«yevroittifoq» tegli maqolalar


O‘zbekiston YeI bilan Transkaspiy yo‘lagi orqali savdoni ko‘paytirishga kelishib oldi
28 oktabr 2022, 19:41

O‘zbekiston YeI bilan Transkaspiy yo‘lagi orqali savdoni ko‘paytirishga kelishib oldi

O‘zbekiston va Yevropa kengashi rahbarlari kengaytirilgan sheriklik borasidagi bitim tezroq imzolanishiga umid bildirdi. Ular inson huquqlari bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish, Transkaspiy yo‘lagi orqali savdoni ko‘paytirishga kelishib oldi. Afg‘oniston tahdidlar manbaiga aylanmasligi kerakligi ta’kidlandi.

Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 6-paketi bo‘yicha kelishuvga erishdi
31 may 2022, 13:10

Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 6-paketi bo‘yicha kelishuvga erishdi

Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar rahbarlari sammitida Rossiyaga qarshi sanksiyalarning oltinchi paketi bo‘yicha kelishuvga erishildi. Unda Rossiya neftining uchdan ikki qismiga embargo qo‘llash, Sberbankni SWIFT tizimidan uzish va yana uchta davlat telekanalining ittifoq hududida translyatsiyasini taqiqlash ko‘zda tutilgan.

Alisher Usmonov YeI sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgani ustidan Yevropa sudiga shikoyat qildi
5 may 2022, 11:41

Alisher Usmonov YeI sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgani ustidan Yevropa sudiga shikoyat qildi

Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov YeI kengashining unga nisbatan sanksiyalar qo‘llash haqidagi qarorini bekor qilishni talab qilib, Yevropa sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qildi.

YeI va O‘zbekiston 2021−2027 yillarga mo‘ljallangan hamkorlikni kengaytirishning yangi dasturini ishga tushirdi
10 mart 2022, 15:02

YeI va O‘zbekiston 2021−2027 yillarga mo‘ljallangan hamkorlikni kengaytirishning yangi dasturini ishga tushirdi

Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston 2021−2027 yillarga mo‘ljallangan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha Ko‘p yillik indikativ dasturni ishga tushirdi. U uchta asosiy yo‘nalishni o‘z ichiga oladi: samarali davlat boshqaruvi va raqamli transformatsiya, inklyuziv va raqamli yashil o‘sish hamda «aqlli» va ekologik toza qishloq xo‘jaligi sektorini rivojlantirish. Dasturni moliyalashtirish uchun 83 mln yevro, jumladan, fuqarolik jamiyati va inson huquqlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash uchun 7 mln yevro ajratildi.

Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasiga rahbarlik qilishni to‘xtatdi
1 mart 2022, 19:43

Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasiga rahbarlik qilishni to‘xtatdi

Rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov Yevropa Ittifoqi sanksiyalari tufayli Xalqaro qilichbozlik federatsiyasiga rahbarlikni «adolat tiklanmaguncha» to‘xtatib turishga qaror qildi. YeI hujjatida uning Qrim anneksiyasi va Ukrainadagi beqarorlik uchun mas’ul bo‘lgan Rossiya rasmiylarini qo‘llab-quvvatlagani aytildi. Tadbirkor o‘z sha’ni va obro‘sini himoya qilishini bildirdi.

Jahon yangiliklari dayjesti
28 fevral 2022, 22:40

Jahon yangiliklari dayjesti

Vladimir Zelenskiy Ukrainaning YeIga a’zo bo‘lishi uchun arizani imzolagani, Ukraina va Rossiya muzokaralari boshlangani, dunyodagi eng yirik samolyot Rossiya harbiylari tomonidan yo‘q qilingani, Avstraliyada suv toshqinlari oqibatida sakkiz kishining halok bo‘lgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Jahon yangiliklari dayjesti
31 yanvar 2022, 22:13

Jahon yangiliklari dayjesti

Britaniya hukumatining Rossiya kompaniyalari va jismoniy shaxslari aktivlarini muzlatib qo‘yishi mumkinligi, OIVga chalingan Janubiy Afrika fuqarosida koronavirusning 21 mutatsiyasi aniqlangani, Polsha Milliy xavfsizlik byurosining Ukrainaga harbiy yordam jo‘natilishini tasdiqlagani, Yevropa Ittifoqi Rossiyadan gaz yetkazib berish to‘xtatilgan taqdirda qaysi davlatlardan gaz olib kelishni muhokama qilayotgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz» ning jahon yangiliklari dayjestida.

Jahon yangiliklari dayjesti
26 yanvar 2022, 20:15

Jahon yangiliklari dayjesti

Yevropa Ittifoqining Ukraina tufayli Rossiyaga valyuta konvertatsiyasi, eksport va importni cheklashga ruxsat bergani, Qozog‘istonda antiterror operatsiyalar rejimining bekor qilingani, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning koronavirusga chalingani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Yevroittifoq O‘zbekiston agrosektorini rivojlantirishga 11 mln yevro ajratdi
7 iyun 2021, 18:33

Yevroittifoq O‘zbekiston agrosektorini rivojlantirishga 11 mln yevro ajratdi

Yevropa ittifoqi O‘zbekistonga agrooziq-ovqat sektorini qo‘llab-quvvatlash va qishloq aholisi turmush darajasini yaxshilashga 11 mln yevro ajratdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting