Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning milliy bayrami — Respublika e’lon qilingan kunning 100 yilligi munosabati bilan Rejep Tayyip Erdog‘anga tabrik yo‘lladi.
Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lishi haqidagi protokolni imzoladi. Endi u Turkiya parlamenti tomonidan ratifikatsiya qilinishi kerak. Shvetsiya bosh vaziri mamlakat alyansga a’zo bo‘lish imkoniyatini “intizorlik bilan kutayotganini” ta’kidladi.
Anqarada Turkiya Ichki ishlar vazirligi binosi oldida terakt sodir etildi. Mamlakat IIV rahbari Ali Yerlikaya bir xudkush o‘zini portlatib yuborgani, ikkinchisi esa “zararsizlantirilganini” ma’lum qildi.
O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi Turkiyadagi o‘zbekistonlik ayollarni tungi kafelarda konsomatrislik bilan shug‘ullanmaslikka chaqirib, bu ish mamlakatdan deport qilinishga sabab bo‘lishidan ogohlantirdi.
Turkiya Markaziy banki asosiy stavkani 500 bazis punktga — 30 foizgacha oshirdi. Bu regulyatorga yangi rahbar tayinlaganidan beri asosiy stavkaning to‘rtinchi marta oshirilishi hisoblanadi. Mamlakatda iyul-avgust oylarida inflyatsiya ko‘rsatkichlari kutilganidan yuqori bo‘lgan.
Turkiyaning Istanbul shahrida ikki jinoiy guruh o‘rtasida qurolli otishma sodir bo‘ldi. Oqibatda voqea joyiga yaqin hududda ishlayotgan samarqandlik shaxs yaralanib, kasalxonada vafot etdi. Uning jasadini O‘zbekistonga yuborish uchun yordam ko‘rsatildi.
Turkiya Markaziy banki asosiy stavkani birdaniga 750 bazis punktiga — 17,5 foizdan 25 foizgacha oshirdi. Mamlakat regulyatori inflyatsiya prognozining sezilarli yaxshilanishiga erishilgunga qadar zaruratga qarab pul-kredit siyosatini qattiqlashtirishda davom etmoqchi.
Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlashga rozi bo‘ldi. NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Turkiya rahbari, Shvetsiya bosh vaziri va Yevropa kengashi rahbari bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng buni tasdiqladi.
Turkiya Markaziy bankining tarixdagi ilk ayol rahbariga aylangan Hafiza Erkan dunyo bo‘ylab markaziy banklarni boshqarayotgan kam sonli ayollar qatoridan o‘rin oldi. Prinston bitiruvchisi va AQSh bank-moliya sohasida katta nufuzga ega bo‘lgan Erkan xonim o‘z faoliyatida ilk bor davlat sektorida ish boshladi.
Qarshi, Termiz, Nukus, Namangan va Andijon shaharlaridan Istanbulga yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, Toshkent va Istanbul o‘rtasidagi reyslar soni haftasiga 38 tadan 50 taga yetkaziladi.
Amerikaning First Republic Bank banki sobiq top-menejeri Hafize Erkan Turkiya tarixida Markaziy bank raisi etib tayinlangan birinchi ayol bo‘ldi. Erkan 2019-yildan beri bu lavozimga kelgan beshinchi odam hisoblanadi. Erdog‘anning bu qarori mamlakat pul-kredit siyosatining o‘zgarishiga olib kelishi mumkin.
O‘zbekiston prezidenti Anqara shahrida Rejep Tayyip Erdog‘anning lavozimga kirishishi munosabati bilan inauguratsiya marosimida ishtirok etish uchun 3-iyun kuni Turkiyaga boradi.
Turkiya MSK rahbari bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida avvalroq 52,15 foiz ovoz olgan Erdog‘an g‘alaba qozonganini ma’lum qildi. U xalqqa “demokratiya bayrami” uchun minnatdorlik bildirdi, muxolifat nomzodi Qilichdaro‘g‘li esa saylovlarni oxirgi yillardagi eng adolatsiz saylovlardan biri deb atadi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anni saylovdagi “ishonchli, tarixiy g‘alaba” bilan tabrikladi. Ovozlarni sanash hali yakuniga yetgani yo‘q, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyaning amaldagi rahbari g‘alaba qozongan.
Turkiyada prezidentlik poygasidan chetga chiqqan nomzod Sinan Ogan 28-may kuni bo‘lib o‘tadigan saylovning ikkinchi bosqichida amaldagi prezident Rejep Tayyip Erdog‘anni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.
Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan telefon orqali muloqotda unga bo‘lajak saylovda muvaffaqiyat tiladi. Erdog‘an ham O‘zbekiston rahbarini umumxalq referendumi muvaffaqiyatli o‘tgani bilan tabrikladi.
Turkiya sanoat va texnologiyalar vaziri Mustafo Varank Shavkat Mirziyoyevga Rejep Tayyip Erdog‘anning topshirig‘iga binoan Togg brendi ostidagi birinchi milliy elektromobilni topshirdi. Davlat rahbari elektromobil ruliga o‘tirib, uni haydab ko‘rdi.
Turkiya parlamenti Finlyandiyaning NATOga a’zo bo‘lishini bir ovozdan ma’qulladi. Shunday qilib, mamlakatning ittifoqqa qo‘shilishi tashkilotning barcha a’zolari tomonidan ma’qullandi.
Istanbulda erkak birga yashab kelgan o‘zbekistonlik ayolni tosh bilan o‘ldirib, jasadni bo‘laklab tashladi. Mojaro erkak olgan qarz tufayli kelib chiqqan.
Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) a’zo davlatlar tomonidan tuzilgan Turkiy investitsiya jamg‘armasining ustav kapitali 500 mln dollarni tashkil qiladi. O‘zbekistonning undagi ulushi 100 mln dollarga baholanmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting