Qo‘qon Turkiy kengashga a’zo davlatlarning turizm poytaxti deb e’lon qilindi. Bu haqda Qo‘qonda bo‘lib o‘tayotgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a’zo davlatlar turizm vazirlari yig‘ilishida aytib o‘tildi deya xabar bermoqda «Gazeta.uz» muxbiri.

Bosh vazir o‘rinbosari, turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov barcha turkiy davlatlarda Qo‘qon shahrini turistik salohiyatining targ‘ibot-tashviqot ishlari tashkil qilinishini ta’kidladi.

«Men barcha mamlakatlarning turizm vazirlariga Qo‘qonni Turkiy davlatlarning turistik poytaxti sifatida qo‘llab-quvvatlashda hissa qo‘shishlarini so‘rayman. Bu bizga turkiy davlatlardan ko‘plab sayyohlarni jalb qilishda yordam beradi», — dedi u.

Oldinroq, Aziz Abduhakimov Qo‘qonni Turkiy kengash davlatlarining ilk «Turizm poytaxti» deb e’lon qilish bo‘yicha taklifni ilgari surganligi haqida xabar bergan edik.