Bugun Polsha davlatidan AstraZeneca vaksinasining 252 ming dozasi O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya xizmati xabar berdi.

Shunday qilib, O‘zbekistonga keltirilgan jami vaksina 24 mln 269 ming dozani tashkil qilmoqda.

Ulardan 460 ming dozasi “Sputnik V”, 1 mln 594 ming 480 dozasi AstraZeneca, 18 mln dozasi ZF-UZ-VAC2001, 3 mln 060 dozasi Moderna, 1 mln 214 ming 460 dozasi Pfizer-BioNTech vaksinasidir.

Eslatib o‘tamiz, bugun Pfizer/BioNTech vaksinasi olib kelingan edi.