Anomal sovuqlar munosabati bilan respublika aeroportlari binosiga kutib oluvchilarning kiritilishiga ruxsat berildi. Ilgari kutib oluvchilarni binoga kiritish aeroportlarda faoliyat yurituvchi bir qator tuzilmalarning hujjatlari bilan cheklangan edi. Bugundan boshlab barcha kutib oluvchilar uchib kelish zallariga kirib, terminal ichida bojxona hududigacha bo‘lgan joyda uchib kelayotgan yo‘lovchilarni kutishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda UzbekistanAirports matbuot xizmati xabar qildi.

«Nihoyat, bizning takliflar eshitilgani va davlat rahbariyati tomonidan irodali qaror qabul qilinganidan juda xursandmiz. Bilaman, muammo ko‘p yillar davomida mavjud edi. Odamlar issiqda va sovuqda tashqarida turishgan va xavfsizlik nuqtai nazaridan va boshqa bir qator sabablarga ko‘ra ularni ichkariga kiritish taqiqlangan», — dedi Uzbekistan Airports boshqaruvi raisi Rano Djurayeva.

«2018 yilda qurilgan uchib kelish zali ham xalqaro standartlarga javob bermaydi, unda kutib oluvchilar uchun joy ajratilmagan. Uning ustiga zal juda kichkina. Biz hozirda binoning old qismini surish orqali zal maydonini ko‘paytirish loyihasini ishlab chiqmoqdamiz, bu yerda kutib oluvchilar uchun sharoit yaratish mumkin bo‘ladi», — deya qayd etdi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, jarayon, zal atrofida ko‘plab kommunikatsiyalar o‘rnatilganligi sababli murakkablashmoqda. «Har safar, biz mavjud ayeroportni qayta qurish, kengaytirish, qulayroq qilish uchun harakat qilishga qo‘l urganimizda, poytaxtimizga yangi aeroport qurish kerak ekanligiga ishonch hosil qilmoqdamiz. Ammo, aeroportlar bir kunda bunyod etilmasligini hisobga olib, imkon qadar mavjud ayeroportni rekonstruksiya qilmoqdamiz».

uzbekistan airports, раъно жўраеva, тошкент xalqaro aeroportи

Ta’kidlanishicha, anomal sovuqlar sharoitida aeroport xizmatlari parvozlar xavfsizligiga e’tiborni kuchaytirmoqda. Noqulay ob-havo sharoitlari — sovuq havo harorati, qor yog‘ishi — parvozlar xavfsizligini ta’minlash uchun samolyotlarni muzga qarshi suyuqlik bilan ishlov berish jarayonini nazarda tutadi. Bu jarayon odatda har bir samolyot uchun taxminan 30 daqiqa davom etsa-da, hozirgi paytda har bir samolyotga ishlov berish 1 soatdan 1,5 soatgacha vaqt olmoqda. Albatta, bu reyslarning kechikishiga olib keldi. Dunyoning qator mamlakatlarida bunday ob-havo sharoitlari tufayli aeroportlarni yopish amaliyoti mavjud. Ammo O‘zbekiston aeroportlari yo‘lovchilarni jadvaldagi o‘zgarishlar haqida xabardor qilgan holda, ishlashga qaror qildi.

«Bugun ishonch bilan ayta olamanki, ayeroportlarimiz murakkab ob-havo sharoitida uchish va qo‘nish operatsiyalarini barqaror amalga oshirish uchun yetarli resurslarga ega. Gap nafaqat mashinalar, balki xalqaro tajribaga ega malakali kadrlar haqida ham bormoqda. Yo‘lovchi oqimi bo‘yicha eng gavjum ayeroport, buToshkent ayeroportidir — u yerda kuniga yuzdan ortiq reyslar amalga oshiriladi. „Handling“ kompaniyasi va ayerodrom xizmati ob-havo sharoitining yomonlashishi arafasida barcha zaxira kuchlarini jamkashga muvaffaq bo‘lishdi. Jumladan, 10 yanvar kuni soat 00:00 dan 23:59 ga qadar O‘zbekiston xalqaro ayeroportlari tomonidan 152 ta reysga xizmat ko‘rsatilgan bo‘lsa, shundan 93 tasi „Toshkent“ ayeroportida amalga oshirilgan. Har bir samolyotga ishlov berish uchun bir soatdan ko‘proq vaqt ketganini va barcha maxsus texnikalar parki, shunday sovuqda ayerodromda ishlagan hodimlarni hisobga olmaganda, uchish-qo‘nish yo‘lagi va yurish yo‘laklarini tozalashga chiqqanini hisobga olsak, bu juda yuqori ko‘rsatkich» — deb qo‘shimcha qildi Ra’no Djurayeva.