«Mulk va investitsiyaning himoyachisi qaysidir hokim yoki vazir emas, faqat Konstitutsiya, qonun va sud bo‘ladi» — prezident

Prezident parlamentga murojaatida sud-huquq sohasidagi o‘zgarishlarga to‘xtaldi: advokatlarni tanlash bo‘yicha elektron tizim yaratiladi, viloyat sudlari mas’uliyati va vakolatlari oshiriladi, prokurorlarning xolisligi qonun bilan mustahkamlanadi, ayblov xulosalari esa faqat himoya fikri bilan qabul qilinadi.

O‘zbekiston YAIM hajmi ilk bor 80 mlrd dollardan oshdi — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnomasida yalpi ichki mahsulot hajmi ilk bor 80 mlrd dollardan oshganini ma’lum qildi. «Bu kabi raqamlar, bunday natijalar ilgari bizda bo‘lmagan edi. Bu ham xalqimizning birdamligi, xalqimizning mehnatsevarligi natijasida erishildi», — dedi prezident.

O‘zbekistonda 2023 yil «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili» deb e’lon qilindi

Prezident Mirziyoyevning aytishicha, yilga nom tanlash uchun aholidan tushgan «20 mingga yaqin taklif» muhokama qilingan. «Juda ko‘p o‘ylandik», dedi u. Davlat rahbari 2023 yilga berilgan nomni izohlarkan, Yusuf Xos Hojibdan iqtibos keltirdi: «Zakovat bor joyda ulug‘lik, bilim bor joyda buyuklik bo‘ladi».

«Ma’rifat o‘rnini radikallashuv va jaholat egallashiga yo‘l qo‘ymaymiz» — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev jamiyatda hech qanday radikallashuvga, dindan siyosiy maqsadlarda foydalanishga, ma’rifat o‘rnini jaholat egallashiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ta’kidladi.

«Qo‘l boshqaruvi»dan — tizimli boshqaruvga o‘tish vaqti keldi — Shavkat Mirziyoyev

Prezident davlat boshqaruvida «qo‘l boshqaruvi»dan aniq natijaga ishlaydigan tizimga o‘tish vaqti kelganini ta’kidladi. «Vazirlarning Hukumat qabul qilayotgan qarorlarda «ovozi yo‘q». Ularning qarorlarni tayyorlash va hayotga joriy qilishdagi ishtiroki va mas’uliyati yetarli emas», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Yangi yil bayram tadbirlari 25 dekabrdan 10 yanvargacha davom etadi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida yangi yil bayram tadbirlari 25 dekabrdan 10 yanvargacha qadar madaniyat va istirohat bog‘larida hamda markaziy maydonlarda o‘tkaziladi. Shuningdek, 10 ming nafarga yaqin bolaga «Prezident sovg‘asi» taqdim etish rejalashtirilmoqda.

Qashqadaryodagi YTHda ikki kishi vafot etdi

Qashqadaryoda Spark yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Yengil avtomobilning haydovchisi va yo‘lovchisi vafot etdi.

2025 yilgacha barcha davlat tashkilotlarida quyosh panellari va issiq suv kollektorlari o‘rnatiladi

Prezident kelgusi uch yilda barcha davlat tashkilotlarida quyosh panellari va issiq suv kollektorlari o‘rnatilishini ta’kidladi. Buning uchun $2 mlrd investitsiya jalb qilinadi. Natijada 60 foiz elektr va gaz iste’moli «yashil energiya»ga o‘tkazilishi kutilmoqda.

«Ona tilini bilishga majbur qilishimiz kerak» — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, «mening farzandim chet tillarini biladiyu, ona tilini bilmaydi, degan gap Yangi O‘zbekistonga ma’qul emas». «Chet tilini bilishi kerak, lekin ona tilini bilishga majbur», — deya qo‘shimcha qildi prezident.

Prezident jamoat transporti masalasiga to‘xtaldi (tramvay tilga olinmadi)

«Jamoat transportidagi vaziyat mutlaqo o‘zgaradi», — dedi Shavkat Mirziyoyev. Qolaversa, poytaxt uchun 1000 ta avtobus xarid qilinadi, 7 ta yer usti metro bekati ochiladi, 2023 yilda hududlar yana 1000 ta avtobusga ega bo‘ladi. Boshqa transport turlari haqida esa so‘z yuritilmadi.

Tintuv, telefon suhbatini tinglash va mulkni xatlash uchun sanksiyalar sudga o‘tkaziladi. Bu haqda 5 yil oldin ham gapirilgandi

Prezident tintuv o‘tkazish, telefon so‘zlashuvini eshitish va mulkni xatlashga sanksiyani prokurordan sudga o‘tkazilishini ma’lum qildi. Shuningdek, u odil sudlovni ta’minlashda himoyachiga berilgan huquqlar ham qayta ko‘rib chiqilib, yetmaydigan vakolatlar berilishini aytdi.

Samarqand va Andijonda 4 kg giyohvand moddalarini saqlaganlikda gumonlangan shaxslar ushlandi

Huquq-tartibot organlari xodimlari Samarqandda 1,4 kg opiy va 1,7 kg gashish, Andijonda esa salkam 1 kg gashish giyohvand moddasini saqlaganlikda gumonlangan shaxslarni qo‘lga oldi. Ularga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Tanzila Narbayeva to‘rtta vazirlikka ayollar masalasi bo‘yicha qat’iy talablar qo‘ydi

Senat raisi Tanzila Narbayeva to‘rtta vazirlik, Xotin-qizlar qo‘mitasi va Mahalla agentligiga ayollar masalasi bo‘yicha qat’iy talablar qo‘ydi. U mas’ul rahbarlardan zo‘ravonlik qurboni bo‘lganlar, muhojir ayollar va jazoni o‘tab qaytgan ayollarga ko‘mak berish bo‘yicha alohida dasturlar ishlab chiqishni so‘radi.

«Konstitutsiyani shoshilmasdan ishlab chiqishimiz kerak». Prezident — konstitutsiyaviy islohotlar haqida

Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnomasida «Yangi O‘zbekistonga mos bo‘lgan Konstitutsiyani har tomonlama o‘ylab, shoshilmasdan ishlab chiqish kerak»ligini ta’kidladi.

Prezident Samarqand va Namangan shaharlarini respublika bo‘ysunuviga o‘tkazishni taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev 20 dekabr kuni parlament va xalqqa yo‘llagan murojaatnomasida Samarqand va Namangan shaharlari alohida ma’muriy-hududiy birliklar sifatida respublika bo‘ysunuviga o‘tkazilishini taklif qildi. Ularni rivojlantirish dasturi Vazirlar Mahkamasida tasdiqlanishi belgilandi.

«Qaysi vazir o‘z ishini eplay olmasa, iste’foga chiqadi» — prezident

Shavkat Mirziyoyev bundan buyon o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajara olmagan vazir iste’foga chiqishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, vazirlar har yil boshida jamoatchilik oldida sohadagi rejasi va yil yakuni bilan esa uning natijasi bo‘yicha hisobot beradi.

Vazirlik va idoralar soni 61 tadan 28 tagacha kamaytiriladi — prezident

Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida hukumat ish uslubi ham tubdan o‘zgarishini aytdi. Prezident ma’lum qilinishicha, vazirlik va idoralar soni hozirgi 61 tadan 28 tagacha kamaytiriladi, davlat xizmatchilari soni bosqichma-bosqich 25−30 foizga qisqaradi.

«Qoraqalpog‘iston tashvishi — butun O‘zbekiston tashvishi» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident xalqqa murojaatida Nukus voqealariga ham to‘xtalib o‘tdi. «Bizning ezgu maqsadimiz — birgalikdagi mehnatimiz bilan Yangi O‘zbekistonda har tomonlama rivojlangan, obod va farovon Yangi Qoraqalpog‘istonni bunyod etishdir», — deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.

Surxondaryoda Nexia`lar ishtirokidagi YTHda ikki kishi vafot etdi

Surxondaryo viloyatida Nexia va Nexia-3 o‘zaro to‘qnashib ketdi. Oqibatda ikki nafar fuqaro vafot etdi. Hodisa svetofor ishlamayotgan chorrahada yuz berdi.

UzAuto Trailer korxonasi 561 mlrd so‘m evaziga xususiylashtirildi

Tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, UzAuto Trailer korxonasi ustav fondidagi 100 foiz davlat ulushi 561,1 mlrd so‘m evaziga Tataristonning «Ximgrad» texnopolis sanoat parkiga sotildi. Korxonani mustaqil baholash ishlari PricewaterhouseCoopers tomonidan amalga oshirildi.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqola:

Zo‘ravonlikka uchragan 28,7 foiz ayol ajrashishga qat’iy qaror qilgan — tadqiqot

«Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti yarim yil davomida O‘zbekistonning 5 ta hududida sotsiologik tadqiqot o‘tkazdi. Unda zo‘ravonlikka uchragan 18−34 yosh oralig‘idagi 420 nafar respondent qatnashdi. Ayollarning 39,4 foizi erga gap qaytarishni zo‘ravonlik holatiga sabab qilib ko‘rsatgan.

JCH-2022`dagi eng esda qolarli voqealar, rekordlar va sensatsiyalar

Qatarda bo‘lib o‘tgan 2022 yilgi jahon chempionati esda qolarli voqealarga, rekordlarga va yorqin xotiralarga boy bo‘ldi. Keling, bir oy davomida diqqatimizni ushlab turgan ushbu chempionatning eng e’tiborga molik lahzalarini bir eslab o‘tamiz.