Farg‘ona shahrida 11 yoshli qizning murdasi zo‘rlash alomatlari bilan topilgandi. Sud ish bo‘yicha uch nafar gumonlanuvchiga nisbatan hukm chiqardi. Ularning ikkisi 13 va 14 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Biriga nisbatan esa 2 yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Sud Telegram`dagi pulli kanallarda ayollarning intim suratlarini tarqatgan bir guruh shaxslarni 3 yildan 7 yilgacha qamoq jazosiga hukm qildi. Sud ishi bo‘yicha 62 kishi, jumladan, 55 nafar ayol jabrlanuvchi va da’vogar bo‘lgan.
Farmatsevtika agentligi sobiq rahbari Sardor Kariyev “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha tergovda unga tazyiq o‘tkazilganini bildirdi.
Sudyalar oliy kengashining 2024-yildagi birinchi yig‘ilishida 31 nafar sudya lavozimga tayinlandi.
Toshkent shahri sudida bir oylik tanaffusdan so‘ng “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sud qayta boshlandi. Unda Hindistonning Marion Biotech kompaniyasi dorilari iste’moli oqibatida 18 bola nogironlik orttirib olgani, zaharlanish sabab yana 3 bola vafot etgani ma’lum qilindi. Sudlanuvchilar ikki nafarga ko‘paydi.
Prezident farmoni bilan 1-maydan sud hujjatlari asosida ijro hujjatlarini elektron shaklda berish (yuborish, taqdim etish) tartibi joriy etiladi. Shuningdek, fuqarolardan qarzdorliklari uchun undiruv qaratilishi mumkin bo‘lmagan eng kam kafolatlangan daromad belgilanadi.
Isroil Oliy sudi uni parlament va bosh vazirning qarorlari “oqilonalik tamoyiliga” zid bo‘lsa, ularni bekor qilish huquqidan mahrum qiluvchi qonunni bekor qildi. O‘zgartirish Benyamin Netanyaxu hukumati tomonidan amalga oshirilgan va mamlakatda ommaviy noroziliklarga sabab bo‘lgan.
“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha 22-noyabrdagi sudda Faragentlikning sudlanayotgan sobiq rahbari Sardor Kariyevning advokatlari yana ayrim shaxslarga nisbatan ayblov e’lon qilinishini iltimos qilgandi. Ish bo‘yicha 2023-yildagi so‘nggi — 1-dekabrda bo‘lgan sudda bu iltimoslar qanoatlantirildi. “Gazeta.uz” reportaji.
Farg‘ona viloyat sudi Olimjon Haydarovga nisbatan chiqarilgan hukm ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirmadi. 1-dekabrda blogerni 8 yilga ozodlikdan mahrum qilish to‘g‘risidagi hukm o‘zgarishsiz qoldi.
“Doks-1 Maks” ishi bo‘yicha 20-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisida jinoyat ishi qo‘zg‘atilganidan so‘ng dori ekspertizasi jarayonlarida qatnashgan ikki ekspert ko‘rsatma berdi. “Gazeta.uz” jarayon tafsilotlarini bayon qiladi.
Fuqarolik protsessual kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra ishlarni viloyat sudlarida va ularga tenglashtirilgan sudlarda taftish tartibida (kassatsiya) ko‘rish bosqichi joriy etildi. Shuningdek, har bir sud instansiyasining zimmasiga ish bo‘yicha yakuniy qaror chiqarish majburiyati yuklatildi.
Yakkasaroy tumanida 2023-yil 19-iyulda 51 yoshli piyodani urib ketgan avtobus haydovchisiga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Unga ko‘ra, aybdor 2 yil muddatga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilgan holda 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Sud Toshkent viloyati Bo‘ka tumani IIB jinoyat qidiruv bo‘limining sobiq boshlig‘i, ikki nafar tergovchi va profilaktika inspektorini 6 yildan 8,5 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qildi. Xodimlar kasalxonada vafot etgan gumonlanuvchini qiynoqqa solishda aybdor deb topildi, biroq ular buni rad etdi.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari dastlab Baxtiyor Qudratullayev (“Baxti Tashkentskiy”)ni ma’muriy javobgarlik uchun hibsga olgan, bu haqda sud qarorida qayd etilgan. U 15 sutkaga hibsga olingan, shundan so‘ng poytaxt IIBB jinoiy ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
8 yilga qamalgan bloger Olimjon Haydarov birinchi instansiya sudining qarori ustidan apellyatsiya beradi, deb ma’lum qildi uning ukasi. U o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni butunlay rad etadi.
Jinoyat ishiga aloqador yangi shaxslar ayblanayotgani va boshqa asoslarga ko‘ra “Dok-1 Maks” ishini ko‘rish 1-dekabrdan 1 oylik muddatga to‘xtatildi.
“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha 17-noyabrdagi sudda jabrlanuvchilar tibbiyot xodimlarining noprofessionalligidan, kasalxonalarda kateter kabi buyumlar bo‘lmaganidan shikoyat qildi. “Shu narsa qanday qilib tanqis bo‘lishi mumkin?”, — dedi 1 yashar qizidan ayrilgan ota. Advokatlar esa ekspertlarni savollarga ko‘mdi.
“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha 15-noyabrda bo‘lgan sudda Farmagentlikning sudlanayotgan sobiq rahbari Sardor Kariyev o‘zining sobiq o‘rinbosariga: “Sen iflosni deb shu yerda o‘tiribman!”, dedi. Qizi vafot etgan jabrlanuvchilardan biri esa hech kimga da’vosi yo‘qligini va uni ortiq bezovta qilmasliklarini so‘radi.
“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha 13-noyabrda bo‘lgan sudda farzandidan ayrilgan to‘qqiz jabrlanuvchi ko‘rsatma berdi. Ulardan biri Farmagentlik sobiq rahbari Sardor Kariyev bilan munozaraga kirishdi. Sudda tibbiyot xodimlari va Sog‘liqni saqlash vazirligining mas’uliyatsizligiga e’tibor qaratish chaqiriqlari yangradi.
“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sud davom etmoqda. 10-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan majlisda farzandi dori iste’molidan so‘ng vafot etgan besh jabrlanuvchi ko‘rsatma berdi. Ularning ba’zilari bir necha mlrd so‘mlik moddiy kompensatsiya talab qildi, aksariyati ayblanuvchilarga nisbatan eng og‘ir jazo tayinlanishini so‘radi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting