«1hls.uz» tegli maqolalar


Piyoda yurganlik uchun pul to‘laydigan platforma prezident farmoni bilan tugatilgani ma’lum bo‘ldi
26 may 2022, 15:18

Piyoda yurganlik uchun pul to‘laydigan platforma prezident farmoni bilan tugatilgani ma’lum bo‘ldi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 6 apreldagi farmoni bilan aholini kunlik yurish va yugurishga targ‘ib qilish maqsadida yaratilgan «Sog‘lom turmush tarzi» (1hls.uz) platformasi faoliyati tugatilgan. Yanvar oyida ushbu platforma foydalanuvchilari sonini oshirish uchun davlat budjetidan 100 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishi haqida prezident qarori imzolangan edi.

16-yanvardan boshlab kuniga 10 ming qadam yurganlarga 3 ming so‘m berish to‘xtatiladi
16 yanvar 2022, 14:17 21

16-yanvardan boshlab kuniga 10 ming qadam yurganlarga 3 ming so‘m berish to‘xtatiladi

Endilikda 1hls.uz platformasi foydalanuvchilarini rag‘batlantirish uchun har hafta bitta 100 mln so‘m miqdorida pul mukofoti va mingta velosiped o‘ynaladi. Yangi rag‘batlantirish tizimi ishga tushgani munosabati bilan 2022 yil 16 yanvardan boshlab kuniga 10 ming qadam yurganlarga 3 ming so‘m berish to‘xtatiladi.

30 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
30 dekabr 2021, 22:00

30 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Nukusda muz o‘rtasida qolib ketgan bolalar, O‘zbekistonning Xitoydagi elchisi etib tayinlangan Farhod Arziyev, 1 noyabrdan niqob taqish bekor qilinganini aytgan YPX xodimi, Ekoqo‘mita raisligiga ma’qullangan Narzullo Oblomurodov, aholi piyoda yurgani uchun to‘langan 43,4 mlrd so‘m, Top-5 talikka kirgan shaxmatchi Javohir Sindarov, Yangi yilda o‘zbekistoniklar eng ko‘p qanday sovg‘a kutayotgani haqidagi so‘rovnoma va boshqa xabarlar — «Gazeta.uz» ning 30 dekabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Qariyb 7 oyda 1hls.uz platformasi foydalanuvchilariga 43,4 mlrd so‘m to‘lab berildi
30 dekabr 2021, 15:41

Qariyb 7 oyda 1hls.uz platformasi foydalanuvchilariga 43,4 mlrd so‘m to‘lab berildi

Turizm va sport vazirligining xabar berishicha, «Sog‘lom turmush tarzi» platformasida (1hls.uz) ro‘yxatdan o‘tganlar soni 1,2 mln kishidan oshdi. Shu yilning 10 iyunidan hozirgi kunga qadar platforma foydalanuvchilariga piyoda yurganligi uchun 43,4 mlrd so‘m to‘lab berilgan.

2022 yilda 1hls.uz platformasiga 60 mlrd so‘m ajratiladi — prezident
10 noyabr 2021, 12:48

2022 yilda 1hls.uz platformasiga 60 mlrd so‘m ajratiladi — prezident

Shavkat Mirziyoyev Moliya vazirligiga 2022 yilda “Sog‘lom turmush tarzi” platformasini (1hls.uz) yanada ommalashtirish uchun qo‘shimcha 60 mlrd so‘m ajratish bo‘yicha topshiriq berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur platformadan foydalanuvchilar bugungi kunda 600 ming nafarga yetdi, ularga piyoda yurgani uchun 18 mlrd so‘m to‘lab berildi.

2022 yildan 1hls.uz platformasidagi to‘lovlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat byudjetidan qoplanadi
9 noyabr 2021, 15:08 15

2022 yildan 1hls.uz platformasidagi to‘lovlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat byudjetidan qoplanadi

Prezident qarori bilan Moliya vazirligi tomonidan “Sog‘lom turmush tarzi” platformasi orqali amalga oshiriladigan to‘lovlarni 2022 yil uchun davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi. Shuningdek, 1hls.uz ilovasida haqiqatda piyoda yurganligini aniqlovchi mexanizm joriy etiladi.

Yurish uchun to‘lov to‘xtatilgani rad etildi
18 sentabr 2021, 22:43 1

Yurish uchun to‘lov to‘xtatilgani rad etildi

Qadamlar uchun pul to‘laydigan 1hls.uz platformasida pul to‘lash to‘xtatilgani haqida xabar berilgan edi. Turizm va sport vazirligi uni rad etib, «axborot xizmati xodimi asossiz va tasdiqlanmagan ma’lumot bergani»ni ta’qidladi. Platforma ishlashda davom etmoqda.

Yurish uchun to‘lov vaqtincha to‘xtatildi
18 sentabr 2021, 11:18

Yurish uchun to‘lov vaqtincha to‘xtatildi

1hls.uz platformasi shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga tushadigan tegishli daromadlar manbalarining bir me’yorda doimiy tushish imkoniyati cheklanganligi sabab qadamlar uchun pul to‘lashni to‘xtatildi. Agar hisobda 500 mln so‘mdan kam mablag‘ qolsa to‘lov to‘xatilishi tushuntirildi. Iyun oyidan buyon fuqarolarining platformadagi elektron hamyoniga jami 9,4 mlrd so‘m mablag‘lar to‘lab berilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting