Prezidentning «Kuz-qish mavsumida iste’molchilarni avtobenzin mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash va ularning narxlari keskin oshishining oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi, deya xabar bermoqda Adliya vazirligi matbuot xizmati.
Qaror bilan 10 dekabrdan 2023 yil 1 aprelgacha prezident huzuridagi Tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan kelishmasdan tadbirkorlarni ularning moliyaviy-iqtisodiy faoliyatiga aralashmagan holda energiya resurslaridan noqonuniy va samarasiz foydalanish holatlari bo‘yicha tekshirishga ruxsat berildi.
Tekshiruvlar natijalari bo‘yicha avtobenzin mahsulotlarining ortiqcha yo‘qotishlariga va talon-tarojliklarga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga qonunchilikda belgilangan jazo choralarini qo‘llash, shuningdek, ularning faoliyatiga huquqiy baho berish yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdimnomalar kiritiladi.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Shuningdek, 10 dekabrdan 2023 yil 1 martgacha import qilinadigan, mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan va tadbirkorlar tomonidan yakuniy iste’molchilarga sotiladigan AI-80 avtobenzin uchun, istisno tariqasida, aksiz solig‘i «nol» stavkada qo‘llaniladi.