Nukusda muz o‘rtasida qolib ketgan ikki bola qutqarib olindi — video

Chorshanba kuni Nukusdagi «Qosko‘l» drenaj ko‘liga o‘ynashga chiqqan ikki nafar 11 yoshli bola muz yorilishi natijasida suvga tushib ketgan. Ërdam kelgunicha, ular muzning qalinroq qismiga chiqib olishgan. Qoraqalpog‘iston FVB xodimlari ularni qutqarib, tibbiy yordam ko‘rsatishgan (video).

Farhod Arziyev O‘zbekistonning Xitoydagi elchisi etib tayinlandi

Tashqi ishlar vazirinig birinchi o‘rinbosari Farhod Arziyev O‘zbekistonning Xitoydagi elchisi etib tayinlandi. O‘zbekistonning Italiyadagi elchisi Otabek Akbarov esa o‘rindoshlik asosida mamlakatning Gretsiyadagi elchisi bo‘ldi.

Niqob taqish majburiyati bekor qilinmagan — IIV

Ijtimoiy tarmoqlarda YPX xodimi 1 noyabrdan niqob taqish bekor qilinganligini aytgan video tarqaldi. Ichki ishlar vazirligi «Gazeta.uz»ga tibbiy niqob taqish majburiyati bekor qilinmaganligini ma’lum qildi. Xodimning harakatlariga huquqiy baho beriladi.

Bayram kunlari havo iliq bo‘ladi — O‘zgidromet

O‘zbekistonliklar yangi yilni yog‘ingarchiliksiz, iliq ob-havoda kutib oladi. Faqat 4 yanvar kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, shu kuni qor faqat tog‘li hududlarda yog‘adi. Umuman olganda, O‘zgidromet xabariga ko‘ra, O‘zbekistonda Yangi yilda qor yog‘ishi kam uchraydigan holat. 31 dekabrda yog‘ingarchilik o‘rtacha 4−5 yilda bir marta, 1 yanvarda esa 2−3 yilda bir marta kuzatiladi.

Narzullo Oblomurodov Ekoqo‘mita raisligiga ma’qullandi

Ekopartiya raisi Narzullo Oblomurodovning nomzodi quyi palata deputatlari tomonidan Ekoqo‘mita raisi lavozimiga ma’qullandi. Qo‘mitaning oldingi rahbari prezident tanqididan so‘ng ishdan olingandi.

Qariyb 7 oyda 1hls.uz platformasi foydalanuvchilariga 43,4 mlrd so‘m to‘lab berildi

Turizm va sport vazirligining xabar berishicha, «Sog‘lom turmush tarzi» platformasida (1hls.uz) ro‘yxatdan o‘tganlar soni 1,2 mln kishidan oshdi. Shu yilning 10 iyunidan hozirgi kunga qadar platforma foydalanuvchilariga piyoda yurganligi uchun 43,4 mlrd so‘m to‘lab berilgan.

Surxondaryoda paleolit davriga oid yangi yodgorlik topildi

Milliy arxeologiya markazi xodimlari Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi Ko‘xitang tog‘ida o‘rta paleolit davriga oid yangi yodgorlikni aniqladi.

Endi xorijga chiqishga taqiqni telefon orqali aniqlash mumkin

Bolalar bog‘chasiga navbatga qo‘yish, ijro holati bo‘yicha qarzdorlikni, kadastr obyektiga va xorijga chiqishga taqiqni aniqlash, tadbirkorlar ma’lumotlarini avtomatik tarzda, mobil qurilmadagi USSD so‘rovi yordamida olish imkoniyati yaratildi.

Barcha kreditlarning qariyb yarmini Toshkent oldi

1 dekabr holatiga ko‘ra, banklarning kredit portfeli 320,8 trln so‘mni tashkil etdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 18,5 foizga ko‘pdir. Jami mablag‘larning deyarli yarmi Toshkentga yo‘naltirilgan bo‘lsa, Qoraqalpog‘iston poytaxtdagidan 18,5 baravar kam olgan. Qolgan viloyatlar ham kamroq kredit olishni boshladi.

O‘zbekistonda yarim yildan beri ilk marta koronavirusdan o‘lim qayd etilmadi

29 dekabr kuni oxirgi 6 oy ichida birinchi marotaba koronavirusdan o‘lim holati qayd etilmadi. Kasallik yuqtirganlar soni esa yana 100 nafardan oshib ketdi.

Aktam Muxammadiyev adliya vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi

Prezident qarori bilan Aktam Muxammadiyev adliya vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U tayinlovga qadar Toshkent viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan.

UzAuto Motors yangi Chevrolet Equinox narxlarini ma’lum qildi

UzAuto Motors Chevrolet Equinox 2022 yilgi modelining narxni 250 mln so‘mdan 391 mln so‘mgacha etib belgiladi. Kompaniyaning ishontirishicha, yangi Equinox avtomobilining afzalligi uning gibrid tizimi hisoblanadi.

O‘zbekiston fuqarolari Ukraina-Rossiya chegarasini noqonuniy kesib o‘tishga urindi

Rossiyaga kirishga taqiq qo‘yilgan besh nafar O‘zbekiston fuqarolari Lugansk viloyatida Ukraina-Rossiya chegarasini noqonuniy kesib o‘tishga uringan vaqtda qo‘lga olindi.

So‘rov: 82% o‘zbekistonliklar 2022 yilni «xursandchilik, ko‘tarinki kayfiyat»da kutib olishmoqda

«Ijtimoiy fikr» so‘rovi natijalariga ko‘ra, qariyb 82% o‘zbekistonliklar Yangi yilni «xursandchilik, ko‘tarinki kayfiyat» bilan kutib olishmoqda. Ko‘pchilik 2022 yildan faqat ro‘shnolik va yaxshilikni kutmoqda.

Shaxmatchi Javohir Sindarov top-5 talikka kirdi. Jahon chempionatining birinchi kun natijalari

O‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindarov blits yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionatining birinchi kunida top-5 talikka kirdi. 16 yoshli sportchi 12 turning birida dunyoning to‘qqizinchi raqamli shaxmatchisini mag‘lub etdi. Nodirbek Abdusattorov, Jahongir Vohidov, Shamsiddin Vohidovlar hozircha yetakchilardan ortda qolmoqda.

«Gazeta.uz»da chiqqan maqolalar:

Yangi yilda o‘zbekistonliklar eng ko‘p qanday sovg‘a kutishmoqda? «Gazeta.uz» so‘rovnomasi

«Gazeta.uz» o‘quvchilari orasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, aksariyat respondentlar Yangi yil bayrami sovg‘asi sifatida kitoblar va pulni ma’qul ko‘rishadi. Bayram kayfiyatining asosiy manbai esa oila davrasida, deb bilishadi. Shuningdek, respondentlarning har uchtadan bittasi 2022 yilda pandemiya nihoyasiga yetishini istaydi.