«️Katta ehtimol bilan xalqning g‘aznasidagi bu pullar monopolist kompaniyaning hisobiga o‘tkaziladi». Deputat utilizatsiya yig‘imi haqida

2022 yilgi davlat budjetiga bog‘chalar uchun subsidiyalar, issiqlik ta’minoti tariflari uchun kompensatsiyalar va boshqa maqsadlar uchun qo‘shimcha mablag‘lar ajratish hisobiga xarajatlarni oshirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritilishi ko‘zda tutilgan.

173 nafar qatag‘on qurbonlari nomlari oqlandi (ro‘yxat)

Oliy sud 4 ta jinoyat ishi bo‘yicha surgun qilingan, otilgan va mol-mulki musodara qilingan 173 nafar qatag‘on qurbonlari nomini oqladi. Ularning aksariyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarida yashagan. Bir nafari esa Eron fuqarosi bo‘lib, u SSRI hududidan deportatsiya qilingan.

Toshkent hokimligi davlat ekspertizasidan o‘tmagan yangi uylardan kvartira sotib olishdan ogohlantirdi

Toshkent hokimligi aholini davlat ekspertizasidan o‘tmagan yangi uylardan kvartira sotib olishdan ogohlantirdi. Poytaxt ma’muriyati shahar markazida qurilishi rejalashtirilgan DahO majmuasidagi kvartiralar davlat ekspertizasidan o‘tkazmasdan sotuvga qo‘yilganini ma’lum qildi.

2023 yilda soliq siyosatida qanday o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda?

2023 yildan boshlab tadbirkorlar uchun QQS stavkasi 15 foizdan 12 foizga tushirilishi natijasida ular ixtiyorida qo‘shimcha 13 trln so‘m aylanma mablag‘ qolishi rejalashtirilmoqda. Shuningdek, 1 apreldan boshlab budjet mablag‘lari hisobidan ko‘rsatiladigan xizmatlar bo‘yicha QQS imtiyozlari bekor qilinadi.

2023 yilda davlat tashqi qarzi $32,6 mlrd bo‘lishi prognoz qilinmoqda — Timur Ishmetov

Moliya vaziri Timur Ishmetov quyi palataning navbatdagi yig‘ilishida kelgusi yilda budjet daromadlari 311 trln so‘m miqdorida, xarajatlar esa 344 trln so‘m miqdorida rejalashtirilganini ma’lum qildi. Konsolidatsiyalashgan budjet miqdori 32,5 trln so‘m yoki YAIMga nisbatan 3% taqchillik bilan shakllantirildi.

Qasim-Jomart Toqayev davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi

Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev 21−22 dekabr kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Tashrif dasturiga muvofiq, oliy darajadagi muzokaralarda ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar muhokama qilinadi.

Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyoning Rossiyaga bo‘lgan qaramligini yumshatishga yordam berish niyatida — elchi

Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bilan hamkorligida barcha yo‘nalishlar — suv resurslaridan unumli foydalanish, energiya samaradorligi, raqamlashtirish bo‘yicha mintaqaning Rossiyaga bilvosita qaramligini yumshatishga qaratilgan bo‘ladi, deya ta’kidladi Yevroittifoqning O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian.

Mojarolar va qarama-qarshiliklar faqat halokatli oqibatlarga olib keladi — O‘zbekiston TIV rahbari

«Mojarolar va qarama-qarshiliklar faqat halokatli oqibatlarga va g‘oliblar bo‘lmaydigan vaziyatlarga olib keladi». Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov elchilar va xalqaro tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.

Abdushukur Xamzayev Ekopartiya rahbari bo‘ldi

Abdushukur Xamzayev Ekologik partiyaning Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi bo‘ldi. Bunga qadar u partiya raisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Ikki viloyatda qiymati 900 mln so‘mdan ziyod bo‘lgan gaz hisoblash uskunalari talon-toroj qilindi

«Hududgaz Andijon» gaz ta’minoti filiali Andijon shahar bo‘limi mansabdorlari 839 mln so‘mlik, «Sharof Rashidov tumangaz» korxonasi mansabdolari esa 93 mln so‘mlik gaz hisoblash uskunalarini o‘zlashtirgani ma’lum bo‘ldi. Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

50 ga yaqin shirkat rahbariga jinoiy ish qo‘zg‘atilgan — Uy-joy fondi inspeksiyasi

Uy-joy fondi inspeksiyasi tomonidan ko‘p kvartirali uylarga xizmat ko‘rsatuvchi jami 1000 ga yaqin boshqaruv organlari faoliyati o‘rganilgan. Unda 250 ta uy-joy mulkdorlar shirkatlari tomonidan 20 mlrd so‘m mablag‘larni talon-toroj qilingani aniqlangan.

Xorijda ishlab chiqarilgan tovarlar uchun iste’mol krediti ajratish taklif qilinmoqda

O‘zbekistonda xorijda ishlab chiqarilgan tovarlar uchun iste’mol krediti ajratish rejalashtirilmoqda. Deputat Doniyor G‘aniyevning qayd etishida, odamlar chel el elektromobillari yoki maishiy texnikalarini sotib olish uchun iste’mol krediti olisholmagani sabab, ularni faqatgina muddatli to‘lovga olishmoqda.

O‘zbekistonda 2 yilda liftlardagi baxtsiz hodisa sabab 5 kishi vafot etgan

2021−2022 yillar davomida liftlarda 4 ta baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan va natijada 5 nafar fuqaro hayotdan bevaqt ko‘z yumgan. Hozirda mavjud liftlarning 290 dan ortig‘i o‘z xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan, kapital ta’mirtalab.

O‘zbekistonda hafta o‘rtasida qor yog‘adi

Chorshanba kuni Kavkaz hududlaridan kirib keladigan sovuq antitsiklon o‘zi bilan O‘zbekistonga yomg‘ir va qorni olib keladi. Havo harorati kechalari −3…−5 darajaga, kunduzi +5 darajagacha tushib ketadi. Kechasi va ertalablari tuman tushishi, yo‘llarda yaxmalaklar hosil bo‘lishi kutilmoqda.

Sergeli va Yangihayot tumanining ayrim hududlarida ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

«O‘zsuvta’minot» kompaniyasi Sergeli tumani Qipchoq ko‘chasidan o‘tuvchi yer usti metro yo‘li qurilish ishlari olib borilayotgani sabab, 20 dekabr soat 9:00 dan 21 dekabr soat 9:00 gacha Sergeli va Yangihayot tumanlarining ayrim hududlarida ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatilishini ma’lum qildi.

Endilikda muayyan yashash joyi yo‘q shaxslar reabilitatsiya markaziga joylashtiriladi

«Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida»gi kodeksga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya markaziga joylashtirish tartibi belgilandi. Buning uchun asoslar yetarli deb topilsa, IIO xodimlari jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlariga iltimosnoma yuboradi.

Surxondaryo va Toshkent viloyatidagi YTHlarda ikki kishi halok bo‘ldi

Surxondaryo va Toshkent viloyatida odamlar o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalari yuz berdi. Ularda haydovchi va piyoda vafot etdi.

Banklarda dollarning sotish kursi 11 320 so‘mgacha ko‘tarildi

Tijorat banklari 19 dekabr kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 210 — 11 280 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 320 so‘m.

O‘zbekiston kikboksing bo‘yicha Osiyo chempionatida 24 ta medalni qo‘lga kiritdi

Bangkokda (Tailand) o‘tkazilgan kikboksing bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 24 ta — 10 oltin, 9 kumush va 5 bronza medalini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston Kaspiy dengizi orqali birinchi konteyner poyezdini jo‘natdi

Toshkentning Sergeli vokzalidan Kaspiy dengizi orqali O‘rta koridor bo‘ylab birinchi konteyner blok poyezdi jo‘natildi. U Bolgariyaning Burgas portiga mis konsentratlarini olib ketdi.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqolalar:

Toshkent avtobuslaridagi shilqimlikka qarshi kampaniya yarim yil ham davom etmadi. Nega?

Bir yil avval poytaxt avtobuslarida tegajoqlikka qarshi kampaniya boshlangandi, bugun esa undan faqat chiptalardagi targ‘ibot qolgan, xolos. Tashkilotchilar loyiha davom etishi lozimligini, «Toshshahartransxizmat» esa takliflarga ochiqligini aytmoqda. Faqat «buning moliyaviy tarafi ham inobatga olinishi kerak».

Nima o‘qiymiz? Tarjimon va bloger Sardor Salim tavsiya qiladi

«Gazeta.uz» kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan «Nima o‘qiymiz?» loyihasini davom ettiradi. Sara asarlar, o‘qilishi maqsadga muvofiq hisoblangan kitoblar ro‘yxati haqida olim, tadqiqotchi, yozuvchi-shoir, tarjimon, jurnalist va jamoat faollarining tavsiyalarini har shanba sizga yetkazamiz.

Qanday qilib tirbandlikni kamaytirish va jamoat transportini bepul qilish mumkin?

«Gazeta.uz» Toshkentning transport bosh rejasini ishlab chiqish uchun xorijlik mutaxassislar jalb etilgani haqda yozgandi. Suhbatning ikkinchi qismida jamoat transporti bo‘yicha ekspert Vladimir Valdin poytaxtda tirbandliklarni kamaytirish va jamoat transportini bepul qilish mumkinligiga to‘xtaldi.