Davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat bog‘chalarni ochgan tadbirkorlarga bitimga muvofiq ajratilgan imtiyozli kreditlar bo‘yicha imtiyozli davr muddati 2024-yil 1-oktabrgacha uzaytirildi.
Qoraqalpog‘istondagi ustav fondida davlat ulushi 50 foizdan ko‘p bo‘lmagan tadbirkorlarga 2028-yil 1-yanvargacha foyda solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlar beriladi.
Senat tadbirkorlik subyektlarining bank hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini ularning roziligisiz qonunga xilof ravishda o‘tkazganlik yoki olib qo‘yganlik yoxud ortiqcha undirilgan mablag‘larni o‘z vaqtida qaytarmaganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralari belgilashni ko‘zda tutuvchi qonunni ma’qulladi.
Qozog‘istonlik tadbirkor Margulan Seysembayev Toshkentdagi nutqida qishloq xo‘jaligini O‘zbekistonning afzalligi va uni kuchaytirish zarur bo‘lgan soha deb atadi. Shuningdek, u neyro tarmoqlarni tartibga solish, to‘siqlar — jamiyatga bo‘lgan ishonch haqida nimalar deyishi mumkinligini so‘zlab berdi.
Namanganning Norin tumanida tadbirkor attraksion jihozlari uchun ajratilgan qariyb 2,5 mlrd so‘m imtiyozli kreditni o‘zlashtirgan. Samarqandda kuzatilgan holatda esa yana bir tadbirkor kreditga olingan 416 mln so‘mlik metall buyumlarni sotib yuborgan. Hozirda 2 holat yuzasidan jinoyat ishi ochildi.
Buxoro shahrida oilaviy korxona rahbari bankning sobiq mas’ullari bilan kelishib, kredit ta’minoti uchun garovga qo‘yilgan mehmonxona binosini qayta qimmatroqqa garovga qo‘ygan. Qo‘shimcha bino qurish uchun yana kredit olib, jami 1,3 mlrd so‘m pulni talon-toroj qildi. Unga nisbatan jinoyat ishi ochildi.
Prezident qarori bilan 1 aprelgacha tadbirkorlarning energiya resurslaridan noqonuniy va samarasiz foydalanish holatlari tekshiriladi. Tekshiruv prezident huzuridagi Tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan kelishmasdan amalga oshiriladi.
Andijonda tadbirkor tegishli hujjatlarsiz aholi uchun tortilgan tabiiy gaz tarmog‘iga ulanib, yashirin ohak sexi ochgan. Bu vaqtda u 1 mln 642 ming kub tabiiy gazni noqonuniy sarflangan, bu 2 mingta xonadonning bir oylik gaziga teng.
O‘zbekistonda tadbirkorlarga kredit olish uchun davlat tomonidan kafillik berish imkoniyati oshiriladi. Shuningdek, kredit to‘lovi uchun garov ta’minoti shartlari xam o‘zgaradi. Bu bo‘yicha regulyator va tegishli vazirliklar oktabrgacha reja xujjatlarini taqdim etishi kerak.
Andijon viloyatida «Bo‘z Iqbol chorvasi» kompaniyasi rahbari daraxtga osilgan holda topildi. Singlisining aytishicha, u bog‘chalarga oziq-ovqat yetkazib berish bilan shug‘ullangan va muassasalar qarzlarini to‘lamagani uchun o‘z joniga qasd qilgan bo‘lishi mumkin. Maktabgacha ta’lim vazirligi holatga izoh berdi.
Toshkentning Yakkasaroy tumanida GTA Showroom kompaniyasi rahbari korxona binosida ishchi va mijozlarga namoz o‘qishga sharoit yaratib bergani uchun 21,6 mln so‘m miqdorida jarimaga tortildi. «Milliy tiklanish» partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov sudya MJTKning 201-moddasini noto‘g‘ri qo‘llaganini, namoz o‘qish «diniy marosim emas, balki e’tiqodning o‘zagi, erkinligi kafolatlangan huquq» ekanini ta’kidladi.
Bog‘ot tumanida ikki fuqaro tadbirkordan 10 mlrd so‘m kredit olib berish evaziga 45 ming dollar so‘ragani aytilmoqda. Ushbu pullardan 15 ming dollarini olgan vaqtida esa huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan qo‘lga olingan. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting