Urgut tumanida 3 ta ayiq chorvaga hujum qilib, 4 bosh echkini yeb qo‘ydi. Cho‘ponlarga yoki ayiqlarga talafot yetmagan. Holat nazoratga olingan.
Sariosiyo tumanidagi mahallaga kelib qolgan ayiq otib o‘ldirildi. Ekologiya vazirligi hayvon IIB xodimiga jarohat yetkazgani, maktabga kirib, o‘quvchilar hayotiga xavf solgani uchun “tezkor chora ko‘rish talab qilinganini” bildirdi.
Shahrisabz tumanidagi qishloqlardan biriga tog‘dan O‘zbekiston “Qizil kitob”iga kiritilgan ikki bosh Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayiq bolasi tushgani aniqlandi. Ular maxsus o‘q-dorili qurol yordamida uxlatilib, Hisor qo‘riqxonasiga qo‘yib yuborildi.
Qashqadaryo viloyati prokuraturasi Chiroqchi tumanida Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘ining o‘ldirilishi holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Avvalroq jonivor ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining buyrug‘i bilan “aholi xavfsizligi uchun” otilgani xabar qilingandi.
Chiroqchi tumanidagi qishloqlardan biriga kelib qolgan qo‘ng‘ir ayiq harakatsizlantirilib, tabiatga qaytarilishi rejalashtirilgandi. Biroq tuman IIB boshlig‘i buyrug‘i bilan jonivor “aholi xavfsizligi uchun” otib o‘ldirildi. Voqeaga sababchi mas’ullarga intizomiy jazo choralari ko‘rilishi belgilandi.
Chiroqchi tumanidagi qishloqlardan biriga ayiq kelib qoldi, tarmoqlarda uning yurgani aks etgan videolar tarqaldi. Mahalliy aholi uni mashinada urib yubormoqchi ham bo‘ldi. Tabiat resurslari vazirligi va Toshkent hayvonot bog‘i xodimlari poytaxtdan voqea joyiga jo‘nab ketdi.
Andijon viloyatidagi hayvonot bog‘ida yovvoyi ayiq bog‘ xodimiga tashlanib, bo‘yin qismidan tishlab oldi. Oqibatda xodim og‘ir tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etdi.
Ekologiya qo‘mitasi Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida aniqlangan ona ayiq va uning ikki bolasi tirik ekanini ma’lum qildi. Ular tasviri «Terakli» MFY hududida olingan bo‘lsa, o‘lik ayiq bolasi Qizilsoy o‘rmonidan topilgan.
Toshkent hayvonot bog‘ida qizini ayiq qafasiga tashlab yuborgan ayolning Toshkent Respublika kuzatuvi kuchaytirilgan ruhiy kasalliklari shifoxonasida majburiy davolanishi belgilandi.
Toshkentda mozaikalarni saqlab qolish uchun maxsus material bilan qoplanayotganini aytgan poytaxt hokimligi, xorijda davolanayotgan Abdulaziz Kamilov, qizini ayiq qafasiga tashlagan ayolning ishi sudga oshirilgani, Bosh prokuratura ishda vafot etgan xodimi uchun to‘laydigan 951 mln so‘m nafaqa puli, iqtisodiyotga davlat qarzi yuki o‘sgani, Turkiya prezidentining Toshkentga tashrifi va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 29 martdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Prokuratura Toshkent hayvonot bog‘ida qizini ayiq qafasiga tashlab yuborgan ayolga tegishli jinoyat ishini unga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llashni hal qilish uchun sudga yubordi. Ayol «umrbod ruhiy xastalik bilan betoblanib kelgan», shu bois u tergov va sudda to‘g‘ri ko‘rsatmalar berish qobiliyatiga ega emas, deb ma’lum qildi Bosh prokuratura.
Onasi ayiq volyeriga tashlab yuborgan 3 yoshli qizaloqning ahvoli yaxshilangani bois shifoxonadan uyiga javob berildi. U hozircha buvisining qaramog‘ida bo‘ladi.
Toshkent hayvonot bog‘chasida ayiq voleriga o‘zining uch yoshli qizini tashlab yuborgan ayol psixonevrologik dispanser ro‘yxatida turgan, oilada bosimga uchragan va turmush o‘rtog‘i bilan ajrashmoqchi bo‘lgan. Hodisa tafsilotlari.
Toshkent hayvonot bog‘ida ayol kishi kichik qizaloqni 5 metr balandlikdan ayiqlar voleriga tashlab yubordi. Bola faqat tushish natijasida jarohat oldi. Ayolning qilmishi sabablari o‘rganilmoqda. Holat yuzasidan qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayol hibsga olingan.
Rossiyalik ovchiga berilgan ikkinchi Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘ini otish uchun berilgan ruxsat bekor qilindi, dedi Ekologiya davlat qo‘mitasi vakili. Qaror jamoatchilikning noroziligini inobatga olgan holda qabul qilindi.
Jizzax viloyatida joylashgan Baxmal davlat o‘rmon xo‘jaligi hududida noma’lum fuqarolar tomonidan qo‘yilgan qopqonga O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan ayiq tushdi. Tegishli idoralar yordami orqali ayiq qutqarilib, hozirda unga davolash muolaja ishlari olib borilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting