Prezident Shavkat Mirziyoyev va bosh vazir Imron Xon O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida strategik sheriklik aloqalarini o‘rnatish to‘g‘risidagi Qo‘shma deklaratsiyani imzoladi, deb xabar bermoqda «Gazeta.uz» muxbiri.

O‘zbekiston yetakchisi bu ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar tarixida tomonlar puxta tayyorgarlik ko‘rgan muhim qadam ekanligini ta’kidladi.

Vazirlik va davlat tashkilotlari rahbarlari tashrif doirasida imzolangan 8 ta hujjatni almashishdi. Ular qatoridan tranzit va savdo to‘g‘risidagi hamda ishbilarmon doiralar vakillari va sayyohlik guruhlari uchun viza tartiblarini soddalashtirish to‘g‘risida hukumatlararo bitimlar joy olgan.

Bundan tashqari, quyidagilar imzolandi:

  • Mudofaa vazirliklari o‘rtasida harbiy ta’lim sohasida hamkorlik to‘g‘risida protokol;
  • 2021−2026 yillarga mo‘ljallangan Madaniy almashuv dasturi;
  • Turizm masalalari bo‘yicha anglashuv memorandumi;
  • Davlat chegarasidan olib o‘tilayotgan tovarlar va transport vositalari haqida oldindan axborot almashish to‘g‘risida bayonnoma;
  • Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan Pokiston diplomatik xizmat akademiyasi o‘rtasida anglashuv memorandumi;
  • O‘zbekiston — Pokiston ishbilarmonlar kengashini tuzish to‘g‘risida bitim.

Shavkat Mirziyoyev tashrif doirasida Hukumatlararo komissiya majlisi hamda O‘zbekiston — Pokiston biznes forumida 500 mln долларликдан ziyod shartnomalar imzolangani ma’lum qildi.

Prezident shuningdek, mamlakatlar savdo-iqtisodiy sohada katta ishga solinmagan salohiyatga egaligi va ikki tomonlama savdo hajmini 4−5 baravarga oshirish imkoniyati mavjudligini ta’kidladi.