15−16-iyun kunlari Istanbul shahrida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida fuqaro aviatsiyasi sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida ikki davlat aviatsiya ma’muriyatlarining maslahatlashuvlari tashkil etildi, deya xabar bermoqda Transport vazirligi matbuot xizmati.

Tadbirda ikki davlat o‘rtasidagi aviaqatnovlar sonini oshirish va yangi yo‘nalishlar ochish masalalari muhokama etilgan. Muzokaralar davomida mamlakatlar o‘rtasidagi jami aviaqatnovlar sonini haftasiga 58 tadan 72 taga oshirish hamda yangi yo‘nalishlar ochish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

Xususan, 2023−2024-yillar davomida Toshkent va Istanbul o‘rtasidagi aviaqatnovlar sonini haftasiga 38 tadan 50 taga yetkazish belgilangan.

Shuningdek, Qarshi, Termiz, Nukus, Namangan, Andijon shaharlaridan Istanbul shahriga yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishiga kelishilgan va bu bo‘yicha tegishli hujjat imzolangan.