«toshshahartransxizmat» tegli maqolalar


Toshkentdagi yo‘nalishlarga yana 60 ga yaqin elektrobus chiqariladi
11 may 2023, 14:42

Toshkentdagi yo‘nalishlarga yana 60 ga yaqin elektrobus chiqariladi

Toshkentdagi yo‘nalishlarga yana 59 ta Yutong elektrobuslari qo‘yiladi (169 ta shunday transport vositasi 20-apreldan harakatlana boshlagan). Bu bir qancha yo‘nalishlarning harakat tarkibini to‘liq yangilash va ayrimlarida elektrobuslar sonini ko‘paytirish imkonini beradi.

Toshkentda yangi avtobuslarni boshqarishdagi kamchilik sabab qator xodimlar ishdan olindi
2 may 2023, 09:55

Toshkentda yangi avtobuslarni boshqarishdagi kamchilik sabab qator xodimlar ishdan olindi

Toshkent shahrida avtobusni ehtiyotsizlik bilan boshqargan haydovchi, shuningdek, bir qator avtobus saroylari rahbar xodimlari ishdan olindi, ayrimlariga hayfsan berildi. Bunga ularning transport vositalari ish tartibini to‘g‘ri tashkil etmagani kabi sabablar asos bo‘ldi.

Avtobusda ayollar va erkaklar hududlari belgilangani haqidagi e’lonlar ruxsatsiz qo‘yilgan
17 aprel 2023, 09:51

Avtobusda ayollar va erkaklar hududlari belgilangani haqidagi e’lonlar ruxsatsiz qo‘yilgan

Toshkent shahridagi 43-yo‘nalish (Isuzu) avtobusining salonida ayollar va erkaklar alohida o‘tirishi uchun joylar mavjudligi haqida e’lonlar paydo bo‘ldi. “Toshshahartransxizmat” ular olib tashlanganini bildirib, ayollar va erkaklar teng huquqliligini eslatdi.

Toshkentdagi qator avtobus yo‘nalishlarining oraliq harakati o‘zgartiriladi
27 fevral 2023, 22:12

Toshkentdagi qator avtobus yo‘nalishlarining oraliq harakati o‘zgartiriladi

28 fevraldan Toshkentdagi qator avtobus yo‘nalishlarining oraliq harakati o‘zgartiriladi. Ularning asosiy qismi yangi tashkil etilgan chorrahalar orqali o‘tadigan bo‘ldi.

Toshkentda avtobusni nosoz holatda yo‘nalishga chiqargan mexanik ishdan olindi
31 yanvar 2023, 12:40

Toshkentda avtobusni nosoz holatda yo‘nalishga chiqargan mexanik ishdan olindi

Toshkentda «7-avtobus saroyi»ga tegishli 94-sonli yo‘nalishdagi avtobusni singan orqa oynalari skotchlangan holda yo‘lga chiqargan mexanik ishdan bo‘shatildi. Saroy bosh muhandisiga xayfsan berildi.

Toshkentda yo‘lovchilar bilan qo‘pol muomalada bo‘lgan elektrobus haydovchisi ishdan olindi
25 dekabr 2022, 11:41

Toshkentda yo‘lovchilar bilan qo‘pol muomalada bo‘lgan elektrobus haydovchisi ishdan olindi

Tarmoqlarda elektrobus haydovchisining yo‘lovchilar bilan qo‘pol muomalada bo‘lgani aks etgan video tarqaldi. «Toshshahartransxizmat» unga qat’iy chora ko‘rilgani va mehnat shartnomasi to‘xtatilganini ma’lum qildi.

«Isuzu avtobuslari — vaqtinchalik yechim» — «Toshshahartransxizmat» rahbari
21 dekabr 2022, 22:32

«Isuzu avtobuslari — vaqtinchalik yechim» — «Toshshahartransxizmat» rahbari

Toshkentdagi avtobus saroylari qisqa fursatda kam harakatli fuqarolar uchun noqulay bo‘lgan 150 dan ortiq Isuzu avtobuslari bilan boyidi. «Toshshahartransxizmat» rahbari «Gazeta.uz»ga buning vaqtinchalik yechim ekanini ma’lum qildi. U sohaga huquq-tartibot organlarining jalb qilinganiga ham izoh berdi.

Avtobuslar qatnovida oraliq interval cho‘zilishi mumkin — Toshshahartransxizmat
5 dekabr 2022, 10:00

Avtobuslar qatnovida oraliq interval cho‘zilishi mumkin — Toshshahartransxizmat

Poytaxtda havo sovuq, qor yog‘ib, avtomobil yo‘llarida muzlamalar hosil bo‘lgan. «Toshshahartransxizmat» AJ haydovchilardan zarur bo‘lmasa shaxsiy mashinada yurmaslikni so‘radi. Piyodalar yo‘ldan kesib o‘tayotganda ehtiyot bo‘lishi aytildi. Ayrim avtobuslarning kelish vaqti ham cho‘zilishi mumkin.

Toshkentdagi avtobuslar bayram kunlarida qisqartirilgan jadval asosida ishlaydi
24 avgust 2022, 08:00

Toshkentdagi avtobuslar bayram kunlarida qisqartirilgan jadval asosida ishlaydi

1, 2 va 4 sentabr kunlari Toshkentda avtobuslar yakshanbalik, 3 sentabr kuni esa shanbalik jadval asosida harakatlanadi.

Dam olish kunlarida Toshkent avtobuslari qisqartirilgan jadval asosida harakatlanadi
6 iyul 2022, 14:57

Dam olish kunlarida Toshkent avtobuslari qisqartirilgan jadval asosida harakatlanadi

9 va 10 iyul kunlari poytaxt avtobuslari yakshanbalik, 11 va 12 iyul kunlari esa shanbalik jadval asosida harakatlanadi.

Ramazon hayiti kuni masjidlarga kelib-ketish uchun avtobus yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yildi (ro‘yxat)
29 aprel 2022, 14:26

Ramazon hayiti kuni masjidlarga kelib-ketish uchun avtobus yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yildi (ro‘yxat)

«Toshshahartransxizmat» tomonidan 2 may kuni Ramazon hayiti bayramida Toshkentda 98 ta masjidga borib-kelish uchun avtobuslar yo‘nalishi tashkil qilindi. Avtobuslar 03:00 dan 06:00 ga qadar harakatlanadi.

Keyingi yilda Toshkent shahrida 18 metrli “garmoshkali avtobuslar” harakatlana boshlaydi
18 fevral 2022, 17:40

Keyingi yilda Toshkent shahrida 18 metrli “garmoshkali avtobuslar” harakatlana boshlaydi

Prezident qaroriga ko‘ra, 2025-yilgacha poytaxtda 1063 ta yangi avtobuslar harakatlanishni boshlaydi. Ulardan 53 tasi 2023-yilda harakatga tushiriladigan katta sig‘imli 18 metrli avtobuslar bo‘ladi. Ushbu “garmoshkali avtobuslar” poytaxtning 11 ta magistral yo‘nalishida harakatlanadi.

Poytaxda mashina siqib ketgan avtobus ustunga borib urildi
7 fevral 2022, 12:11

Poytaxda mashina siqib ketgan avtobus ustunga borib urildi

Toshkentda 59-raqamli avtobus yengil avtomobil siqib ketishi natijasida yo‘l chetiga chiqib ketgan va ustunga borib urilgan. YTH oqibatida 2 kishi yengil jarohat olgan.

O‘zbekistondagi eng baland Yangi yil archasi «Yangi O‘zbekiston» bog‘iga o‘rnatildi
20 dekabr 2021, 21:25

O‘zbekistondagi eng baland Yangi yil archasi «Yangi O‘zbekiston» bog‘iga o‘rnatildi

O‘zbekistonning eng baland sanalgan bosh Yangi yil archasi «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida o‘rnatildi. Ushbu bog‘ga tashrif buyuruvchilar uchun 20 dekabrdan 10 yanvargacha «Do‘stlik metrosi — Yangi O‘zbekiston bog‘i» yo‘nalishida maxsus bepul avtobuslar ishga tushirildi.

Toshkentda avtobus yonib ketdi
20 dekabr 2021, 10:07

Toshkentda avtobus yonib ketdi

Uchtepa tumanida 125 yo‘nalishda harakatlanayotgan «Mercedes-Benz» avtobusi yonib ketdi. FVV yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga 6 daqiqada yetib borgani va olov 4 daqiqada o‘chirilganini ma’lum qildi.

Toshkentda yo‘lkira narxi Nyu-Yorkka qaraganda 2 barobar qimmatroq — Botir Qobilov
28 noyabr 2021, 15:38 1

Toshkentda yo‘lkira narxi Nyu-Yorkka qaraganda 2 barobar qimmatroq — Botir Qobilov

AARC xalqaro konsalting kompaniyasi «Toshshahartransxizmat» bo‘yicha hisobotida Toshkentdagi yo‘lkira narxlari Nyu-Yorkdagidan 20 barobar arzonroq ekani haqidagi ma’lumotni e’lon qildi. Iqtisodchi Botir Qobilov esa Toshkentdagi yo‘lkira narxi Nyu-Yorkdagidan barobar qimmatroq ekanini hisoblab berdi.

Toshkentda 5 oyda avtobuslar ishtirokida 35 ta avariya sodir etilgan
10 iyun 2021, 12:33

Toshkentda 5 oyda avtobuslar ishtirokida 35 ta avariya sodir etilgan

O‘tgan besh oy ichida poytaxt ko‘chalarida avtobuslar ishtirokida haydovchilari aybi bilan 35 ta YTH sodir bo‘lgan. Ularning 21 tasi avtobus ichida yo‘lovchilarning yiqilib, jarohat olishi bilan bog‘liq. Avariyalardan biri esa fuqaro o‘limiga olib kelgan.

Toshkentda Ramazon hayiti kuni jamoat transportlari soat 4:00 dan xizmat ko‘rsatishni boshlaydi
11 may 2021, 17:15

Toshkentda Ramazon hayiti kuni jamoat transportlari soat 4:00 dan xizmat ko‘rsatishni boshlaydi

Ramazon hayiti nishonlanishi munosabati bilan, Toshkent shahrida 13 may kuni jamoat transportlari yo‘nalishlar bo‘yicha soat 4:00 dan ish boshlaydi.

Toshkentda Xristian dini tadbirlari o‘tkazilishi munosabati bilan bir kunlik avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi
8 may 2021, 12:48

Toshkentda Xristian dini tadbirlari o‘tkazilishi munosabati bilan bir kunlik avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi

Toshkentda 11 may kuni Xristian dini «Ota-onalarni xotirlash» tadbirlari o‘tkazilishi munosabati bilan bir kunlik avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi

Toshkentda avtobus bekatda turgan ikki piyodani urib yubordi
3 may 2021, 12:29

Toshkentda avtobus bekatda turgan ikki piyodani urib yubordi

Toshkentda yo‘lovchi avtobusi bekat yonida turgan ikki piyodani urib yubordi. Yengil tan jarohati olgan piyodalar shifoxonaga yetkazilib, tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting