Iqtisodchi Sergey Guriyevning qayd etishicha, Rossiyaga sanksiyalarni chetlab o‘tishda yordam berayotgan savdo yo‘llari yopilishi Markaziy Osiyo iqtisodiy o‘sishi uchun jiddiy tahdidga aylanishi mumkin. U harbiy texnika ishlab chiqarish hisobiga erishilgan YAIM o‘sishi hayot sifatini yaxshilamasligini ham qayd etdi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan Namangan hamda Farg‘ona viloyatlarida 15 ta maktab qurish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Loyihaning kapital qiymati 55−75 mln dollarni tashkil etadi.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bosh iqtisodchisi Beata Yavorchik hamda mintaqaviy iqtisodchisi Erik Livni “Gazeta.uz”ga iqtisodiyot uchun yangi xatarlar, sarmoyalarni jalb etishning samarali strategiyalari, islohotlarning jamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi kerakligining ahamiyati haqida so‘zlab berishdi.
YTTB Uzbekistan Airports`ga O‘zbekiston xalqaro aeroportlarida maxsus texnikalar parkini yangilash uchun 28 mln yevrogacha mablag‘ ajratadi. Shuningdek, bank kompaniya va uning tarkibiy bo‘linmalari faoliyati samaradorligini oshirish uchun 1 mln yevro miqdorida grant ajratadi.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ACWA Power Wind Karatau kompaniyasiga Nukusda 100 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasini qurish uchun 19,3 mln dollar kredit ajratdi.
O‘zbekiston prezidenti YeTTBning Samarqandda bo‘lib o‘tgan forumida so‘zlagan nutqida bank bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari: qashshoqlikni qisqartirish, yashil iqtisodiyotni rivojlantirish, infratuzilma, tibbiyot, ta’lim, transport va ekologiya sohalarida DXSHni kengaytirish kabilarni sanab o‘tdi.
Markaziy Osiyo davlatlari noqulay geosiyosiy vaziyatga chidamlilik ko‘rsatmoqda. YeTTB prognoziga ko‘ra, mintaqa iqtisodiyoti 2023-yilda 5,2 foizga o‘sadi va kelgusi yilda ham o‘sishda davom etadi.
Mastercard O‘zbekistonda birinchi rasmiy vakolatxonasini ochadi. Shuningdek, kompaniya YeTTB bilan kichik biznes egalari, ayniqsa, ayollar uchun raqamli imkoniyatlarni kengaytirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi.
YeTTB Masdar kompaniyasi uchun O‘zbekistonda umumiy quvvati qariyb 900 MVt bo‘lgan uchta quyosh elektr stansiyasini qurish uchun 205 million dollarlik moliyalashtirish paketi ajratadi.
YTTB Farg‘ona vodiysida sug‘orish samaradorligini oshirish uchun qariyb 200 mln dollar miqdorida kredit ajratdi. Ushbu mablag‘lar hisobidan 118 ta eskirgan nasos stansiyalari yangi jihozlar o‘rnatgan holda modernizatsiya qilinadi.
YeTTB Buxoro viloyatida umumiy quvvati 1 GVt gacha bo‘lgan ikkita shamol elektr stansiyasini qurish uchun 520 mln dollargacha bo‘lgan ikkita sindikatlangan kredit ajratmoqda.
Shavkat Mirziyoyev Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tomonlar davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari, “yashil” taraqqiyot kabi yo‘nalishlar yuzasidan fikr almashdi. Shuningdek, Samarqandda bank boshqaruvchilarining yillik yig‘ilishini o‘tkazish muhokama qilindi.
Oliy ta’lim vazirligi talabalarga $115 mln qiymatidagi 18 ming o‘rinli 17 ta yotoqxona qurishga Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankini maslahatchi sifatida jalb qilmoqda. Bank turar-joylarni qurish uchun investorlarni topishda yordam beradi.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan Sarimoy (Xorazm) va Jonkeldi (Buxoro) aholi yashash punktlari o‘rtasida yangi elektr uzatish liniyasini qurish uchun $47,1 mlnlik moliyaviy yordam berildi. Yangi liniya umumiy quvvati 1 GVtli ikkita shamol elektr stansiyasini milliy tarmoq bilan bog‘laydi.
YeTTB O‘zbekistonga Yangiobod va Chorkesardagi uran maydonlarini rekultivatsiya qilish uchun 7 mln yevro grant ajratadi. 2023 yilda boshlanishi rejalashtirilgan ishlar eski uran konlarini yopish, ifloslangan sanoat inshootlarini demontaj qilish, drenaj kanallarini rekonstruksiya qilish va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
YeTTB Samarqand shahri uchun elektrobuslar partiyasi, ular uchun quvvatlash shoxobchalari va boshqa infratuzilma obyektlarini sotib olishga 95 mln yevrogacha mablag‘ ajratishi mumkin.
O‘zbekiston Metan bo‘yicha global majburiyat dasturiga qo‘shildi. YeTTB mamlakatga metan chiqindilarini kamaytirish bo‘yicha milliy dasturini ishlab chiqishiga yordamlashadi. Asosiy e’tibor energetika, qattiq maishiy chiqindilar va agrobiznesga qaratiladi.
YeTTB Ukrainadagi urush Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyotiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatishini prognoz qilmoqda. Bankning mintaqa mamlakatlari bo‘yicha qayta ko‘rib chiqilgan prognozlariga ko‘ra, 2022 yilda O‘zbekiston YAIM 6 foizga emas, 4 foizga o‘sishi kutilmoqda. Rossiya iqtisodiyotida yuzaga keladigan turg‘unlikning mintaqa mamlakatlari iqtisodiyotiga ta’siri 2023 yilda ham saqlanib qoladi.
YeTTB Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida yangi sanitariya poligonlarini qurish hamda qattiq maishiy chiqindilarni yig‘adigan maxsus uskunalar xarid qilish uchun umumiy qiymati 120 mln dollar miqdorida kredit ajratmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki rahbari Odil Reno-Basso xonim hamda Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Masatsuga Asakavani qabul qildi. Uchrashuvlarda sheriklik munosabatlarini kengaytirish bo‘yicha «yo‘l xaritalari»ni tayyorlashga kelishib olindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting