Sankt-Peterburgdan Toshkentga uchayotgan va mast holda samolyot yo‘lovchilariga xalal berib, ulardan birini haqorat qilgan shaxs Toshkent aeroportida qo‘lga olindi. U jarimaga tortildi.
“Milliy elektr tarmoqlari” Toshkent xalqaro aeroporti tunda elektr ta’minotidan to‘liq uzilganini rad etib, 4 ta tarmoqdan faqat 3 tasida uzilish kuzatilganini ma’lum qildi. “MET” Uzbekistan Airports`ga 35 kVlik hamda zaxira tarmoqning ishchi holatini saqlash maqsadga muvofiqligini ham tushuntirdi.
Toshkent xalqaro aeroportining ikkinchi uchish-qo‘nish yo‘lagida rekonstruksiya ishlari yakunlandi. Jurnalistlar yangilangan yo‘lakka qo‘ngan birinchi samolyot — Uzbekistan Airways`ning Dubaydan kelgan Boeing 787 Dreamliner samolyotini kutib oldi.
Uzbekistan Airports rahbari Ra’no Jo‘rayeva yo‘lovchi tashish hajmi pandemiyadan oldingi yilga nisbatan 22 foizga oshganini ma’lum qildi. 2023 yilda yangi mahalliy aviakompaniyalar tashkil etish va xorijiy kompaniyalarni jalb qilish hisobiga ko‘rsatkichni 18 foizga oshirish rejalashtirilgan.
Uzbekistan Airports Toshkent aeroportida elektron chegara nazorati tizimi va qo‘l yuklarini tekshirish uchun yangi rentgen uskunalarini namoyish etdi. Endilikda yo‘lovchilar poyabzalini yechmasdan va suyuqlik idishlarini ochmasdan tekshiruvdan o‘tadi. Hududda yana bir Duty Free do‘koni, kafe va dorixona ham ochildi.
Poytaxtning Bobur ko‘chasidagi Toshkent xalqaro aeroportiga olib boruvchi ko‘prik 19 yanvardan qisman noma’lum muddatgacha yopildi. Bu vaqtda hududda yo‘l ta’mirlash ishlari olib boriladi.
14 yanvardan boshlab O‘zbekiston aeroportlarida kutib oluvchilarning uchib kelish zallariga kirib, terminal ichida bojxona hududigacha bo‘lgan joyda yo‘lovchilarni kutishlari mumkin.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga Shukurjon Gaipov direktor vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. U 2018 yildan hozirgacha «Toshkent-1» hukumat terminali rahbari lavozimida ishlab kelgan.
Toshkent xalqaro aeroportining jo‘nash terminali oldida O‘zbekistonda birinchi to‘liq avtomatlashtirilgan avtoturargoh ish boshladi. To‘lovni parkomat orqali naqd pulda yoki QR-kod bilan to‘lash mumkin. Parkomat qaytim ham qaytara oladi. Yaqin kunlarda kelish terminali oldida ham xuddi shunday avtoturargoh ochiladi.
Poytaxt aeroportining bojxonasi Misrdan uchib kelgan ayoldan Nil timsohi, iguana va piton bolalarini olib qo‘ydi. Noto‘g‘ri tashilgani sabab jonivorlarning ahvoli qoniqarsiz. Ushbu sudralib yuruvchilarning umumiy bahosi taxminan 77 mln so‘m ekani aytilmoqda.
Poytaxtning 2045 yilgacha bo‘lgan bosh rejasi loyihasida Toshkent xalqaro aeroportini shahar tashqarisiga ko‘chirish nazarda tutilmagan. «ToshkentboshplanLITI» instituti ma’lumotlariga ko‘ra, buni amalga oshirishning hozircha imkoni yo‘q. obyektni ko‘chirish variantlarini keyingi avlod shaharsozlari ko‘rib chiqadi.
Toshkent xalqaro aeroportida uchib kelgan va uchib ketayotgan yo‘lovchilar bojxonachilarsiz, avtomatik tarzda boshqarilayotgan body scaner qurilmasi va rentgen nurlari yordamida qisqa muddatda bojxona tekshiruvidan o‘tyapti. «Gazeta.uz» mazkur tizim qanday ishlashi haqida so‘z yuritadi.
Toshkent xalqaro aeroportida Majburiy ijro byurosining xizmat ko‘rsatish bo‘limi tashkil etildi. Bo‘limda yo‘lovchilar xorijga chiqishini cheklaydigan qarz bor yoki yo‘qligini tekshirtirishi mumkin. Qarz to‘langandan so‘ng, xodim taqiqni olib tashlaydi.
Toshkent xalqaro aeroportida rasmiy taksi ishga tushirilgach, noqonuniy taksichilar bir necha provokatsiya uyushtirishdi. Uzbekistan Airports rahbari Ra’no Jo‘rayeva noqonuniy taksilar yo‘lovchilar uchun tahdid ekanini ta’kidladi. Uning tan olishicha, “bombil”lar bir kunlik masala emas va u yolg‘iz hal qilinmaydi.
30 avgust kuni Misr davlatidan uchib kelgan fuqaro 56 ta timsoh bolasini, 31 avgust kuni esa Misrdan kelgan boshqa fuqarolar plastmassa idishlarda 10 ta buqalamunni xalqaro aeroportdagi bojxonadan o‘tkazmoqchi bo‘ldi. Tashish va saqlash qoidalariga rioya qilinmagani sababli ularning ayrimlari og‘ir ahvolda.
«O‘zbektelekom» tomonidan Toshkent xalqaro aeroportida bepul Wi-Fi ishga tushirildi. Avval aeroportda Sola provayderining simsiz tarmog‘i mavjud bo‘lgan, biroq, havo bandargohi ma’muriyatining qayd etishicha, u barqaror ishlamagan.
31 iyulga qadar kuzatuvchi shaxslar Toshkent aeroportining xalqaro terminaliga kiritilmaydi. Bu ziyoratchilarning Hajga jo‘nab ketishi va qaytib kelishi, shuningdek, binoning rekonstruksiya qilinishi bilan bog‘liq.
Toshkent xalqaro aeroporti estakadasi orqali avtotransport vositalari harakati 10 iyuldan sinov rejimida boshlanadi. Litsenziyali taksilar, sayyohlar avtobusi va chet ellik delegatsiyalar transportlarining kirishiga ruxsat beriladi.
Tez kunlarda Toshkent xalqaro aeroportining ikkinchi qavatiga olib boruvchi, uzoq vaqt yopiq bo‘lgan estakadaning ochilishi kutilmoqda.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘tkazgan tezkor tadbirda “Toshkent” xalqaro aeroportida 4 nafar fuqaro yonidan soxta PZR-testi ma’lumotnomalari chiqqan. Tergov natijasida toshkentlik ikki nafar shaxs soxta ma’lumotnomalarni Buxoro va Xorazm viloyatidan bo‘lgan shaxslarga yetkazib turgani aniqlangan.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting