O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari harbiy xizmatchilari Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlari o‘rtasida o‘tkaziladigan «Mirnaya missiya — 2021»: birgalikdagi o‘quv shtab mashg‘ulotlarida ishtirok etish uchun 11 sentabr kuni Rossiya Federatsiyasining Orenburg viloyatidagi Donguz poligoniga yetib keldi, deya xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.

«Mirnaya missiya — 2021»: birgalikdagi o‘quv shtab mashg‘ulotida SHHTga a’zo davlatlar: Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Xitoy Xalq Respublikasi, Pokiston va Hindiston harbiylari qatnashmoqda.

Mashg‘ulotlar 25-sentabrgacha Donguz poligonida bo‘lib o‘tadi.