Ozarbayjondan Toshkentga 50 ming dozadagi koronavirusga qarshi vaksina yetkazib berildi. Vaksinalar Ozarbayjon elchixonasi ko‘magi bilan olib kelindi, deya xabar bermoqda BMTning Bolalar jamg‘armasi YUNISEF.

YUNISEF «Gazeta.uz» so‘roviga binoan, bu AstraZeneca (Covishield emas) vaksinasi ekanligini ma’lum qildi.


Foto: YUNISEF

«Vaksinalar shoshilinch tarzda hammaga adolatli ravishda yetkazib berilmas ekan, dunyo COVID-19 virusining mutatsiyalari xavfi ostida qolaveradi», — deya ta’kidlanadi YUNISEF xabarida.

17 mart kuni AstraZeneca vaksinasining ilk 660 ming dozasi O‘zbekistonga olib kelingan edi.