O‘zbekistonda davlat kompaniyalari uchun valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi qattiqlashtirildi. Bu ma’lumotni 25-aprel kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov tasdiqladi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz” muxbiri.

Spot`ning bank sohasidagi suhbatdoshining ma’lum qilishicha, Vazirlar Mahkamasining davlat kompaniyalari bo‘yicha qarori qabul qilingan, unga ko‘ra, aprel oyidan boshlab ularga valyuta operatsiyalarini faqat asosiy hisobraqamiga ega bo‘lgan banklar orqali amalga oshirishga ruxsat berilgan. Markaziy bank tegishli hujjatni barcha banklarga yuborgan.

“Bu savol yangi emas. sentabr oyida biz bu masalani ko‘targan edik, chunki bu nafaqat valyuta nuqtai nazaridan, balki davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan korxonalarning tashqi iqtisodiy operatsiyalari ustidan to‘g‘ri valyuta nazorati olib borish nuqtai nazaridan ham zarur. Bu yo‘nalishda shunday hujjat bor va banklar unga binoan ishlamoqda”, — dedi Markaziy bank raisi Nurmuratov.

Eslatib o‘tamiz, sentabr oyi o‘rtalarida Markaziy bank banklar va tadbirkorlik subyektlari uchun valyuta operatsiyalari bo‘yicha ayrim cheklovlar joriy etish режасиниэълон qilgan edi, biroq jamoatchilik e’tirozidan so‘ng bu qaror bekor qilingan. Mamarizo Nurmuratov mazkur hujjat Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi qarori bo‘lgani, unga ko‘ra banklarga mijozlarni nazorat qilish va sanksiya risklarini kamaytirish choralarini ko‘rish topshirilganini ta’kidlagandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda mijozlar yetarli darajada tekshirilmagani uchun xorijiy banklar to‘lovlarni ma’qullamagan.

U, shuningdek, ikkilamchi bank hisobraqamlari orqali chet el valyutasi tovarlar importi doirasida noqonuniy olib chiqib ketilishi mumkinligi haqidagi xavotirlar to‘g‘risida gapirgan.

Noyabr oyida regulyator yuridik shaxslar tomonidan chet el valyutasini sotib olish ustidan nazoratni kuchaytirishni taklif qilgan edi. O‘shanda valyuta sotib olishda zarur bo‘ladigan hujjatlar soni ortishi, norezidentlardan milliy valyutadagi mablag‘larning kelib chiqishi qonuniyligini ta’minlash va boshqalar talab qilinishi rejalashtirilgan edi. Ammo bu loyiha qabul qilinmagan.