“Toshkent” xalqaro aeroportida HY-634 reysi bilan Sankt-Peterburgdan Toshkentga uchib kelayotgan Rossiya fuqarosi K.V. qo‘lga olindi, deya xabar berdi IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti matbuot xizmati “Gazeta.uz”ga.

Erkak mast holda jamoat tartibini buzgan: behayo so‘zlarni ishlatgan, qo‘shiqlar kuylagan va xuddi shu reysda uchayotgan qizni haqoratlagan", — deyiladi xabarda.

Toshkent aeroportlari qo‘riqlash bo‘limi inspektorlari unga nisbatan O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan bayonnoma tuzdi.

19-sentabr kuni Sergeli tuman sudi tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilib, unga nisbatan BHMning 3 baravari — 990 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi.