«zoyir mirzayev» tegli maqolalar


Zoyir Mirzayev qat’iy ogohlantirildi, Chirchiq hokimiga «hayfsan» berildi
16 yanvar 2023, 10:48

Zoyir Mirzayev qat’iy ogohlantirildi, Chirchiq hokimiga «hayfsan» berildi

Shavkat Mirziyoyev raisligidagi selektorda Toshkent viloyati hokimi ogohlantirildi, Chirchiq shahar hokimiga «hayfsan» berildi. Shuningdek, «Hududiy elektr tarmoqlari» rahbari Mustafoyev, «Uztransgaz» rahbari Normatov va «O‘zbekneftgaz» rahbari Abdullayev ham lavozimidan ozod etildi.

Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi
22 sentabr 2022, 14:59

Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi

Shavkat Mirziyoyev ishtirokida xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashi sessiyasi o‘tkazildi. Unda 2021 yil noyabr oyidan buyon Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Zoyir Mirzayev nomzodi viloyat hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Toshkent viloyatida haydovchilar uchun Yagona imtihon markazi ochildi
10 iyun 2022, 11:31

Toshkent viloyatida haydovchilar uchun Yagona imtihon markazi ochildi

Toshkent viloyatida haydovchilar uchun Yagona imtihon markazi ochildi. Hududning haydovchilik guvohnomasini olish bo‘yicha imtihonlari endi faqat shu yerda o‘tkaziladi. Birinchilardan bo‘lib viloyat rahbari Zoyir Mirzayev imtihon topshirdi.

Nurafshonda yodgorlik majmuasi va kutubxona qurilishi bekor qilindi
13 dekabr 2021, 09:48

Nurafshonda yodgorlik majmuasi va kutubxona qurilishi bekor qilindi

Zoyir Mirzayev Toshkent viloyatining oldingi xokimi imzolagan Nurafshon shahrida umumiy qiymati 34,4 mlrd so‘m bo‘lgan yodgorlik majmui va kutubxona qurish to‘g‘risidagi qarorni bekor qildi. Ushbu mablag‘lar muhtojlarga yordam berish va boshqa maqsadlarga sarflanadi.

«Menga „hurmatli“ deya murojaat qilmanglar». Zoyir Mirzayev ilk «hokimlik soati»ni o‘tkazdi
22 noyabr 2021, 15:35

«Menga „hurmatli“ deya murojaat qilmanglar». Zoyir Mirzayev ilk «hokimlik soati»ni o‘tkazdi

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev videoselektor tarzida ilk «hokimlik soati»ni o‘tkazdi. U yig‘ilishda o‘ziga „hurmatli“ deb murojaat qilmasliklarini» aytib o‘tdi. Shuningdek hokim fuqarolarni qabul qilish masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi. Bundan tashqari Zoyir Mirzayev «fuqarolarning murojaatlarini qabul qiladigan Telegram-bot tashkil etilishini» ta’kidladi.

Toshkent viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi
18 noyabr 2021, 16:42

Toshkent viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi

Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Zoyir Mirzayev viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi bo‘ladi
18 noyabr 2021, 15:06

Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi bo‘ladi

Sobiq Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi bo‘ladi. Toshkent viloyatida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan faollar yig‘ilishida yangi hokim rasman e’lon qilinadi.

Murotjon Azimov Qashqadaryo viloyati hokimi v.b. etib tayinlandi
18 noyabr 2021, 11:40

Murotjon Azimov Qashqadaryo viloyati hokimi v.b. etib tayinlandi

Zoyir Mirzayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Murotjon Azimov viloyat hokimi v.b. etib tayinlandi. Zoyir Mirzayev boshqa viloyatiga hokim etib tayinlanishi kutilmoqda.

Qashqadaryo viloyati hokimi ishdan olinishi kutilmoqda
18 noyabr 2021, 11:07

Qashqadaryo viloyati hokimi ishdan olinishi kutilmoqda

Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishdan olinishi kutilmoqda. Uning o‘rniga Bojxona qo‘mitasi raisi Murot Azimov viloyat hokimi etib tayinlanishi mumkin.

Koson tumani hokimligi panjaralari viloyat hokimi tanqididan so‘ng olib tashlandi
16 avgust 2021, 08:42

Koson tumani hokimligi panjaralari viloyat hokimi tanqididan so‘ng olib tashlandi

Koson tumani hokimligi panjaralari Qashqardayo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tanqididan so‘ng olib tashlandi. Tuman ma’muriyati fuqarolar bilan ishlashda ochiqlik va oshkoralikka doim amal qilinishi, hokimlik xalq bilan o‘rtadagi har qanday to‘siqni olib tashlash tarafdori ekanini ma’lum qildi.

Zoyir Mirzayev ham o‘zbek-xitoy, ham «Sputnik V» vaksinasi bilan emlangani ma’lum bo‘ldi
12 avgust 2021, 13:06

Zoyir Mirzayev ham o‘zbek-xitoy, ham «Sputnik V» vaksinasi bilan emlangani ma’lum bo‘ldi

Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev xitoy-o‘zbek vaksinasining ikkita dozasi bilan emlangan. Keyinroq viloyat rahbari «Sputnik V» vaksinasini ham qabul qilganligi ma’lum bo‘ldi. Bunga unda antitanachalar ko‘tarilmaganligi sabab qilib ko‘rsatilgan. Avvalroq Sog‘liqni saqlash vazirligi bir necha xil vaksina bilan emlanishda nojo‘ya ta’sirlar xavfi borligi haqida ogohlantirib, fuqarolardan «o‘z hayotini xavf ostiga qo‘ymasliklarini» so‘ragan edi.

Qashqadaryo hokimi Zoyir Mirzayev yoshlar festivalida maqom kuyladi
16 iyun 2021, 16:11

Qashqadaryo hokimi Zoyir Mirzayev yoshlar festivalida maqom kuyladi

Qashqadaryoning Shahrisabz shahrida 13−15 iyun kunlari o‘tkazilgan yoshlar festivalida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev maqom kuyladi. Shuningdek, festival doirasida jurnalist va blogerlar mukofotlangan.

Muborak tumani hokimi ishdan olindi
9 iyun 2021, 13:38

Muborak tumani hokimi ishdan olindi

Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligidagi yig‘ilishda Muborak tumani hokimi Ulug‘bek Ernazarov lavozimidan ozod qilindi. Uning o‘rnini Qarshi tumani hokimining o‘rinbosari Akram Aripov egalladi.

Qashqadaryo viloyati hokimi o‘rinbosari 3 oylik ish haqini davlatga qaytaradi
31 may 2021, 18:12

Qashqadaryo viloyati hokimi o‘rinbosari 3 oylik ish haqini davlatga qaytaradi

Qashqadaryo viloyati hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Rustam Yo‘ldoshev tashkiliy masalaga e’tibor qilmagani uchun 3 oylik ish haqini davlatga qaytarib to‘laydi. Uning kotibiyat mudiriga esa hayfsan e’lon qilindi.

Bayroq ustuniga ajratilgan 1,35 mlrd so‘mga xaroba yotoqxona ta’mirlanadi — Zoyir Mirzayev
30 aprel 2021, 16:48 1

Bayroq ustuniga ajratilgan 1,35 mlrd so‘mga xaroba yotoqxona ta’mirlanadi — Zoyir Mirzayev

Qashqadaryo hokimi Zoyir Mirzayev viloyatda o‘rnatilishi rejalashtirilgan bayroq va uning ustuniga davlat byudjetidan mablag‘ sarflanmasligini aytdi. Ustunga ajratilgan 1,35 mlrd so‘m mablag‘ Qarshi shahridagi xaroba ahvoldagi 136-sonli oilaviy yotoqxonani ta’mirlash ishlariga yo‘naltiriladi. Hokim ustun faqat homiy topilsagina qurilishini ta’kidladi.

Muhtoj oilalar uchun qurilgan arzon uylarni hokimiyat ishchilari olgan — Zoyir Mirzayev
1 aprel 2021, 15:38 1

Muhtoj oilalar uchun qurilgan arzon uylarni hokimiyat ishchilari olgan — Zoyir Mirzayev

Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Qarshida qurilgan arzon uylarning katta qismini hokimiyat ishchilari olganini ma’lum qildi. “Barchasini chaqirib, sharmandasini chiqarib, oddiy fuqarolarga olib berganmiz”, — dedi u.

Zoyir Mirzayev Qashqadaryodagi hokimlarga yangi xizmat mashinasi sotib olishni taqiqladi
11 fevral 2021, 09:53

Zoyir Mirzayev Qashqadaryodagi hokimlarga yangi xizmat mashinasi sotib olishni taqiqladi

Zoyir Mirzayev Qashqadaryodagi 15 ta hokim va ularning o‘rinbosarlariga yangi xizmat mashinasi sotib olishni taqiqladi. U faqat yaqinda tayinlangan viloyat hokimi o‘rinbosari Bahrom Yusupovga ruxsat berilganini qo‘shimcha qilgan.

Qashqadaryoda hokimlar velopoygada qatnashishdi. Foto
31 avgust 2020, 12:07

Qashqadaryoda hokimlar velopoygada qatnashishdi. Foto

Qashqadaryo viloyatida «Avtomobilsiz 1 kun» loyihasi doirasida viloyat sektor rahbarlari, tuman va shahar hokimlari velopoyga uyushtirishdi. Unda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev va Kitob tumani hokimi Alisher Zokirovlar g‘olib bo‘lishdi.

Shahrisabz tumaniga yangi hokim tayinlandi
30 iyul 2020, 16:36

Shahrisabz tumaniga yangi hokim tayinlandi

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani hokimi bo‘lib ishlab kelayotgan Isroil Amanov vazifasidan ozod etilib, uning o‘rniga Muborak tumani prokurori vazifasida ishlab kelayotgan adliya maslahatchisi Samad Hasanov hokim lavozimiga ma’qullandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting