Chirchiq hokimligi matbuot kotibi ishdan olindi

Chirchik shahar hokimligi matbuot kotibi Fahriddin Qodirov ijtimoiy tarmoqlardagi izohlaridan keyin ishdan olindi. AOKAning ta’kidlashicha, u davlat xizmatchisining axloqiy me’yorlari va kodeksini buzgan.

Tabiiy gaz importchilari bojxona bojini to‘lashdan ozod qilindi

Tabiiy gazni eksportga realizatsiya qilishda aksiz solig‘i stavkasining nol foiz miqdorida belgilangani, tabiiy gaz importchilarining bojxona bojidan ozod qilinayotgani, geologiya-qidiruv va izlanish ishlarining qator soliq va to‘lovlardan ozod qilinayotgani va boshqa yangiliklar — prezident yer qa’ridan foydalanuvchilarni soliqqa tortish bo‘yicha yangi farmonni imzoladi.

AKT vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

“O‘zkomnazorat” boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan Doniyor Rustamov axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

O‘zbekiston Rossiyadan 1 mln gektar yer maydonini ijaraga olmoqchi

O‘zbekiston Rossiya hududidan 1 mln gektar yer maydonini qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun ijaraga olmoqchi. Bunga O‘zbekistondagi suv resurslari tanqisligi sabab ekanligi aytilmoqda. Ijara yerlaridan olingan hosil O‘zbekistonning ichki bozoridagi talabni qondirishga yo‘naltiriladi. O‘tgan yilning dekabr oyida prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlarga Rossiya hududida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishni taklif qilgan edi.

Probatsiya xizmati 60 mingdan ortiq shaxsni nazoratga olgan

sentabr holatiga Probatsiya xizmati tomonidan 60 ming 434 kishi nazorat ostiga olingan. Ularning 91,5 foizini erkaklar, 8,5 foizini ayollar, 28 foizini yoshlar va 1 foizdan kamrog‘ini voyaga yetmaganlar tashkil qiladi. 2001 yilda bitta inspektor 13 kishini nazorat qilgan bo‘lsa, 2021 yilga kelib bu ko‘rsatkich 108 kishiga yetdi.

O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga tashrifi noyabr oyida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda

Noyabr oyida O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga tashrifi kutilmoqda. Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali tashrifga tayyorgarlikni muhokama qildilar.

“Chorvoq oromgohi” yaxlit mulk sifatida sotuvga qo‘yildi

“Chorvoq oromgohi” maskanining 8 ta alohida lotlar bo‘yicha savdo jarayonlari to‘xtatildi va oromgoh yaxlit mulkiy majmua sifatida auksionga qo‘yildi. Xaridorga hududdagi mehmonxona va turizm infratuzilmasini saqlab qolish hamda Chorvoq oromgohining Germaniya kompaniyasi oldidagi 573 ming 568 yevro qarzini to‘lash talabi qo‘yilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Sirdaryoda “Guliston siti” qurilishini taklif qildi

O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Guliston shahrining eski dehqon bozori o‘rnidagi 42 gektar maydonda “Guliston siti” barpo etilishini taklif qildi. Avvalroq, “Adolat” partiyasidan prezidentlikka nomzod Bahrom Abduhalimov shaharlarda “siti” qurishga ruju qo‘yilganligini tanqid qilgan edi.

XMK maktablar qurish uchun investitsiya jalb qilishga yordam beradi

Xalqaro moliya korporatsiyasi O‘zbekiston hukumatiga mamlakat viloyatlarida zamonaviy va energiya jihatidan tejamkor 15 tagacha maktablarni moliyalashtirish, loyihalashtirish, qurish va xizmat ko‘rsatish uchun xususiy operatorni tanlashda tender o‘tkazishga yordam beradi.

O‘zbekiston va Tolibon hukumati TIV rahbarlari Kobulda uchrashdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Afg‘oniston tashqi ishlar vazirligi rahbari vazifasini bajaruvchi Amir Xon Mottakiy bilan uchrashuvda tranzit, energetika va savdo masalalarini muhokama qildi. Afg‘oniston tomoni Mozori-Sharifdagi aeroportni rekonstruksiya qilish va boshqa sohalardagi yordam uchun O‘zbekistonga minnatdorchilik bildirdi.

Toshkent viloyati hokimligi IIBBga 3 mlrd so‘m ajratadi

Toshkent viloyati hokimligi mahalliy budjet hisobidan IIBBga jamoat tartibini saqlash va boshqa maqsadlar uchun 3 mlrd so‘m ajratadi.

Indoneziyada xitoy-o‘zbek vaksinasidan favqulodda foydalanishga ruxsat berildi

Indoneziya Oziq-ovqat mahsulotlari va dori preparatlari nazorati agentligi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasidan favqulodda foydalanishga ruxsat berdi. Ushbu vaksinaning III faza sinovlarida jami 4000 nafar ko‘ngilli ishtirok etgan va 92,92% foiz samaradorlikni ko‘rsatgan.

OTB O‘zbekistonda moliyaviy bozorlarni rivojlantirish uchun 100 mln dollar ajratadi

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda raqobatbardosh moliyaviy bozorlarni rivojlantirish uchun 100 mln dollarlik kreditni ma’qulladi. Kredit mablag‘lari mamlakatda moliyaviy bozorlar uchun qulay muhit yaratishda zarur bo‘lgan davlat siyosati, qonunchilik hamda institutsional islohotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun yo‘naltirilishi ko‘zda tutilmoqda.

Sadriddin Ayniy nomidagi Buxoro teatri 2022 yilda ta’mirlanadi

11 yillik qarovsizlikdan so‘ng Sadriddin Ayniy nomidagi Buxoro davlat musiqali drama va komediya teatrini ta’mirlashga 2022 yilda 64,5 mlrd so‘m ajratilishi ma’lum qilindi. Teatr jamoasi hozirda faoliyat yuritayotgan “Ko‘hna va boqiy Buxoro” majmuasidagi teatr binosi esa madaniyat saroyiga aylantiriladi.

“Tolibon” o‘zbek tili maqomi va O‘zbekiston xavfsizligi bo‘yicha aniq kafolat berdi — Abdulaziz Kamilov

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Kobulga tashrifi davomida Afg‘onistonning muvaqqat hukumati mamlakat “zaminidan O‘zbekistonga qandaydir tahdid yoki xavf chiqishiga yo‘l qo‘ymasligi” bo‘yicha “kuchli va aniq kafolat” berganligini ma’lum qildi. Shuningdek, Kamilov o‘zbek tili va madaniyati “tolibon” hukumati davrida ham rivojlanishda davom etishini ta’kidladi. U yaqin orada Termizda ikkala davlatning ishchi guruhlari muzokaralari o‘tkazishini ham ma’lum qildi.

“Gazeta.uz"da chiqqan maqolalar:

Foto: Knyaz Romanovning saroyi

Yaqin yillarda Toshkent markazidagi knyaz Romanovning saroyi va unga tutash bog‘ poytaxt aholisi va mehmonlari uchun ochiq bo‘ladi. U ko‘p yillardan buyon odamlar tashrifi uchun yopiq edi. Saroy intereri va fasadining ko‘rinishi — “Gazeta.uz” fotoreportajida.