O‘zbekiston va Pokiston strategik sheriklik to‘g‘risidagi Qo‘shma deklaratsiyani imzoladi

Shavkat Mirziyoyev va Imron Xon O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida strategik sheriklik aloqalarini o‘rnatish to‘g‘risidagi Qo‘shma deklaratsiyani imzoladi. Shuningdek, tranzit va savdo to‘g‘risidagi hamda ishbilarmonlar va sayyohlar uchun viza tartiblarini soddalashtirish to‘g‘risida hukumatlararo bitimlar, qolaversa, 500 mln dollarlik kelishuvlar ham imzolandi.

Ozarbayjon O‘zbekistonga 50 ming doza AstraZeneca vaksinasini yubordi

Ozarbayjondan O‘zbekistonga 50 ming dozadagi SOVID-19`ga qarshi AstraZeneca vaksinasi olib kelindi. Bu Angliya-Shvetsiya kompaniyasining vaksinasi ekanligi ma’lum qilindi.

O‘zbekiston, AQSh, Afg‘oniston va Pokiston maslahatlar platformasini tashkil etmoqda

O‘zbekiston, AQSh, Afg‘oniston va Pokiston Afg‘oniston tinchlik jarayoni va mojarodan keyingi davrda tartibga solishni qo‘llab-quvvatlash uchun to‘rt tomonlama maslahatlar platformasini tashkil etmoqdalar.

Toshkentdagi masjidda janjal ko‘targan fuqaro 15 sutkaga qamaldi

Toshkentdagi masjidlardan birida janjal ko‘tarib, jamoat tartibini buzgan fuqaro 15 sutkaga qamaldi. Shuningdek, uning Facebook`dagi sahifasida diniy aqidaparastlikni targ‘ib qiluvchi materiallar borligi gumon qilinib, unga nisbatdan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Avtokreditlar hajmi 40 foizga oshdi. Markaziy bank buni barcha uchun xatarli deb hisoblamoqda

O‘zbekistonda avtomobil xaridi uchun kreditlar hajmi 40 foizga oshdi. Jumladan, Toshkentda eng yuqori o‘sish sur’atlari qayd etilib, barcha avtokreditlarning qariyb yarmi — 1,1 trln so‘mni tashkil qildi. Markaziy bank mazkur holatni barcha uchun birdek xatarli deb hisoblamoqda.

Shavkat Mirziyoyev har yili savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha mintaqalararo forum o‘tkazishni taklif qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro konferensiyada nutq so‘zladi. Davlat rahbari har yili savdo-iqtisodiy hamkorlik, kooperatsiya va investitsiyaviy aloqalar bo‘yicha forumni o‘tkazish, Markaziy va Janubiy Osiyon turoperatorlarining yagona platformasini shakllantirish, olim va tadqiqotchilar uchun yengillashtirilgan viza tartibini joriy qilish kabi tashabbuslarini ilgari surdi.

O‘zbekiston vaksinatsiya sertifikatlarini o‘zaro tan olish taklifini ilgari surdi

Shavkat Mirziyoyev Toshkentda o‘tayotgan xalqaro anjumanda Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari hamkorligini rivojlantirishga, jumladan, iqtisodiy aloqalarni kengaytirish bo‘yicha yillik forum o‘tkazish, xavfsiz transport-logistika infratuzilmasini yaratish, giyohvandlikka qarshi qo‘shma harakatlar rejasini ishlab chiqishga oid takliflarni bildirdi. Qolaversa, vaksinatsiya bo‘yicha o‘zaro tan olingan sertifikatlar asosida “Yangi sharoitdagi turizm” konsepsiyasini joriy etish zarurligi aytildi.

Shavkat Mirziyoyev bir qator xorijiy TIV rahbarlarini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi xalqaro konferensiya dasturi doirasida Rossiya, Hindiston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston tashqi ishlar vazirlari hamda Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakilini qabul qildi.

Markaziy Osiyo mamlakatlari davlat rahbarlari sammiti 6 avgust kuni bo‘lib o‘tadi

Markaziy Osiyo mamlakatlari davlat rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi 6 avgust kuni Turkmanistonning “Avaza” milliy turizm zonasida bo‘lib o‘tadi. Sammitga tayyorgarlik masalalari prezident Shavkat Mirziyoyevning Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan uchrashuvida muhokama qilindi.

G‘ijduvonda bir guruh ayollar kredit sababli yo‘lni to‘sib qo‘ydi

Buxoroning G‘ijduvon tumanida 15 nafardan ziyodroq ayollar avtotrassani to‘sib qo‘ydi. Buxoro viloyat MTB rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ular bolalar bog‘chasi qurishi kerak bo‘lgan mahalliy tadbirkor bilan kelishib ish qilishgan. Yo‘lni to‘sib qo‘yish aksiyasi natijasida YTH sodir bo‘ldi, deya xabar qildi viloyat IIB.

“Bugun Afg‘oniston muhim burilish davrini boshdan kechirmoqda” — Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston prezidenti Toshkentda o‘tgan xalqaro konferensiya davomida Afg‘oniston o‘zining eng yangi tarixidagi muhim burilish davrini boshdan kechirayotganini aytdi. U shuningdek, afg‘on xalqi umummilliy murosaga erishish yo‘lida o‘zaro kelishuvlarga tayyor ekanini namoyish etishiga ishonch bildirdi.

“Gazeta.uz"da chiqqan maqolalar:

“Hech qanday „lazeyka“ larga joy qolmasin”. Doniyor G‘aniyev Yer kodeksiga kiritilayotgan o‘zgartishlar haqida

Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G‘aniyev yerga oid prezident farmoni, uning asosida Yer kodeksiga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar yuzasidan fikr bildirib, qonunchilikda “lazeyka"lar qoldirib ketilayotganiga e’tibor qaratdi. Jumladan, chet el fuqarolari va yuridik shaxslariga yerni ijraga berish, DXSH asosida yerdan foydalanish, ko‘p kvartirali uyga tutash uchastkalarni ajratish, qolaversa, yakka tartibdagi uyni xususiy mulk tarzida berish masalalarida qonunchilikda “bo‘shliq"lar qoldirilgani aytilmoqda.

“Shunchaki emlanish kerak” — Virusologiya instituti direktori. Vaksinatsiya haqida savollar va javoblar

Emlashdan oldin PZR test topshirish va antitanachalarga tahlil topshirish kerakmi, emlanganlarda antitanachalar darajasi qanday bo‘lishi kerak, o‘zbek-xitoy vaksinasi koronavirusning “delta” shtammiga qarshi samara beradimi — shu va boshqa savollarga Virusologiya ITI direktori Erkin Musaboyev “Gazeta.uz"ga bergan intervyusida javob berdi.