Toshkentda mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirishga qaratilgan, umumiy qiymati 7 million yevrodan ortiq bo‘lgan “O‘zbekistonda boshqaruv tizimini takomillashtirish” tashabbusi boshlangani e’lon qilindi. U Yevropa Ittifoqi, GIZ boshchiligidagi YI konsorsiumi, BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan amalga oshirilmoqda, deya xabar beradi BMTTD ofisi.

YeI tomonidan moliyalashtiriladigan tashabbus yaqin hamkorlikdagi ikkita loyiha orqali amalga oshiriladi:

  • “Inklyuziv ravishda korrupsiyaning oldini olish” — GIZ boshchiligidagi YI konsorsiumi tomonidan Mintaqaviy muloqot hamda Markaziy moliya va shartnoma agentligi (CFLA) bilan hamkorlikda Germaniya hukumati tomonidan birgalikda moliyalashtiriladigan 4,55 million yevrolik budjet bilan amalga oshiriladi.
  • “O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi milliy ekotizimni mustahkamlash” — BMTTD tomonidan 2,5 million yevrolik budjet bilan amalga oshiriladi.

2024-yildan 2026-yilgacha mo‘ljallangan loyihalar O‘zbekistonning barcha 14 hududini qamrab oladi.

Asosiy milliy hamkor — Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, shuningdek, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish vakolatiga ega bo‘lgan boshqa muhim davlat idoralari, fuqarolar jamiyati va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha sa’y-harakatlarning zaif institutsionalizatsiyasi kabi muhim muammolarni hamda bajarishning milliy va mintaqaviy darajalari o‘rtasidagi tafovutni hal etishga qaratilgan.

Loyihalar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari huquqiy va institutsional islohotlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish va fuqarolik jamiyatini jalb qilish orqali ijtimoiy mas’uliyatni oshirishdan iborat.

Bu sa’y-harakatlar sezilarli natijalarga olib kelishi, jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashning milliy mexanizmlarini mustahkamlash, halollik va vijdonlilikni, jumladan, mintaqaviy va mahalliy darajada oshirish, fuqarolarning faolligi va xabardorligini oshirishi kutilmoqda.

Nutqlar

YIning O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian shunday dedi: “Ushbu tashabbus Yevropa Ittifoqi O‘zbekistondagi ulkan islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlashda davom etayotganini anglatadi. Korrupsiyaga qarshi kurashga qaratilgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash barqaror va adolatli rivojlanishni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi”.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov agentlik tomonidan keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirish, jumladan, “Halollik reytingi” tashabbusini joriy etish, korrupsiyaga qarshi islohotlarning barcha hududlarda yoritilishini ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimiga raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni joriy etish, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni kuchaytirish va ularning salohiyatini oshirish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida donorlar bilan hamkorlikni muvofiqlashtirish tizimini joriy etish rejalashtirilganini ta’kidladi.

BMTTDning doimiy vakili vazifasini bajaruvchi Anas Qarman va GIZ direktori Yoaxim Frits ushbu tashkilotlar O‘zbekiston hukumatini boshqaruv sohasida inklyuziv va odamlar manfaatlariga yo‘naltirilgan boshqaruv sari muhim yo‘lida qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini tasdiqladi.