Xorazm viloyatining Bog‘ot tumanida 2 fuqaro tadbirkordan 45 000 AQSh dollari undirmoqchi bo‘lgan. Bu DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan.

Ta’kidlanishicha, «B.Q.» MCHJ rahbari yuk avtotransportini sotib olish uchun 10 mlrd so‘m kredit olish istagida bo‘lgan.

Fuqarolar S.I. va R.D. lar oldindan til biriktirib, unga ushbu kredit mablag‘ini bankda ishlovchi tanishlari orqali ajratilishida yordam berishini aytishgan.

«Buning evaziga tadbirkordan 45 000 AQSh dollari talab qilib, shundan 15 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan», — deyiladi xabarda.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.