrida “Hunarmandchilikda elektron tijorat — Markaziy Osiyo ayollari biznesidagi asosiy o‘zgarishlar drayveri” mavzusida mintaqalararo forum tashkil qilindi.

Hafta davomida harorat 38 darajagacha isiydi

O‘zbekistonda kunlar hafta davomida isib boradi, quruq ob-havo bo‘ladi. Harorat kechalari +13…+18, kunduzi janub va cho‘l hududlarda +36…+38 darajagacha yetadi. Chang-to‘zonlar kuzatilishi ehtimoli bor.

Telegram`dagi guruhga nashida yuborgan 21 yoshli yigit 3 yilga qamaldi

YouTube`dagi nashidani Telegram-guruhga yuborgan 21 yoshli yigit 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita nashidada aqidaparastlik g‘oyalari borligini ma’lum qilgan.

“O‘zbekiston — dunyoviy davlat va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi” — Shavkat Mirziyoyev

“O‘zbekiston — dunyoviy davlat va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi”, — deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev referendum yakunlariga bag‘ishlangan uchrashuvda. Davlat rahbari mamlakatda har qanday radikallashuvga, dindan siyosiy maqsadlarda foydalanishga hech qachon yo‘l qo‘yilmasligini aytdi.

“So‘z erkinligi bu — mas’uliyat ham degani” — prezident

Shavkat Mirziyoyev xalq ovozi va fikrini keng jamoatchilikka, davlat idoralari e’tiboriga olib chiqayotgan eng ta’sirchan kuch, bu — OAV va jurnalistlar ekanini ta’kidladi. Shuningdek u axborot makonida haqqoniylik va xolislik bosh mezon ekanini unutmaslik zarurligini aytdi.

Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori muntazam oshirib boriladi — prezident

Prezident ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori muntazam oshirib borilishini bildirdi. Buning uchun budjetdan har yili qo‘shimcha 30−40 trln so‘m ajratish kerak bo‘ladi. Shuningdek, davlat rahbari har yili yuzlab yangi bog‘chalar, maktab va shifoxonalar qurish lozimligini ta’kidladi.

O‘zbekistonlik dzyudochi Dilshodbek Baratov jahonning vitse-chempioni bo‘ldi

Dohada o‘tkazilayotgan dzyudo bo‘yicha jahon chempionatining birinchi kunida o‘zbekistonlik Dilshodbek Baratov kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda o‘tayotgan JCHda yana 6 ta g‘alabaga erishdi

Toshkentda davom etayotgan boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi yana 6 ta g‘alabaga erishdi.

Meta, Google, Apple kabi xorijiy kompaniyalar O‘zbekistonda to‘rt oyda 32,4 mlrd so‘m soliq to‘ladi

O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 42 ta xorijiy kompaniya tomonidan yanvar-aprel oylarida 32,4 mlrd so‘m soliq to‘langan. Ular ichida eng ko‘p soliqni Meta (12,1 mlrd so‘m), Google (9,3 mlrd so‘m) va Apple (6 mlrd so‘m) to‘lagan.

“Gazeta.uz”da e’lon qilingan fotoreportaj:

Foto: Prezident G‘alaba bog‘idagi “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasiga gulchambar qo‘ydi

Shavkat Mirziyoyev G‘alaba bog‘iga tashrif buyurib, Qurolli Kuchlar tizimiga kiruvchi vazirlik va idoralar, davlat tashkilotlari vakillari ishtirokida “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasiga gulchambar qo‘ydi.

Shavkat Mirziyoyev Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari holidan xabar oldi. Foto

O‘zbekiston prezidenti Toshkent shahridagi sanatoriyga borib, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari bilan suhbatlashdi. Urush qatnashchilariga bu yil 18 mln so‘mdan pul mukofoti beriladi.