Toshkent shahar sudida “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha 2023-yildagi so‘nggi sud majlislari 22-noyabr va 1-dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan edi. “Gazeta.uz” 10-noyabrdagi majlisdan boshlab jarayonni to‘liq yoritgani uchun so‘nggi ikki sud majlisi tafsilotlarini ham bayon qiladi.

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha 22-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisida sudlanuvchilardan biri, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining sobiq rahbari Sardor Kariyevning advokatlari tomonidan bir qator iltimosnomalar kiritildi. Ular orasida orasida avvalgi sud majlislarida so‘roq qilingan Kariyevning sobiq o‘rinbosari Egamov va guvoh Talipovga nisbatan jinoiy ish ochish masalasi ham bor edi.

Iltimosnoma kiritar ekan, advokat guvohnomani qalbakilashtirish maqsadida 1000 dollar pora olgani ta’kidlanayotgan guvoh Talipov holati umuman tekshirilmaganini bildirdi. “Hurmatli sud, hammamiz dori iste’mol qilamiz, Talipov [esa] hali ham ishlayapti. Shu dorilarni hali ham dorixonadan sotib olyapmiz. Bir kunmas bir kun bu narsaning oldini olish, chek qo‘yish kerak”, — dedi advokat o‘z so‘zida.

Shuningdek, ayblov xulosasi berishda ishtirok etgan bir qator ekspertlarning xolisligi so‘roq ostiga olinib, ularning xulosasi nomaqbul deb topilishi so‘raldi.

1-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan majlisda sud advokatlarning 22-noyabrdagi iltimosnomalarini qanoatlantirib, Ulug‘bek Egamov va Farrux Talipovga nisbatan ayblov e’lon qilinishini, ular tergovga jalb etilishini va sud bir oy muddatga to‘xtatilishini ma’lum qildi.

22-noyabrdagi sud majlisi

Sudya: Muhtaram majlis ishtirokchilari, oldingi sud majlislarida [sudlanuvchilarning] sog‘lig‘i bo‘yicha iltimosnomalar kiritilganligi uchun A.A. hamda N.M.larning sog‘liq holatlari bo‘yicha ekspertiza tayinlagandik. Ekspertiza xulosalari keldi. Biz berdik, tomonlar [qarab chiqishdi] va qo‘shimchalar kiritamiz.

Ekspertiza xulosasining xulosa qismi o‘qib eshittiriladi. A.A. bo‘yicha qo‘shimcha sud-tibbiy ekspertiza, ko‘riklar o‘tkazish davomida [ajratilgan] mutaxassislar maslahati olindi va quyidagicha to‘xtamga kelindi. A.A.da hozirgi vaqtda bosh miya kasalligi, osteoxondroz, disk churrasi kasalliklari aniqlangan.

A.A.da aniqlangan yuqoridagi kasalliklar uning hayotini bevosita xavfga solmaydi. A.A. hozirgi vaqtda muolajalarga muhtoj emas. Unga ambulator sharoitda kuzatuvda bo‘lish va belgilangan dorilarni o‘z vaqtida olish tavsiya etiladi. A.A.da aniqlangan kasalliklarning salbiy oqibatlari rivojlanmasligi uchun shifokor tavsiyasiga [amal qilishi], aytilgan dorilarni iste’mol qilib turishi, o‘zining sog‘lig‘iga rioya qilish lozimligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Shuningdek, A.A.da yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan kasalliklar bilan shifokorning ko‘rsatmasiga qat’iy amal qilgan holda sud majlisida ishtirok eta oladi va [kasalliklar] unga ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tashga monelik qilmaydi degan mazmunda komission ekspertiza xulosasi taqdim etilgan.

N.M. bo‘yicha ham komission ekspertiza o‘tkazilgan. Komission ekspertiza mutaxassislarining fikri olinib, quyidagi to‘xtamlarga kelinyapti. N.M.da surunkali virusli gepatit aniqlandi. N.M.da ushbu kasallik bilan statsionar davolanishga ko‘rsatma yo‘q. Unga shifokorlar tomonidan ambulator sharoitda davolanish, dorilar iste’mol qilish, jismoniy zo‘riqishga yo‘l qo‘ymaslik va kuzatuvda bo‘lish tavsiya qilingan.

Aniqlangan kasalliklar N.M.ning hayotini bevosita xavfga solmaydi. Doimiy muolajalarni o‘z vaqtida bajarmasa yoki belgilangan tavsiyalarga amal qilmasa, jigar sirrozi rivojlanishi bilan asoratlanishi mumkin. N.M. aniqlangan kasalliklarda shifokor gepatologning yuqoridagi tavsiyalariga qat’iy amal qilgan holda sud majlislarida qatnasha oladi hamda unga ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tashga monelik qilmaydi degan mazmunda komission ekspertiza xulosalari tavsiya etildi.

Muhtaram majlis ishtirokchilari, sud majlisini davom ettiramiz. Kimdadir iltimosnomalar bormi?

Advokat Rahmatov: Jinoyat-protsessual kodeksining 417-moddasiga asosan uchta iltimosnoma kiritmoqchiman. Birinchisi, sud majlisida so‘roq qilingan Ulug‘bek Egamovga nisbatan. JPKning 417-moddasiga ko‘ra, guvohning harakatlarida jinoyat mavjudligi bo‘yicha holatlar aniqlansa, sud bu bo‘yicha ajrim chiqarib, xabarnoma berish ko‘zda tutilgan.

Hurmatli sud, dastlabki tergovda Ulug‘bek Egamov va Azimovning ko‘rsatmalari mavjud. Sudda ham ko‘rdik, Egamov o‘zining ko‘rsatmalarida tekshirilishi, nazorat qilinishi uning vakolatiga kirmasligini ta’kidlasada, lekin aynan dastlabki tergov va sud majlisida unga murojaat bo‘lgani, ishlab chiqaruvchilar murojaat qilganligi uchun Tyelegram orqali yuborilganligi va hokazolarni [aniqladik].

Hurmatli sud, umuman olib qarasak, hozir ishda ayblov doirasida ko‘rilayotgan dorilar bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatmalar mavjud. Sud majlisida so‘roq qilingan sudlanuvchilar ko‘plari aynan Egamov ishga kelganda mana shu topshiriqlar, Telegram orqali yuborishlar, skrinshotlari va boshqa holatlar ko‘payganligi bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan.

Nimagadir dastlabki tergov Egamovga nisbatan hatto jinoyat ishi qismini bekor ham qilmaganda. Bu Jinoyat-protsessual qonunchiligining buzilishi deb hisoblaymiz. Shuning uchun Egamov bo‘yicha JPKning 417-moddasiga asosan mansab-mavqeyini suiiste’mol qilish bilan bog‘liq jinoyat sodir etilganglini ko‘rsatuvchi holatlar aniqlanganligi sababli bu bo‘yicha prokurorga xabar berishingizni so‘rayman.

Ikkinchi [iltimosnoma] Umid Temirovga nisbatan JPKning 84-moddasiga asosan dastlabki tergov qismini bekor qilish bo‘yicha. Ya’ni JPKning 209-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan jinoyat sodir etganda, uning birinchi marta jinoyat sodir etilishi arizasining mavjudligi, [pushaymonda] bo‘lishi bo‘yicha JPKning 84-moddasi bekor qilingan.

Lekin jinoyat ishi materiallari bilan tanishganimizda aynan bitta dori vositasi bo‘yicha emas, ikki-uch dori vositasi bo‘yicha [protokollar] chiqarilgani aniqlashtirilyapti. Ya’ni bu yerda birinchi qismi emas, takroriy, JKning 209-moddasiga asosan ikkinchi qismida ko‘rsatilgan holatlar mavjud.

Bundan tashqari, Temirov sud majlisiga kelib, dastlabki tergovda bergan ko‘rsatmalarini butkul o‘zgartirdi. Ya’ni boshidagi ko‘rsatmalarida bayonnoma — “Kuraraks”ga chiqarilgan guvohnomani ko‘rgandan keyin o‘zgartirdim degan gaplarini sud majlisida boshqacha talqin qilgan. Bizning fikrimizcha, Bu bo‘yicha umuman boshqa holat bo‘lib ketyapti. Bu tekshirilishi lozim.

Bundan tashqari biz hozir “Amigen” dori vositasini muhokama qilolmaymiz. Bu bo‘yicha qisman ajratilgan. Agar sud mazkur holatni ham tekshirilish lozim deb topsa, ikkichi “delo” bo‘yicha shu narsa bizga qo‘l keladi. “Amigen” bilan “Kuraraks”ga guvohnoma nima sababdan aynan bir kunda chiqarilyapti? “Amigen” bo‘yicha bayonnoma aynan bu nima holat bo‘yicha chiqarilyapti? “Amigen” bo‘yicha bayonnoma o‘zgartirilganmi, yo‘qmi? Bizda bayonnoma mavjud emas. Chunki bu boshqa jinoyat ishi. Shuning uchun aynan bila turib yolg‘on ko‘rsatma berganligi, hujjatlarni takroran qalbakilashtirganligi sabab Temirovning harakatlariga baho berish va yuqorida ko‘rsatilgan holatlarni tekshirish uchun materiallarni prokurorga yuborishingizni so‘rayman.

Uchinchi iltimosnoma, guvoh Farrux Talipov bo‘yicha. Hurmatli sud, bu yerda ham qiziq narsa bor: dastlabki tergovning bu shaxs bo‘yicha qismi ham muhokama qilinma[yapti]. Ya’ni dastlabki tergovda [Quramax Medical MCHJ direktori] S.R.P to‘g‘ridan-to‘g‘ri “Boshqa davlatda ro‘yxatdan o‘tkazilgan guvohnomani qalbakilashtirish maqsadida ming dollar berganman”, deb ko‘rsatma bergan. Bu masala ham umuman tekshirilmagan.

Ish holatidan kelib chiqib, sud majlisida Talipovga S.R.P.ni taniysanmi deb savol berganimizda “yo‘q” degan. Bu “delo”da mavjud. Telefon tabulyatsiyasini olganimizda ular o‘rtasida 25 martacha telefonlashuv bo‘lgani [aniqlandi]. Lekin ular uchrashganmi, yo‘qmi, biz ko‘rolmaymiz. Buni manzil bo‘yicha [ko‘rish] kerak.

Bundan tashqari, mana shu registratsion “udostoverenie” Tojikistonda o‘tgan. O‘tgan safar savol-javobda buni aytganman. Menga tekshirilmagan narsani aytmasligini aytib e’tiroz bildirgan. Biz tekshirdik, “Tarireks 200”, “Tarireks 400”ga “Marion Biotech” tomonidan Tojikistonda ishlab chiqarilgan 11544/2814 registratsion “udostovereniye” aynan boshqa dori vositalariga, Ukrainaning bir dori vositasi (bir dorining nomini aytadi — tahr.) [berilgan]. Mana, Ukrainaning O‘zbekistondagi vakolatli organlaridan so‘rov bilan registratsion “udostovereniye”lar olganmiz. Aynan mazkur seriyadagi guvohnoma (yana bir nechta dorilarning nomini sanaydi — tahr.) dori vositalariga berilgan.

Bu bo‘yicha ham, Talipov [tomonidan] aynan Tojikistonda berilgan registratsion “udostovereniye”ning qalbakilashtirilganligi, pul olinganligi holatlarini tasdiqlovchi hujjat bor. Hurmatli sud, shuning uchun JPKning 417-moddasiga asosan guvoh Farrux Talipovning harakatlariga huquqiy baho berish[ingizni so‘raymiz].

Hurmatli sud, hammamiz dori iste’mol qilamiz, Talipov [esa] hali ham ishlayapti. Shu dorilarni hali ham dorixonadan sotib olyapmiz. Bir kun emas, bir kun bu narsaning oldini olish, chek qo‘yish kerakda. Shuning uchun mana shu maqsadda uchta iltimosnoma kirityapman. Uchta guvohga nisbatan JPKning 417-moddasiga asosan ish qo‘zg‘atishingizni so‘rayman.

Sudya: Muhtaram majlis ishtirokchilari, oldin ham shu mazmunda do‘xtirlarga va boshqa shaxslarga JPKning 417-moddasi tartibida jinoyat ishi qo‘zg‘atishni hal qilish masalasi [ko‘rilgan] edi. Bu mazmundagi jinoyat ishlari bizda ko‘rilayotgan jinoyat ishining mazmuniga ta’sir qilmasaligini inobatga olib, bu masala maslahatda hal qilinishini aytgandik.

Advokatning hozirgi iltimosnomasi bevosita biz ko‘rayotgan jinoyat ishidagi ayblovga ta’sir qiladigan mazmunda. Agar ular ayblansa, bizga ayblov kengashi kerak. Yoki ular sodir qilgan ayblov [hozirgi sudlanuvchilarda] bo‘lsa, ulardagi ayblov boshqaga olib qo‘yilishi kerk bo‘ladi. Advokatimiz, [JPKning] 417-moddasi bo‘yicha so‘raysizlarmi yoki 416, 417-[moddalari bo‘yicha] so‘raysizlarmi? Chunki ayblovga qo‘yiladigan bo‘lsa, 416-modda [ham bor], bu jinoyat ishiga ayblanuvchilarni jalb qilish masalasi ko‘rilsa, bir shaxsning ayblovi boshqa shaxsga o‘tib, bevosita jinoyat ishi bilan bog‘liq ayblovga ta’sir qiladi.

Advokat: Hurmatli sud, 416-modda himoya qiluvchi va boshqa sudlanuvchilarning ayblov kengaytirish maqsadida [keltirilgan].

Sudya: Bunda 2−3 ta masala bor. 416-moddada ayblov doirasi kengayadi. Masalan, hozir ayblovda 23 kishi bo‘ladigan bo‘lsa, shularning o‘zida “men sen uchun o‘tiribman” degan masalalar bor. Unga qo‘yilgan ayblovni boshqa birov sodir qilgan bo‘lsa, u ayblov o‘shanga qo‘yilib, u jinoyat ishiga kirib kelishi kerak. Ya’ni ayblov hajmi kengayadi, ayblov mohiyati o‘zgarishi kerak bo‘lib qoladi. Shuning uchun iltimosnomaning mazmuni 417-modda bo‘yichami yoki 416-moddani ham qo‘shasizlarmi?

Advokat: Buni sudga havola qilamiz. 416-modda ham bo‘lishi kerak edi. Lekin birinchidan, sud muddati ham tugayapti. Ko‘p hujjatlar dastlabki tergovning qo‘lida bo‘lgani uchun bizda Egamovning aybini tasdiqlovchi hech narsa yo‘q. Faqat ko‘rsatmalar bor.

Sudya: Tushunarli. Temur aka, mana bitta narsa bor, sudlanuvchilarning 6 tasi [Egamov]ga qarshi ko‘rsatma berdi deyildi. “O‘zi Davlat markazida (Dori vositalari, tibbiy buyumlar tibbiy-texnik ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi nazarda tutilyapti — tahr.) ishlab, bizga xizmat tekshiruvlari o‘tkazib, ta’sir qildi, shu kelgandan keyin bizda inspeksion tekshiruvlar boshlandi”, deyildi. Ayblov fabulaga ta’sir qiladi.

Advokat: 416-modda bo‘yicha ham so‘raymiz.

Sudya: Marhamat, muhtaram prokuror, iltimosnoma bo‘yicha fikringiz.

Prokuror: Iltimosnomani rad qilishingizni so‘rayman.

Sudya: Marhamat, advokatlar.

Advokatlardan biri: Qanoatlantirishingizni so‘rayman. Shu bilan birga hozir aytilganidek bo‘lmaydi. Bevosita Kariyevning aybi [qaysidir shaxs]ga olib qo‘yiladi deb aytib bo‘lmaydi. Lekin 416-modda ishni asossiz cho‘zilishiga olib keladi. Shuning uchun shaxsiy fikrim, [buni] maslahatxonada hal qilish kerak. Chunki bevosita bularning ishiga ta’sir qilmaydi, bularning ishini to‘xtatib qo‘yib yoki boshqa qilmaydi.

Advokat Xudoyberganov: Hurmatli raislik qiluvchi, muhtaram prokuror, hozir alohida ish yurituviga ajratilgan jinoyat ishi to‘g‘risida ham gap bo‘ldi. Shunga e’tibor qilsak, bu yerda Egamovning [q]ismi ko‘rsatilmagan. Bundan tashqari u jinoyat ishining qismini tugatish to‘g‘risidagi qarorlarda ham yo‘q.

Qolaversa, bizning holatimizga ta’sir qiladigan, aynan haqiqatga yetib borishimizga xalaqit qiladigan “Amigen” dori vositasi bo‘yicha hech qanday aniqlash o‘tkazolmayotganimiz sababli [tergovimiz chala qolyapti] deb o‘ylayapmiz. Lekin ana shu ajratish qarorida “Amigen”, ya’ni “Pectro” firmasi bo‘yicha ham hech qanaqa ma’lumotlar ko‘rsatilmagan. Shuning uchun bu masalani hozir hamkasbim kiritgan iltimosnoma doirasida maslahatxonada ko‘rib chiqib, qanoatlantirishingizni so‘raymiz.

Advokat Davron Ahmadov: Hurmatli raislik etuvchi, iltimosnomani qanoatlantirishni rad qilishingizni so‘rayman. Sababi bu ish to‘rt oydagi sud tergovi davomida ko‘rildi, baho berildi. [Iltimosnomadagi holatlar] yana [sudning] cho‘zilishiga olib keladi. Bundan tashqari bular mening himoyam ostidagi (Quramax Medical MCHJ sobiq direktori — tahr.) S.R.P.ga ta’sir qiladigan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni so‘rayapti. Bu holatga tergovda baho berilgan. Aynan Farrux Talipov masalasi ayblovda ham yo‘q. Lekin tergovda baho berilgan. Bular S.R.P.ning ko‘rsatuvini oxirigacha tinglamasdan, S.R.P aynan Farrux Talipov bo‘yicha ko‘rsatuv kiritmasdan turib bu holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atishni so‘rayapti. Rad qilishingizni so‘rayman.

Buning uchun avval S.R.P.ning Farrux Talipov bo‘yicha ko‘rsatuvlarini olib, undan keyin bu masalani hal qilish kerak. Bu holat hozir iltimosnoma kiritgan advokatlarning himoya ostidagi shaxsning ahvolini yengillashtirish yoki og‘irlashtirishga ta’sir qilmaydi. [O‘sha sudlanuvchining] ayblovi bilan bog‘liq bo‘lmagan, mening himoyam ostidagi shaxs S.R.P.ga nisbatan ayblov keltirib chiqaradigan iltimosnoma kiritilayotgani uchun rad qilishingizni so‘rayman. Bunga tergov yetarlicha baho bergan. Va ushbu qismga baho berib, “delo”ning tegishli qismini sudga chiqargan. Shuning uchun bu iltimosnomani rad qilishingizni so‘rayman.

Bundan tashqari, “delo” to‘rt oylik sud tergovidan keyin yana qaytib tergovga borishi kerak. Sud protsessi boshlanganda, dastlabki sud tergovi boshlangan vaqtda ayblov xulosasi taraflar, sudlanuvchilar, advokatlarga berilgan, ayblov xulosasi bilan tanishib chiqib, iltimosnoma qilish uchun yetarlicha vaqt bo‘lgan. To‘rt oy o‘tgandan keyin emas, [oldinroq qilish kerak edi].

Qolaversa, prokuror ham alohida ajratilgan jinoyat ishi mavjud deb. Agarda ularning qismi o‘sha doirasida ko‘riladigan bo‘lsa, marhamat, ko‘rishingiz mumkin, e’tirozimiz yo‘q. [Lekin biz ko‘rayotgan ish doirasida] ushbu iltimosnomalarning barchasini qanoatlantirishni rad etishingizni so‘rayman.

Advokat Madaminov: Iltimosnomaga nisbatan munosabatimni aytib o‘tsam. Birinchisi, Ulug‘bek Egamov masalasi. E’lon qilingan ayblov doirasida. Uning Davlat markazini tekshirgani mansabni suiiste’mol qilganini bildiradi. Shuning uchun bu masalani maslahatxonada hal qilsangiz bo‘ladi.

Davlat markazi mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyekt, kamiga tadbirkorlik subyekti. Uning faoliyatiga aralashish esa qonunda belgilangan tartibdagina bo‘lishi mumkin edi xolos. Bunday bo‘lganini tasdiqlovchi yoki inkor qiluvchi holatlar yo‘q. Bu alohida material sifatida o‘tadi. Bu jinoyat ishining predmetida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rinmaydi. Shuning uchun Ulug‘bek Egamovga nisbatan 416-moddani rad qilishingizni so‘rayman.

Shuningdek, ekspertlar kengashining kotibi bo‘lgan Temirovga nisbatan 209-modda masalasi ko‘tarilyapti. Buni qanoatlantirish maqsadga muvofiq deb hisoblayman. Chunki Temirovning o‘zi Kariyevdan o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida ruxsat berishini so‘raganini aytyapti. Agar hozirgi ayblov nuqtai nazaridan yondashsak, bu holatda Kariyev Temirovga jinoiy topshiriq bergan bo‘lib qolyapti. Bu esa o‘z navbatida ayblovning kengayishiga olib keladi.

“Bir guruh shaxslar tomonidan til biriktirgan” degan belgining borligi hali ayblovning faqatgina Jinoyat kodeksidagi belgilari. Ayblovning mazmunida kim bilan til biriktirilganligini, ya’ni doirasi aniq ko‘rsatilishi kerak. Bu yerda Temirovning familiyasi o‘tmayapti. Shuning uchun Temirovga nisbatan 417-modda, ayni paytda Kariyevning o‘ziga nisbatan 416-moddaga olib kelyapti. Shu nuqtai nazardan masalani hal qilib, qanoatlantirishingizni so‘rayman.

Shuningdek, Kariyevga nisbatan poraxo‘rlik bo‘yicha uchinchi iltimosnoma kiritildi. Go‘yoki kimlar bilandir telefonlashgan, pul olgan, olmagan mazmunida. Bitta narsa nuqtai nazaridan yondashilyapti. O‘zbekistonda qonun ustuvorligi tan olingan. Konstitutsiyamiz bo‘yicha quruq ko‘rsatuvdan tashqari boshqa dalil [ham] kerak. Dalil mavjud bo‘lmaydigan bo‘lsa, mayli, shaxslar jinoyat sodir etgan bo‘lsin, uni ozim darajadagi dalil bilan isbotlab berolmasak, isbotlangan ayb — isbotlanmagan aybsizlikka teng. Hozir hamkasbim telefonlashgan va hokazo ro‘yxatlarini ko‘rsatdi, lekin bu pul oldi-berdi bo‘lganligini tasdiqlamaydi.

Sudya: Uchinchi iltimosnomada qalbaki “Kuraraks”mi, “Tarireks”mi o‘shanga berilgan guvohnoma ham bor.

Advokat: Men poraxo‘rlik deb yozib qo‘yibman-da. Qalbakiligi bo‘ladigan bo‘lsa, unda bu ham Kariyevning ayblovi. Unda 417 va 416-moddalar bo‘lib qolyapti. Uni hal qilish to‘g‘ridan-to‘g‘ri majburiyati. Qalbaki hujjat bo‘lsa, uchinchisini ham qanoatlantirishingizni so‘rayman. Menda faqat Egamov bo‘yicha bo‘lgan birinchi iltimosnoma so‘roq ostida.

Sudya: Tushunarli, bitta narsa. Ayblov kengayishi muhokama qilinmayapti. Aloqasi borligi tekshiriladi. Fabula kengayishi mumkin degan masala. Marhamat, davom etamiz.

Advokat Sharipov: Guvoh bo‘lib o‘tgan Talipov va [sudlanuvchi] S.R.P o‘rtasida bo‘lib o‘tgan masalasi bo‘yicha kiritilgan iltimosnomani rad qilishingizni so‘rayman. Egamov va Temirovlar masalasini sudga havola qilaman.

Yana bir advokat: Sudga havola

Advokat Rajabov: Hurmatli raislik etuvchi, Egamov masalasida o‘zimning fikrimni bildirib o‘tganman. Haqiqatdan jinoyat ishi qo‘zg‘atish kerak. Egamov masalasida iltimosnomani qanoatlantirishingizni so‘rayman. Qolganlari sudga havola.

Advokat Hotamov: Faqat 417 bo‘yicha qo‘llayman, 416 yo‘q.

Yana bir nafar advokat iltimosnomani qo‘llab-quvvatlashini bildirsa, 15 nafar advokat sudga havola qilishini bildirdi.

Sudlanuvchi S.R.P: Advokatimga qo‘shilaman.

Sudlanuvchi Sardor Kariyev: Qanoatlantirishingizni so‘rayman

Sudlanuvchi N.Sh.: Agar shular sabab sud protsessi vaqti cho‘ziladigan bo‘lsa, e’tirozim bor. Chunki shu narsa bilan yetarlicha bir yilimiz o‘tib ketdi-da. Rad qilishingizni so‘rayman.

18 nafar sudlanuvchi sudga havola qilishini bildirdi.

Sudya: Iltimosnoma 416−417-moddalar tartibida bo‘lganligi sababli sud qaror qabul qilish uchun maslahatga kiradi. (Sud 5 daqiqa maslahatga kiradi).

Sudya: Muhtaram majlis ishtirokchilari, biz [iltimosnomalarni] maslahatda muhokama qildik. “Kuraraks” dori vositasining ro‘yxatdan o‘tkazilishi bo‘yicha hujjatlar qalbakiligi mazmunida ma’lumot berildi. Biz iltimosnomani muhokama qilishdan oldin bu holatlarga aniqlik kiritib olishimiz kerak degan to‘xtamga keldik. Tegishli joylarga so‘rovlar yuboramiz, javoblar olib, keyingi sudda iltimosnoma bo‘yicha ajrimni aytamiz.

Advokatlardan biri: Hurmatli sud, o‘tgan sud protsesslarida Farmakologiya qo‘mitasidagi jurnalning “registratsiya” yo‘riqnomalarini qayd qiluvchi jurnal bo‘yicha iltimosnoma kiritildi. Shu bo‘yicha savolim bor edi. Asosiy savolga o‘tishdan oldin N.M.dan bir narsa so‘rasam, maylimi? N.M., esingizda bo‘lsa, oldingi protsesslarimizda Umid Temirovni so‘roq qilganimizda ko‘p savollar berildi. Lekin siz savol berayotganda “Kengashda ikkita dori vositasi ko‘rildi, „Aloe“, „Aloe“”, deb gapirdingiz-da. Temirov esa “Ha, tasdiqlayman”, deyishi bilan hamkasblari boshqa savol berib, boshqa “delo”ga o‘tib ketdik-da. Siz o‘shanda nimani eslatmoqchi, qaysi holatni ko‘tarmoqchi edingiz? “Aloe” bilan bog‘liq holatni gapirsangiz.

Sudlanuvchi N.M.ning advokati: Hurmatli sud, mening e’tirozim bor. Chunki jinoyat ishi ayblovi doirasida bo‘lmagan dori bo‘yicha ko‘rsatma berishga majburiyatimiz yo‘q. Shu huquqdan foydalangan holda e’tiroz bildiraman.

Sudya: Sudlanuvchi o‘zining huquqidan foydalanib, o‘zi javob bermasligi mumkin.

N.M.ning advokati: Ayblov doirasida bo‘lganligi uchun sizdan e’tiroz bildirishni so‘rayapman.

Sudya: Tushunarli, savolni olib tashlashni so‘rayapsiz-da. Sud e’tirozingizni qabul qilmadi. Chunki jinoyat haqida sud tergovi davomida xabar berish shart. Oldingi sudda sudlanuvchining o‘zi inspeksion tekshiruvdan olib tashlangan dorilar orasida “Aloe” bor deb ko‘rsatma berib o‘tgan. Agar sudlanuvchi xohlasa, savolga javob bermasin. Marhamat, [sudlanuvchi], o‘zingizning ixtiyoringizga havola.

Sudlanuvchi N.M.: Savolga javob bermasam, maylimi?

Sudya: Huquqingiz bor. Huquqingizdan foydalanasiz.

Advokat: Bo‘lmasa, o‘sha jurnalga o‘tamiz. Jurnal bo‘yicha e’tiboringizni qaratmoqchi bo‘lgan bitta holat bor. Qonun bo‘yicha sudlanuvchilarning javob berishdan bosh tortish tartibi bor, lekin biz Temirovdan tashqari asosiy guvohlar qatorida Zarur amaliyotlar markazi rahbari Do‘stmatovni ham so‘roq qilganimizda sudning e’tiborini qaratadigan bir holat chiqdi. Tergov bu jurnalni boshdan-oyoq ko‘zdan kechiryapti-da, lekin iyun oyidan keyingi va 2023-yil aprelgacha bo‘lgan holatlar “delo”ga tikilmagan.

Jurnalning o‘zi ham sudga kelib tushmagan. Jurnalni olib keltirishni so‘radik, sud [berdi], har varag‘ini o‘rgandik. Shu jurnalning dekabrdagi yozuvlariga e’tibor qaratgan bo‘lsak, aynan 19-dekabrda “Aloe” ekstrakti “jidkiy” degan dorining tayyor instruksiyasini Do‘stmatov F.A. ismli shaxs olib ketyapti. Sudlanuvchi N.M.dan so‘ramoqchi edim, Do‘stmatov F.A ishmli shaxs biz sudda so‘roq qilgan Do‘stmatov Aziz Fayzamatovich emasmi yoki uning qarindoshi emasmi?

Sudlanuvchi N.M.: Menimcha, o‘g‘illari.

Advokat: Hurmatli raislik etuvchi, advokatlik surishtiruvi o‘tkazganimizda haqiqatdan Do‘stmatov F.A. — Do‘stmatov Aziz Fayzamatovichning o‘g‘li Do‘stmatov Farrux Azizovich ekanligi aniqlandi. Qisqagina izoh berib ketaman. Bildirgi bo‘yicha Do‘stmatovning otasi bildirgi bilan chiqyapti.

Misol uchun, 21 ta korxona inspeksiyaga tushirilishi kerak. “Guvohnomalarni ham, boshqa-boshqa holatlarni ham inspeksiyaga tushmagani uchun to‘xtatib turishingizni so‘rayman”, [deyilyapti]. Lekin oradan ikki oy o‘tmasdan turib, o‘g‘li “Aloe” bo‘yicha tayyor instruksiyani olib ketyapti.

Do‘stmatov ko‘rsatmada ko‘pchilik savollarimizga mujmal javob bergani va ko‘rsatuvlarga xolisona yondashishni so‘rash uchun shu masalani ko‘tardik. Muzokaradagi yig‘ilishda Saidov nima degan, Azimov nima degani, nimalar muhokama qilinganining audiosi bor, muzokara[da] qo‘yib beramiz.

“Aloe” inspeksiya va ekspertga tushganda shu masala ko‘tarilyaptiyu, ikki oydan keyin qandaydir yo‘l bilan guvohnoma ham, instruksiya ham berilyapti. Bu 30-noyabr kuni muhokama qilingan. Do‘stmatovning o‘g‘li tayyor instruksiyani olib ketgani bo‘yicha xolisona baho berishingizni [so‘rayman].

Sudya: Kimnidir chaqirish masalasini ko‘tarish (Advokat sudyani bo‘ladi — tahr.).

Advokat: Yo‘q-yo‘q. [Bu holatni] inobatga olishingiz[ni so‘rayman]. Audiosi ham bor.

Sudya: Boshqa iltimosnomalar yo‘qmi?

Advokatlardan biri: Hurmatli sud hay’ati, Sog‘liqni saqlash vazirligiga taalluqli ekspertiza bo‘yicha [hamma ekspertlarni] chaqirib olish imkoniyati yo‘qligi uchun biz tanlov o‘tkazdik-da, shu bo‘yicha iltimosnomamiz bor edi. Jinoyat ishining 90-jild 189 — 223-varaqlarida Hindistonning “Marion Biotech” korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan dori vositalarini O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Dori vositalari va tibbiy buyumlar, tibbiy-texnika ekspertizasi va standartlashtirish markaziga topshirilgan doselarning ekspertizasi mavjud. Buni o‘tgan safar guvohlar so‘rovidan o‘tkazishga harakat qildik.

Mazkur ekspertizadan xulosalar sudlanuvchilarga, shu jumladan, mening himoyam ostidagi Kariyevga e’lon qilingan ayblov uchun asos qilib olingandi. Jinoyat ishining sud tergov natijalari hamda ish hujjatlarini o‘rganish ushbu ekspertiza xulosalarida izohlangan fikrlar haqiqiy holatga mos emasligini ko‘rsatmoqda. Avvalambor mazkur hujjat ekspertiza deb nomlanishiga e’tirozimiz bor. Ekspertlar guruhi a’zosi bo‘lgan ikkita guruhni so‘roq qilganimizda ular ushbu hujjatni DXX tergov boshqarmasi binosida shakllantirishganini va uni ekspertiza deb nomlash aynan tergov organi vakillaring tashabbusi bilan bo‘lganligini bildirishdi.

Ekspertiza nomli hujjatning matni va sudda so‘roq qilingan guvohlarning ko‘rsatmalaridan JPKning 184-moddasida ko‘rsatilgan ekspert yoki ekspertlar komissiyasini xulosasiga qo‘yiladigan talablarga umuman rioya qilinmagani aniqlanadi. Jumladan, ekspertiza o‘tkazilgan sana va joy ko‘rsatilmagan, ekspertizadan o‘tkazish asosi keltirilmagan va qaror yoki buyruq ham chiqarilmagan, ekspertizani tayyorlagan organ to‘g‘risida ma’lumotlar berilmagan, ekspert ma’lumoti, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni va ekspertizani o‘tkazish topshirilgan ma’lumotlar ham yo‘q.

Ekspertning bila turib noto‘g‘ri xulosa berganligi, surishtiruv yoki dastlabki tergov ma’lumotlarini surishtiruvchi tergovchi yoxud prokurorning ruxsatisiz oshkor qilganligi, shuningdek, xulosa berishni rad etganligi yoki bu ishdan bo‘yin tovlaganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 238 va 240-moddalari bilan jinoiy javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirish qilinmagan.

Ekspertning oldiga qo‘yilgan savollar ham sanab o‘tilmaganligi ekspertlarning so‘rovidan ham ma’lum bo‘ldi. Ekspertizaga taqdim qilingan tekshirish obyektlarining manbasi noaniq, ish materiallarining tarkibi to‘liqligi, xolisligi aniqlashtirilmagan.

Shuningdek, JPKning 18[2]-moddasida “Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud ekspertiza tayinlash to‘g‘risida o‘zi chiqargan qaror yoki ajrimni tekshirish obyektlarini zarur hollarda esa jinoyat ishini ham davlat sud ekspertiza muassasaning yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilotning rahbariga yuboradi. Agar qaror yoki ajrimda ekspert ko‘rsatilmagan bo‘lsa, tashkilotning rahbari mazkur tashkilot xodimlaridan qaysi biri[ni] ekspertizaga o‘tkazish to‘g‘risida farmoyish berishi kerak. Bu haqda ekspertiza tayyorlagan organga xabar beradi”, deb ko‘rsatilgan.

Ekspertiza nomli ushbu hujjatdan va ko‘rgazmalardan ko‘rinishicha SSV rahbariyati tomonidan aynan shu shaxslarni mazkur ekspertizadan o‘tkazishga vakolatni belgilovchi farmoyish yoki buyrug‘i ham mavjud emas. Bundan tashqari mazkur ekspertiza xulosasidagi to‘xtamlar bir yoqlama, asossiz, ko‘p hollarda mavjud faktik ma’lumotlarni ko‘rsatmasdan chet tillaridan noto‘g‘ri tarjima qilish va haqiqiy holatlarni e’tiborsiz qoldirish yo‘li bilan noxolis, ayrim hollarda esa umuman mantiqsiz holda tuzilganligini kuzatish mumkin.

Mazkur ekspertizaga doir fikrlarimizni jadval tarzida keltirib, ekspertlarning har bir to‘xtami yuzasidan asoslantirilgan fikrimizni aks ettirishga harakat qildik. Hozir ushbu jadval bo‘yicha tushuntirish beraman. Ya’ni aynan ekspertizaning savollarini bir tomonga qo‘yib, ikkinchi tomonda o‘zimizning fikrimizni bayon qilganmiz. Buni jinoyat ishiga qo‘shish uchun taqdim qilaman.

Masalan, ekspertizada “Kuraraks” dori vositasiga bildirilgan vajlar bo‘yicha aynan korxonaning logotip va blanklari korxonaning ixtiyori bilan o‘zgarib turishi mumkin va ularni tekshirish Davlat markazining vakolatiga kiritilmagan holat. Endi buni qonun buzilishi deb ko‘rsatib bo‘rttirish noo‘rin deb hisoblaymiz.

Undan tashqari mana shu muddatlar davomida butun sud tergovi davomida bir to‘xtamga keldik deb o‘ylayman. Ya’ni 2018-yil 25-oktabr sanasi bilan “Tarareks” dorisini va amal qilish muddati 2021-yil 24-oktabrgacha bo‘lgan CPP hujjatida korxona ishlab chiqarishiga tegishli litsenziyasining amal qilish muddati 2020-yil 6-yanvar deb ko‘rsatilganligi va ushbu hujjat 2018-yilda rasmiylashtirilganda litsenziyalarning amal qilish muddati shunday bo‘lganligi uchun ham shunaqa deb ko‘rsatilganligini bu joyda tushunish qiyin emas edi.

Markazga ariza va hujjatlar 202[0] yilning 30-avgustida topshirilganligini inobatga oladigan bo‘lsak, ushbu hujjatlar o‘sha vaqtda, topshirilish vaqtida amalda bo‘lgan. Shu bilan birga korxona taqdim qilgan hujjatlar nusxalari orasida bo‘lgan 2020-yil 17-yanvaridagi sertifikatning tasdiqlangan nusxasi ham mavjud. Bu hujjat hamma dori vositalariga ilova qilinganini kuzatish mumkin.

Bu yerda litsenziyaning amal qilish muddati aynan 2021-yil 6-yanvar ekanligi ko‘rsatilgan. E’tiboringlarni qaratmoqchimanki, ustiga-ustak tekshiruvchilarning o‘zi shu xulosasida muddatlar to‘g‘risida e’tiroz bildirib, keyingi qatorlarda yangilangan CPP elektron nusxasi mavjudligi haqida ta’kidlab o‘tishgan. Lekin nima uchundir yangilangan CPP hujjatida litsenziyaning amal qilish muddati 2025-yilgacha ekanligini to‘xtalishmagan.

Xuddi shunday arizada ro‘yxatdan o‘tkazilgan guvohnomaning egasi qayd etilmagan taqdirda guvohnomani ishlab chiqaruvchi nomiga rasmiylashtirish amaliyoti joriy etilgan ekan. Arizaning ushbu qismi to‘ldirilmaganligi tomonlarning e’tiroziga olib kelmagan va ro‘yxatdan o‘tkazishda guvohnomaning egasi aynan “Marion Biotech” deb qayd qilingan holatni ham kamchilik deb ko‘rsatishi, inkor qilishi kerak edi. Lekin bu ham e’tiborga olinmagan.

O‘tgan safar guvoh, ya’ni ekspertiza o‘tkazgan shaxsdan qanday qoidabuzarlik ko‘rsatganini so‘raganimizda “Hech qanaqa qoidabuzarlik ko‘rsatmadik”, degan fikrni berib, faqatgina faktni qayd qilib o‘tdi. Ekspertlar aynan buni qoidabuzarlik deb ko‘tsatishmoqchi bo‘lgan deb muhokama qilsak ham xorijiy davlatlarda ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomalari taqdim qilinmagan taqdirda ham keyinchalik bu qo‘mitalarda klinik tekshiruvlar o‘tkazish-o‘tkazmaslik masalasini o‘ylab ko‘rish uchun asos bo‘lishi kerak edi. Lekin “213” bo‘yicha buni vaj qilib ro‘yxatga olish bo‘limida qaytarishga vakolat yo‘q. Qolaversa, hujjatlarni qabul qilishda davom etishi kerak edi.

Xuddi shunday keyingi holatlarda ham aynan CPP hujjatini muhokama qilgan holatda “Bu hujjatning elektron nusxasi berilib, original nusxalari berilmagan”, degan e’tiroz bildirilgan. Bundan tashqari xulosani shu hujjatlarda uch yillik muddat ko‘rsatilgan, lekin ilgari bu muddat ikki yil bo‘lgan deb, qoidabuzarlik qayd qilgandek berishgan. Ariza taqdim qilingan paytda CPP hujjatining yaroqlilik muddati tugamagan holatda, notarial tasdiqlangan holda taqdim qilingan. Aynan 30-avgustda bergan vaqtida.

CPPning muddati tugagandan keyin uning yangi nusxasini yangilangan notarial tasdiqlangan holda taqdim etilishi Vazirlar Mahkamasining 213-sonli qaror bilan tasdiqlangan nizomida qayd qilinmagan. 2016 — 2017-yillarda CPPning amal qilish muddati ikki yilga belgilanib, keyin uch yil qilib qo‘yilganligi qo‘shimcha aniqlashtirilmagan deb ko‘rsatilgan holat bo‘yicha bizning e’tirozimiz bor: 2016−2017-yillarda CPPning amal qilish muddati ikki yilga belgilanganligi haqidagi axborotni ekspertlar qayerdan oldi ekan?

Chunki sudda so‘roq qilingan ekspertlar DXX xodimlari ularga o‘rganib xulosa berish uchun faqat 2022-yilda guvohnoma olgan 12 ta dori vositasining doselarini taqdim qilishganini aytib ko‘rsatma berishdi. Doselardagi CPPlarda kuzatilishicha esa ularning amal qilish muddati uch yil qilib belgilangan. Agar sababi ham o‘rganib ko‘rilsa, CPPlarning amal qilish muddati GMP sertifikatining amal qilish muddatiga muvofiqlashtirilganligini ko‘rish mumkin. Qolaversa, CPP muddatlariga nisbatan 213-qaror bilan tasdiqlangan nizomda bir talab qo‘yilmagan va arizachilardan ham qo‘shimcha izoh talab qilish noo‘rin deb hisoblanishi kerak edi.

Keyingisi — “Kuraraks” dori vositasining savdo nomini “Tarireks”dan “Kuraraks”ga o‘zgartirish bo‘yicha yangi shaklda ariza berish kerak, shu yo‘q edi degan va “registratsiya” qilish kerak edi degan tarzda bildirilgan e’tiroz. Vaholanki, 213-qaror bilan tasdiqlangan nizomda belgilangan shaklda ariza taqdim etilish talabi aynan ro‘yxatdan o‘tkazishda guvohnoma olish uchun hujjatlar topshirolishi jarayonida berilishi belgilangan.

213-qarorning 29-bandida esa guvohnomaning amal qilish davriga o‘zgartirishlar kiritish uchun ariza bilan murojaat qilinishi qayd etilgan-u, shunda ham ariza qanday shaklda bo‘lishi belgilanmagan, xat ko‘rinishida mumkin emas degan [qism] qayd qilinmagan.

“Marion Biotech” korxonasidan markazga berilgan xatda dori vositasining nomini o‘zgartirish uchun asos bo‘ladigan hujjatlar ilova qilinayotganligi haqida yozilgan. Demakki, tegishli barcha ilovalar taqdim qilingan. Chunki quyiroqda, shu nom o‘zgartirilayotganda tegishli yangi nomadagi ND, qadoqlash maketlari taqim qilinmagan degan e’tiroz bildirilgan. Vaholanki, aynan shu xat bo‘yicha barcha kerakli hujjatlar ilova qilinyapti degan holatdan, ro‘yxatdan o‘tganligidan, ND va qadoqlash maketlaring hammasi taqdim qilingan bo‘lishi kerak deb xulosa qilish kerak.

Shuningdek, yana o‘sha yuqoridagi holat, ya’ni aynan ariza topshirilayotgan payt, 30-avgustda hali GMP sertifikatining amal qilish muddati o‘tmagan bo‘lgan. Tugagach, yangisini elektron shaklda taqdim qilgandan so‘ng notarial shaklda taqdim qilish uchun Vazirlar Mahkamasining qarorida hech narsa ko‘rsatilmagan. Qolaversa, jinoyat ishi tergovidagi so‘roqlar davomida aynan bu paytdan boshlab markazda elektron shaklda taqdim qilingan hujjatlar bilan ishlash amaliyoti rivojlanib, qog‘oz variantdagi hujjatlarga e’tibor ikkinchi darajaga aylanishni boshlagani aniqlandi.

Bu yerda GMP sertifikatidagi qandaydir katta va mayda kamchiliklar haqida gapirilyapti. Vazirlar Mahkamasining 213-qarori bilan hech qaysi qo‘mita va bo‘limga ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoniga GMP hisobotidagi kamchiliklarni o‘rganish va ular bo‘yicha chora ko‘rish belgilanmagan. GMP sertifikatining borligi faktining bo‘lishi ham bu yerda kamchiliklar bo‘lishini inkor qiladi. Yana bu narsaga e’tibor qaratmoqchiman, ustiga-ustak GMP hisobotidagi sanab o‘tilgan “kriticheskiy, nekritechskiy zamechaniya” degan qism eskpertlar komissiyasi tomonidan ingliz tilidan noto‘g‘ri tarjima qilinishi orqali bo‘rttirib ko‘rsatishga harakat qilinganligini aniqladik.

Ya’ni hisobotda ko‘rsatilgan kamchilik ingliz tilidan rus tiliga noto‘g‘ri tarjima bilan bo‘rttirib ko‘rsatilyapti. Rus tilini biladigan har birimiz buning orasida judayam katta farq borligini tushunsak kerak. Ya’ni “jurnal yuritmayapti” gap bilan “o‘sha joyda klimatik sharoitlar qilinmayapti” degan gap keskin farq qiladi.

Shu o‘rinda e’tiboringizni aynan ekspertlarning ishiga qaratmoqchiman. Kecha mana shu yerda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lgan, ya’ni eskpertlar dori vositalarining rus tilidagi nusxasi ishlab chiqaruvchi davlatda tasdiqlab berilmagan degan Vazirlar Mahkamasining 213-qarori bilan tasdiqlangan nizomi talabiga juda katta urg‘u berishibdi. Vaholanki, endi har bir qonunimizda ham yoki normativ hujjatimizda ham qandaydir bo‘shliqlar bo‘lishi tabiiy.

Bu holatda ham rus tilidagi ushbu yo‘riqnomani Hindiston davlatida regulyatori tomonidan tasdiqlanib berilishing o‘zi mantiqan olib qaraganda o‘xshovsiz, mantiqsiz talab. Bu narsa Sobiq Ittifoq ya’ni MDH davlatlari o‘rtasidagi munosabatlardan kelib chiqqan talab deb qabul qilsak, asosli bo‘lardi. Amaliyotda ham MDH davlatlaridan boshqa birorta chet davlatlarida rus tilidagi yo‘riqnomani u davlatning regulyatori tasdiqlab berish holatlari umuman kuzatilmagan ekan. Bu holatlarda ham biz muhokama qilayotgan oqibatga olib kelgan deb ko‘rilishining o‘zi bir adolatsizlik bo‘ladi, xatolik bo‘ladi deb hisoblaymiz.

Keyingi holatlarda kecha biz so‘roq qilgan mutaxassislarimizdan biri “Biz faqat muddat, ya’ni kamchiliklarni bartaraf qilish, 45 kunlik o‘tib ketibdi, 60 kunlik o‘tib ketibdi degan qismi bo‘yicha muddatlarni yozdik. Aynan arizaning, ekspertizaning o‘zida ham hujjatlarning qog‘oz variantiga e’tiroz bildirib, elektron tarzda taqdim qilingan hujjatlar tarkibi Vazirlar Mahkamasining 213-sonli talabiga javob beradi degan xulosani berishyapti.

Ekspertlar elektron variantini to‘g‘ri deb hisoblab, qog‘oz variantdagini bu darajada bo‘rttirishi noto‘g‘ri bo‘lgan deb hisoblaymiz. Hatto shu tarzdagi tushunarsiz xulosalarda holatni qoidabuzarlik bilan bog‘lab, yana o‘zlari norma darajasida bo‘lgan degan xulosani berib, bu joyga mantiqsiz xulosani qayd qilishgan.

Ekspertizada dori vositalarining doselaridan klinikoldi va klinik tadqiqotlar bo‘yicha ma’lumotlar faqatgina ilmiy maqolalardan, tezislardan va boshqa adabiyotlardan keltirish bilan chegaralanganligi va ishlab chiqaruvchining o‘zi tomonidan bunday tadqiqotlar o‘tkazilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud emasligi ko‘rsatilgan.

Vazir Mahkamasining 210-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomning 3-ilovasida klinikoldi va klinik tadqiqotlar bo‘yicha ma’lumotlar aynan qaysi ilmiy maqolalar, tezislar va boshqa adabiyotlardan olinganligini ko‘rsatib o‘tish 4/3 va 5/3 bandlarida talab sifatida keltirilganligi sababli bu holatni ham qoidabuzarlik deb ko‘rsatish noto‘g‘ri deb hisoblaymiz.

Xuddi shu tarzda keyingi 11 ta dori vositalarida ham, masalan, “Kuraraks orni”da ham aynan bir xil takrorlanishlar bo‘lyapti. Bu CPP hujjatidagi muddatlar, GMP sertifikatidagi muddatlarni qog‘oz variantida yo‘q deb turib, elektron variantda to‘g‘ri kelayotganligini tasdiqlab ketishyapti.

Bundan tashqari, e’tiborlik joylari ham bor, aynan bu dorilarning ham hammasida GMP hisobotida sanab o‘tilgan “neznachetilniy, znachitilniy” kamchiliklar sifatida noto‘g‘ri tarjimlarining hammasi takrorlanyapti. Ya’ni “jurnal yuritilmagan” degan gap “klimat qilib berilmagan” degan noto‘g‘ri tarjimani keltirish ishlariga yo‘l qo‘yilyapti. Hammasi takroriy — instruksiya regulyator davlatida rus tilida tasdiqlanmagani [ham].

Qolaversa, “Marion Biotech” korxonasi ishlab chiqarish maydonining joylashishi bo‘yicha qismga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, arizada[gi] “GMP sertifikat va GMP sertifikatining hisobotidagi manzil har xil ko‘rsatilgani uchun bu hujjat shubha uyg‘otishi kerak edi” degan xulosasida o‘rganib ko‘rganimizda ariza GMP sertifikatda “Marion Biotech” korxonasining ishlab chiqarish maydoni manzili B 49 raqamli bino sifatida ko‘rsatilgani, GMP hisobotida esa ushbu manzil B 48 deb ko‘rsatilgan deb izohlangani aniqlandi.

Vaholanki, GMP sertifikat va inspeksiya bo‘yicha hisobot rasmiylashtirgan vakolatli tashkilot GMP sertifikatida sektor 67 da joylashgan “Marion Biotech”ning 4 qavatli ishlab chiqarish binosi korpusining raqamini B 49 deb ko‘rsatgan. Bu ingliz tilidan tarjima qilingan. GMP hisobotining birinchi varaqdagi jadval ko‘rinishidagi ma’lumotnomasida ishlab chiqaruvchining manzili B 48−49 deb birgalashtirib ko‘rsatilgan. Ushbu hisobotning bayon qismida tarjima qilinganda joylashuvi va atrofi bo‘limida korxonaning joylashgan yer maydoni B 48-binoda joylashgan deb ko‘rsatilyapti.

Ekspertlar inspeksion hisobotning ushbu joylashuvi bo‘limining matnini tarjima qilmagan holda ushbu matnda B 48 raqami bilan ko‘rsatilgan yer uchastkasi haqidagi ma’lumotni go‘yoki ishlab chiqarish binosiga nisbatan tegishli deya faraz qilib asossiz xulosalar qilishgan. Ustiga-ustak, ushbu hisobotning birinchi varag‘ida ishlab chiqaruvchi manzilining ikkalasi ham qo‘shib 48−49 sifatida ko‘rsatilganini inobatga olinmagan.

Buning aynan Google orqali tarjimasi va Google karta bo‘yicha chizmalaridagi binoning joylashishini [o‘rganganimizda] hudud bo‘yicha “Marion Biotech”ning bitta ko‘p qavatli binosi turibdi. Ma’nan, hududni rangli holatda ham olib ko‘rdik. Uning Google kartadagi chizmalari va B 48, 49 degan joylashuvlari. Bularni ham ilova qilib beramiz.

Yana so‘rov vaqti aniqlaganimiz bo‘yicha ekspertizada bir nechta davlatlarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan ayrim guvohnomalarning muddati[da kamchilik] chiqqani bilan boshqalarida muddatlar haqiqiy bo‘lganligi uchun bu narsani ham rad qilishga asos bo‘lmaydi deb hisoblaymiz. Bundan tashqari yuqorida aytgan holatimiz bo‘yicha qolgan har bir dorilarda takrorlanishlar ketyapti.

Vazirlar Mahkamasining 213-son bilan tasdiqlangan nizomning 19-bandi bo‘yicha hujjatlar ekspertizasi deb guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish uchun taqdim qilingan hujjatlarni Farmakologiya qo‘mitasiga kelib tushgandan so‘ng o‘rganishlar o‘tkazilib, qo‘mita prezidiumida muhokama qilib, ekspertlar kengashiga tavsiya bilan olib chiqilgunga qadar bo‘lgan butun jarayonga aytilishini e’tiborga olmayapti va bu yerda bu jarayonni inobatga olmagan holda hujjatlar ekspertizasi mavjud emas deb, xulosa qilish noto‘g‘ri deb hisoblaymiz.

“Dok-1 Maks” dorisi bo‘yicha berilgan kamchiliklarda e’tiroz bildirilgan, qoidabuzarlik sifatida ko‘rsatilgan holatlarni aynan tahlil qiladigan bo‘lsak, “„Dok-1 Maks“ dori vositasiga asal ta’mi qo‘shilgani sababli ro‘yxatga olish guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirishdan oldin uning guvohnomasiga o‘zgartirish kiritish amaliyotini o‘tkazish shart edi” deb ko‘rsatilgan holatni asossiz demoqchimiz.

Chunki 213-sonli qaror bilan tasdiqlangan nizomning 29-bandida “Dori vositalarining ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlarida keltirilgan ma’lumotlar guvohnomaning amal qilish muddati davomida o‘zgargan taqdirda ariza beruvchi Davlat markaziga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida ariza bilan, zarur holda tegishli hujjatlar namunalari va standartlarini ilova qilgan holda murojaat qiladi deb ko‘rsatilgan.

“Dok-1 Maks” guvohnomasining amal qilish muddati davomida ushbu siropning asal ta’mi qo‘shilgan namunasini O‘zbekistonga olib kirishga harakat qilinmaganligini aniqladik va tushundik. Hozirgacha ham asal ta’mlisi O‘zbekistonga kirib kelmagan. Amaliyotda ishlab chiqaruvchilar guvohnoma amal qilish muddatini uzaytirish jarayonlarini o‘tkizayotgan vaqtda zaruratdan kelib chiqqan holda kiritilishi kerak bo‘lgan o‘zgartirishlarni ham biryo‘la ortiqcha vaqt va xarajatlarsiz amalga oshirib kelayotganligi isbotlangan fakt ekan va “213” bunga taqiqlovchi hech qanday qoidalar yo‘q ekan.

Asosiy takrorlanmagan kamchiliklarni gapiradigan bo‘lsak. Dose o‘rganib chiqilganda dose va ND deb nomlangan hujjatda “Dok-1 Maks” dorisining asal ta’mli ko‘rsatkichlari aynan bir xil ko‘rsatilganligi aniqlandi. Faqatgina dosening bir qismi bor ekan. Ya’ni uning tarjimasi tavakkalchilik menejmenti tizimi deb nomlanarkan. Shu qismda haqiqatdan ham tushunarsiz holatda aynan nol-nol 20 milliltr qilib ko‘rsatilgan. Lekin ekspertlar guruhida dose bilan nazorat ND hujjatda ikki xil qilib ko‘rsatilgan deb bo‘rttirib, e’tibor qarattirilgan.

Markaz Farmakologiya qo‘mitasining ekspertizasidan o‘tadigan hujjatlarda belgilangan shakldagi arizasida, undan tashqari, “rasledniy” dori vositasi tarkibi deb nomlanuvchi ikkiyu ikki qismida, NDning o‘zida, me’yoriy hujjatlarda bu ko‘rsatkich bir xil qilib ko‘rsatilganligini inobatga olganda bu ham uncha ahamiyatsiz holat deb baholanishi mumkin.

Xuddi shunday “Dok-1 Maks”da siropning eski GMP hisobotida sirop so‘zi ko‘rsatilmaganligini, kecha ekspert aynan shu narsaga e’tibor berdi, aksincha, GMP sertifikatida ichish uchun suyuqlik iborasi ishlatilib suyuqlikning turi aniqlashtirilmaganligi jiddiy kamchilik deb ko‘rsatib, GMP hujjatlarining haqqoniyligini to‘lig‘icha shubha ostiga olgan.

Vaholanki, 2021-yil, 31-dekabrgi yangi GMP sertifikati va uning hisobotlarida ichish uchun suyuqlik iborasi ishlatilib, unga shaxs sifatida sirop va suspenziya ekanligi ko‘rsatib o‘tilganligini inobatga olishmagan. Bu narsa aynan ingliz tilidan tarjima qilinganda ko‘rinib turibdi.

“Dok-1 Maks” dorisiga guvohnoma uzaytirish jarayoni yangilangan GMP taqdim qilingandan keyin boshlanganligini inobatga olganda bu holatlar biror bir kamchilik mavjud emas deb ta’kidlashimizga asos bo‘ladi. Buning ham tarjimalarini berganmiz.

[Qolganlari ham] xuddi shunday takroriy-takroriy holatlar. Har bir dori vositasi bo‘yicha aynan joylashgan manzili, instruksiyalar bo‘yicha shunday holatlar ko‘rsatib o‘tilgan. Takroriy xatoliklar, takroriy asossiz bo‘rttirib ko‘rsatish holatlari har bir doir vositasida bir xil ko‘rsatilgan. Hozir ularga to‘xtalib o‘tmagan holda oxirgi, xulosa qismiga o‘taman.

“Marion Biotech” korxonasi tomonidan propilenglikol yordamchi moddasi bo‘yicha kiruvchi sifat nazoratini o‘tkazmaganligi, shu jumladan, etilenglikol va dietilenglikol yo‘q aralashmalar mavjudligi tekshirilmaganligi bo‘yicha asossiz xulosa qayd etilgan. Birinchidan, propilenglikol bo‘yicha kiruvchi sifat nazorati qilingan yoki qilinmaganligini ekspertlar ularga ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida taqdim qilingan dose hujjatlari asosida baho bera olmasdi ekspertlar. Chunki Vazirlar Mahkamasining 213-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizom bo‘yicha dosega belgilangan mundarija, ro‘yxat bo‘yicha yordamchi moddalarga nisbatan faqatgina “spetsifikatsiya” deb nomlanuvchi ko‘rsatkichlar taqdim qilinishi belgilangan ekan.

Lekin shu bilan birga “Marion Biotech” korxonasining “spetsifikatsiya” xalqaro tan olingan farmakopeya asosida shakllantirilib kelgan bo‘lsa, analitik metodlar shu farmakopeya asosida bo‘lganligi sababli ularning “validatsiya” va “obosnavniya”si ham talab qilinmas ekan. 213-sonli qaror bilan ushbu bandda yordamchi moddalar bo‘yicha sinov bayonnomalari taqdim qilinishi belgilanmagan.

Ikkinchidan, “Marion Biotech” dori vositalari sifat ko‘rsatkichlari belgilab beriladigan aynan shu yuqorida aytgandik propilenglikol Britaniya farmakopeyasi bo‘yicha sifat nazoratidan o‘tishi belgilanganligi, Britaniya farmakopeyasida propilenglikol tarkibida etilenglikol yoki dietilenglikol yot aralashmalarining aniqlash talabi yo‘qligi, ushbu xulosa asossiz yozilganligining isbotidir.

Ekspertizaning ushbu qismiga “primichaniya” deb berilgan qismi ham asossizdir. Chunki u yerda “rastvor propilenglikol”ga urg‘u berishyapti. O‘sha ekspertlar asoslangan 2020-yilgi Britaniya farmakopeyasi maqolasida bu nomlanishi teri uchun propilenglikol eritmasi deb tarjima qilinarkan. Bizga ma’lumki, bunday holatda “Marion Biotech”ga tegishli bo‘lgan sanab o‘tilgan dori vositalarida propilenglikol umuman taalluqli bo‘lmaydi.

Ushbu ekspertizaning xulosasi aynan yuqorida aytilgan kamchiliklar bilan shakllantirilganini inobatga olgan holda ularning xulosalari: taqdim qilingan hujjatlar Vazirlar Mahkamasining 213-sonli qaroriga to‘g‘ri kelmaydi, doselarning holati muhokama qilganda taqdim qilingan hujjatlar Vazirlar Mahkamasining [213]-sonli qarori talablariga javob bermaydi.

Ekspertlar guruhi ekspertizasining bayon qismida biror hujjatning qog‘oz shaklini nojoiz hujjat safga qo‘shgan, qolaversa, Davlat markazida dori vositalari bo‘yicha hujjatlar ikki xil shaklda, ya’ni ham qog‘oz, ham elektron shaklda topshirib kelinganini, hujjatlar haqqoniyligi va qonuniyligini qo‘yiladigan talablar asosan elektron shakldagi hujjatlarda tadbiq qilinib, qog‘oz shakldagi hujjatlar ikkinchi darajada bo‘lganini inobatga olmasdan noxolis xulosalar qilishga yo‘l qo‘ygan deb hisoblaymiz. Bundan tashqari, ekspertlar guruhi a’zolari hujjatning elektron shakldagi nusxasi mavjudligini o‘zlari ham ekspertizasida qayd qilib, elektron shakldagi hujjatlar Vazirlar Mahkamasining 213-sonli qaror-talabiga javob berishini ta’kidlashyapti.

Uchinchi va beshinchi xulosalarda “„Marion Biotech“ korxonasi tomonidan propilenglikol kiruvchi nazoratdan o‘tkazilmagan, etilenglikol va dietilenglikolni qidirmagan, aralashmani aniqlamagan, Vazirlar Mahkamasining 365-sonli qarori bilan tasdiqlangan texnik reglamentni 14-sirop qismida aralashmalarni aniqlash shartli belgilarga rioya qilmagan”, deb bergan xulosalari ham asossiz deb hisoblaymiz.

Biz buni avval ham muhokama qilganmiz. Ya’ni texnik reglament siroplardagi aralashmalarning turlari va aniqlash usullarini to‘liq qamrab olmagan. Buni aniq hal qilish uchun davlat farmakopeyasiga murojaat qilinganda u yerda aralashmalarning chegaraviy me’yorlari sinovlari deb o‘tilgan holatlarda etilenglikol va dietilenglikol qaysi moddalar tarkibida, masalan, tashqi shampun, gel, sovunga o‘xshash mahsulotrlarda tekshirilishi alohida qayd qilingan.

Qolaversa, propilenglikol moddasini yetkazib beruvchi tashkilot o‘zgargan taqdirda dori vositasini ishlab chiqaruvchi dosega bu haqda ma’lumot kiritib regulyatorni ogohlantirish kerakligini shartini “Marion Biotech” kompaniyasi xodimlari bajarmaganligini, markaz xodimlariga qoidabuzarlik belgilash noto‘g‘ri deb so‘roq qilinganda ekspertlarning o‘zlari ham bu fikrlarni tasdiqlashdi. 12 ta dori vositasi bo‘yicha o‘tkazilgan holatlarni noqonuniy deb topish vaziyatlari hammasi asossiz, chala ko‘rilgan xulosalar natijasida bo‘lgani uchun biz bularning hammasini asosli deb hisoblayapmiz.

Hurmatli sud, iltimosimning ilovadagi qismini tugatgan holda yana bir narsaga e’tiborini qaratmoqchiman. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumini 2018-yil 24-avgustidagi 24-sonli qaroriga ko‘ra, maqbul bo‘lmagan dalillar yuridik kuchga ega bo‘lmay, ulardan JPKning 82 — 84-moddalarida nazarda tutilgan holatlarni isbotlashda foydalanish hamda ularni ayblov asosiga qo‘shish mumkin emas deb ko‘rsatilgan.

Plenum qarorining ikkinchi bandida quyidagilar dalillar maqbulligining shartlari sifatida ko‘rsatilgan. Dalil tegishli subyekt tomonidan, ya’ni dalilni olish bilan bog‘liq bo‘lgan protsessual harakatni o‘tkazishga vakolatli mansabdor shaxs tomonidan olingan bo‘lishi shart. Bizning holatda esa ekspertlar guruhiga doir buyruq yoki farmoyish berilmagan, ekspert maqomi bo‘lmay turib ekspertiza berilgan.

Dalillar maqbulligining shartlari quyidagilar: dalillar tegishli subyekt tomonidan, ya’ni dalilni olish bilan bog‘liq bo‘lgan protsessual harakatni o‘tkazish vakolatiga ega mansabdor shaxs tomonidan olingan bo‘lishi, faktga oid ma’lumotlar faqatgina JPKning 81-moddasi 2-qismida qayd etilgan manbalardan olgan bo‘lishi, dalil uni olish bilan bog‘liq protsessual harakatni o‘tkazishga doir qoidalar va tartibga rioya etilgan holda o‘rgangan bo‘lishi, dalilni olishda tergov va sud harakati jarayoni va natijalarini qayd etilishiga doir qonunning barcha talablariga amal qilgan bo‘lishi shart.

Plenum qarori talabiga ko‘ra, yuqorida sanab o‘tilgan dalil maqbulligiga taalluqli shartlardan birortasiga amal etilmasligi dalilning maqbul emas deb topilishi asos bo‘ladi deyilgan. Bundan tashqari, ekspertizani o‘tkazgan shaxslarga yana e’tiboringizni qaratmoqchiman. Ekspertlar guruhi a’zosi bo‘lgan Temirov dori vositalari tibbiy buyumlar va tibbiy-texnika ekspertizasi va standartlashtirish markazi DUKda ekspertlar kengashining mas’ul kotibi sifatida, Kariyevning rahbarligi ostida unga xizmat yuzasidan tobe bo‘lgan holda ishlab kelgan.

Aynan shu jinoyat ishida muhokama qilingan har bir holatlarga bevosita ishtiroki, ta’siri, uning qo‘lidan o‘tgan holatlar, uning ham shu holatlarga aybdorlik masalasi chala ko‘rilganligining guvohi bo‘ldik. Temirovga faqatgina “Kuraraks” dori vositasi bilan bog‘liq holat bo‘yicha ayblilik masalasi hal qilinmasdan JPKning 84-moddasi bo‘yicha uning qismi harakatlari tugatilgan.

Bundan tashqari, ekspertlar guruhining yana bir a’zosi sifatida ekspertlar xulosasiga imzo chekkan Baxtiyorov Xajixanov ismli ekspert ham sog‘liqni saqlash markazida Komplaens xizmati boshlig‘i ekan. 2022-yil 22-dekabrda Facebook ijtimoiy tarmog‘ida “Farmatsevtika.uz” guruhida hozir biz ko‘rib chiqayotgan bolalar o‘limi bo‘yicha muhokamalar ketgan ekan. Shu joyda Xajixanov tomonidan bolalar o‘limiga aynan Kariyev mas’ul ekanligi ta’kidlanib, ijtimoiy tarmoqda shu mazmundagi fikrlarni qo‘llab, kommentlar yozib borgan skrinshotini ilova qilamiz.

Ushbu holatlar Xajixanovni Kariyevga nisbatan avvaldan noxolis fikri shakllanganidan dalolat beradi. Ekspertiza deb nomlangan hujjatning 2023-yil mart oyida tuzilganligi inobatga olinsa, bu hujjatdagi xulosalarning Xajixanov tomonidan xolis berilganligi shubha ostiga olinishi kerak bo‘ladi.

Ekspert sifatida ko‘rsatilayotgan yana bir shaxs — Farhod Mamatmusayev Dori vositalari, tibbiy buyumlar tibbiy-texnik ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi DUKning laboratoriyasida yetakchi mutaxassis sifatida, Kariyev rahbarligi ostida, xizmat jihatidan unga tobe holda ishlagan.

Bundan tashqari, uning o‘zi ham o‘sha paytda laboratoriya a’zosi bo‘lgan, jinoyat ishi bo‘yicha o‘tayotgan ekspertizada muhokama qilingan dori vositalariga u yoki bu holatda duch kelgan[ini] inobatga olib, uning fikrlarini ham xolis deb baholab bo‘lmaydi.

Shularning hammasini inobatga olgan holda Davlat xavfsizligi tergov boshqarmasi boshlig‘i Zufarovning 2023-yil fevral oyida bergan xatiga asosan ekspertiza deb berilgan hujjatni mazkur jinoyat ishi bo‘yicha nomaqbul deb topishingiz va dalillar safidan chiqarishingizni iltimos qilaman.

Advokat Nabiyev (Kariyevning himoyachisi): Hamkasbim Xudoyberganovning iltimosnomasini to‘liq qo‘llab-quvvatlagan holatda e’tiboringizni yana bir nechta holatga qaratmoqchi edim. Birinchisi, qoidalar buzilganligi. Ish bo‘yicha ko‘rinishicha, mazkur [farq] tergov boshqarmasi boshlig‘i Zufarov tomonidan berilgan.

Jinoyat ishining birinchi jildida tergov guruhi tuzish bo‘yicha qaror bor. Unda To‘xtasinov guruh rahbari bo‘lsa, yana qolgan tergovchilar va tezkor xodimlar [ham bor]. Lekin uning ichida Zufarov familiyasi yo‘q. O‘zbekiston Respublikasi JPKning 37-moddasida tergov boshqarmasi boshlig‘i va boshqa shaxslarning vakolati belgilangan.

Ular faqat jinoyat ishi bo‘yicha qo‘l ostidagi xodimlarga ko‘rsatma berishi, tergov harakatlarini faqat tergovchi sifatida olib borish, ya’ni tergovchi tergov guruhi boshlig‘i yoki tergovchi sifatida vakolatlaridan foydalanganda olib borishi belgilangan. Bu holatda [uning] o‘zi birinchi navbatda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yilganligi, qaror vakolati bo‘lmagan shaxs tomonidan chiqarilganligini [bildiradi]. Bu ekspertiza bo‘lmasdan turib noqonuniy xat chiqarishgan.

Shuning uchun avvalambor bu hujjatga baho berishda shu holatdan kelib chiqish kerak. Ekspertiza to‘g‘risida hamkasbim Xudoyberganov to‘liq aytib o‘tdilar. Hech qanaqasiga qabul qilib bo‘lmaydi. Siz “Bularda shunaqa amaliyot bor ekan, har qanaqa hujjat ekspertiza qilinarkan” deb aytib o‘tdingiz. Biz boshqa holatlar bo‘yicha biz qabul qilishimiz mumkin. Lekin bu jinoyat ishi doirasida (gapini tugallamaydi — tahr.)

Bundan tashqari hujjat tergov boshqarmasida, tergovchining ko‘z oldida tuzilgan. U bu holatda xato qilmasligi mumkin edi. Masalan, ma’lumotini to‘g‘rilab qo‘yadimi, boshqami, [hammasi] uning qo‘lida edi. Lekin qonun normalariga bepisandlik bilan qaragani uchun bunga albatta huquqiy baho berish kerak bo‘ladi. Yana bir marta takrorlayman, [iltimosnomani] to‘liq qo‘llab-quvvatlayman.

Sudya: Tushunarli. Marhamat, hurmatli prokuror.

Prokuror: Jinoyati ishiga qo‘shib qo‘yib, hal qilinadigan narsa, hozircha rad qilishingizni so‘rayman.

Advokat Madaminov: Quyidagi asoslarga ko‘ra, iltimosnomani qanoatlantirish lozim deb hisoblayman. Prokurorimizning fikriga qo‘shilmayman. Maslahatxonada hal qilishingizni so‘rayman. Plenum qaroriga ko‘ra, dalil bo‘yicha ma’qul-ma’qul emasligi, ya’ni [dalilni] dalillar qatoridan chiqarish yoki dalillar qatorida qoldirish to‘g‘risidagi masala sud tergovi jarayonida hal qiladigan ajrim turkumiga kiradi. Hozir hamkasbim sanab bergan holatlar jinoyat ishida aks etgan.

Bundan tashqari, e’tiboringizni bir narsaga qaratmoqchiman. Amalda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 28-moddasiga ko‘ra jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxsning aybi qonunda nazarda tutilgan tartibda oshkora sud muhokamasida isbotlanmagunicha aybsiz hisoblanadi. Ya’ni [ayb] qonunda nazarda tutilgan tartibdagina isbotlanishi mumkin. E’tibor bering, shu ekspertiza masalasida barcha jinoyat ishlari 2023-yilning yanvariga qadar birlashtirib bo‘lingan, tergovchining ish yurituvida bo‘lyapti. Tergovchi Sog‘liqni saqlash vaziriga “Qisqa muddatda o‘rganib, natijasi bo‘yicha xulosa berishingizni so‘rayman”, deb xat bilan chiqaryapti.

JPKning 36-moddasida tergovchining vakolatlarida yoki tergovchining vakolatlari aks etgan boshqa bir moddada tergovchi xat bilan murojaat qilish shaklida protsessual harakatni rasmiylashtirishi nazarda tutilmagan. Dalilnoma mana shu yerda boshlanyapti. O‘z navbatida 2020-yil yanvarida, ya’ni ish tergovchining qo‘lida bo‘lgan paytda ekspertiza o‘tkaziladigan bo‘lsa, har qanday ekspertiza faqat sud ekspertizasi bo‘lishi mumkin xolos. Boshqa turkumdagi ekspertizaga yo‘l qo‘yilmaydi. Qolgan ekspertiza jinoyat ishi qo‘zg‘atilgunga qadar bo‘lishi mumkin.

Sudgacha va sud ekspertizasi bor. Sud ekspertizasi jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandan keyin, bizning holatda esa qanaqadir ekspertiza bilan rasmiylashyapti. Bu ekspertiza, mana. Qolgan narsalar bo‘yicha hamkasbim Farrux aka yetarlicha ma’lumot olib keldilar. Mazkur holatlar JPKning 95 prin 1-moddasi talabiga to‘liq tushyapti. Bu yerda “Agar faktik ma’lumotlar qonunga xilof usullar orqali yoki jinoyat protsessi ishtirokchilarining qonun bilan kafolatlangan huquqlarini mahrum qilish, huquqlarini cheklash yoxud ushbu kodeks talablarini buzgan holda olingan bo‘lsa (gapini tugallamaydi — tahr.).

Mazkur ekspertizaning o‘tkazilishi himoyamiz ostidagilarning qaysi huquqlarini buzyapti? Eskpertiza tayinlangan vaqtda himoyachi sifatida biz va himoyamiz ostidagi shaxslarning ekspertga savol berish huquqimiz bor. Tergovchi xat bilan ma’lumotlar olib, bizning huquqimizdan mahrum qilyapti. Boya aytilgandek bu narsa konstitutsiyaning 28-moddasiga zid bo‘lyapti. Konstitutsiyaning normasi esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilish huquqiga ega. Ushbu holatda mazkur dalilni “ma’qul emas” deb chiqarib yuborishimizga to‘g‘ri keladi. Shu sabab [iltimosnomani] qanoatlantirishingizni so‘rayman.

Advokat Sobirov: Iltimosnomani to‘liq qo‘llab-quvvatlashingizni so‘rayman. Chunki bu Jinoyat-protsessual qonunchiligidagi boyagi qoidalar qo‘pol ravishda buzilgan holda xato qilingan qaror.

Advokat Jumaboyev: Bu adolat tiklanishiga, sudning obyektiv ko‘rilishiga ta’sir qiladi. Shuning uchun [iltimosnomani] to‘liq qo‘llab-quvvatlayman.

Advokat Rajabov: O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvni biz haqiqatdan ekspertiza deb ataydigan bo‘lsak, ushbu tekshiruvni o‘tkazgan shaxsning o‘zi O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 84-moddasiga asosan shu xulosa[ni] beryapti. Albatta, bu [yerda] qonun qo‘pol tarzda buzilgan deb hisoblayman. Ushbu iltimosnomani to‘liq qo‘llab-quvvatlayman.

Advokatlardan biri: Hamkasblarim tomonidan huquqiy asoslantirib berildi. Huquqiy-demoktarik davlatda yashar ekanmiz, ishlar ekanmiz, albatta, qonun talablariga rioya qilgan holda mazkur dalil nomaqbulligi sababli dalillar qatoridan chiqarishingizni so‘raymiz, [iltimosnomani] qo‘llab-quvvatlaymiz.

Bir nafar advokat sudga havol qilgan bo‘lsa, qolgan barcha advokatlar iltimosnomani qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Sudlanuvchi Sardor Kariyev: To‘liq qo‘llab-quvvatlayman. Qo‘shimcha qilmoqchi edim. [Baxtiyor] Xajixanov degan shaxs 2020-yilda SVVda Komplaens bo‘limi boshlig‘i bo‘lganlar. O‘zimning yonimda ishlab, oradan ma’lum muddat o‘tgach, Farmkomitetdan u yoqqa (taxminan SSV nazarda tutilyapti — tahr.) ishga o‘tib ketgan.

Shu davrda Farmagentlik tashkil qilingan va qandaydir noma’lum shaxsning anonim [taklifi] bilan [Farmagentlikda] o‘rganish olib borilgan. O‘rganish davomida SSV tomonidan o‘sha komissiyaga Xajixanov a’zo qilib qo‘shilgan.

Endi qiziq bir narsa bo‘lyapti: Antikorrupsiya agentligi Farmagentlikning, ya’ni mening faoliyatimni o‘rganyapti, undan quyi organlarning faoliyatini o‘rganyapti, o‘rganish uchun buyruq [ham] men rahbar bo‘lgan paytimda chiqyapti.

Asossiz vajlar bilan “Agentlikning faoliyatidan xato-kamchiliklar topildi”, deb akt tuzilyapti. Bundoq olib qaralganda, men o‘sha akt bilan rahbar sifatida tanishtirilishim, qo‘l qo‘yishim kerak. Lekin negadir men emas, Xajixanov qo‘l qo‘yyapti. Ammo shunaqa akt tuzilib, men u bilan tanishtirilmaganimni OAVda “Antikorrupsiya agentlik tomonidan Farmagentlik faoliyati tekshirildi” degan xabarni ko‘rgandan keyingina bilyapman. “Nima sababdan bunaqa aktni men ko‘rmadim, OAVda tarqalib yuribdi”, deb Sog‘liqni saqlash vazirining oldiga kirdim. Xajixanovning oldiga bor deyishdi. Uning oldiga borsam, “Qanaqa akt, nima?” [deb] jinnini yoqib oldi.

Quyi tashkilotdan boshqa shaxslarga murojaat qilsam, yana Xajixanov deyishdi. Uning oldiga qaytadan borib, yana gaplashib olganimizdan keyin [bir hujjat] paydo bo‘lyapti. Qarasam, mening qo‘lim yo‘q, uning qo‘li bor. Ya’ni men tekshirgan ekanmanda, u qo‘l qo‘yib (gapini tugallamaydi — tahr.). (Gapining boshi yo‘q — tahr.) u huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim qilinyapti va bu masala bo‘yicha jinoyat ishi ochilib, bir yarim yil davomida jinoyat ishi bo‘yicha o‘rganishlar olib bordi. Aktda ko‘rsatilgan har bir punkt bo‘yicha asoslab berganmiz, bittayam aybni qo‘yib berisholmagan.

Shu davr mobaynida Xajixanov bilan o‘rtamizda konflikt bo‘lgan. “Nima uchun aktda menga qarshi narsalarni olib chiqib berib yubording, nima uchun u bilan tanishmadim?” degan savollarni berib, yumshoq gaplashib olganmiz.

Oradan bir qancha vaqt o‘tib, SVVda o‘zgarishlar bo‘lgandan keyin uni o‘zining kamchiliklari bilan ishdan bo‘shatishdi. U esa buni mendan ko‘rdi. “Sen meni ishdan bo‘shatding, u yoq, bu yoq”, deb menga e’tirozlar bildirdi. Men “Mening nomenklaturamga kiradigan odam emassan, SVVning nomenklaturasiga kirasan”, dedim. O‘rtamizda yana konflikt bo‘ldi. Shu nuqtai nazardan bu odamning mana shu komissiyaning a’zosi bo‘lib (gapini tugallamaydi — tahr.).

[Advokatlar] qonun doirasida aktdagi xulosalarning har bir punktiga vaj keltirib berdi, har biri asosiy vaj. Bu shaxs (Xajixanov nazarda tutilyapti — tahr.) yurist bo‘lib turib, shu vajlarni o‘zi ko‘rib bilishi mumkinligini (gapini tugallamaydi — tahr.).

Shu odamni taniymanda, men, u shu keltirilgan vajlari asossizligini bilgan. Lekin menga qasd nuqtai nazaridan shu aktga qo‘l qo‘ygan va komissiya a’zolariga ta’sir ko‘rsatgan deb hisoblayman. Shu nuqtai nazardan advokatning iltimosnomasini qanoatlantirishingizni so‘rayman.

Besh nafar sudlanuvchi sudga havola qilgan bo‘lsa, boshqa barcha sudlanuvchilar iltimosnomani qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Sudya: Muhtaram majlis ishtirokchilari, sud o‘z o‘rnida ajrim qildi va quyidagi to‘xtamga keldi. Advokatimiz tomonidan keltirilgan iltimosnoma bo‘yicha, bitta narsani qaytarib o‘tamiz, JPKning 405 prim 1-moddasi bor. Ya’ni dalilni nomaqbul deb chiqarish tartibi. Bunda dastlabki eshituv tartibida hal qilinadi. Undan keyin hal qilinmasa, jinoyat ishi doirasida ko‘rishni hal qilish belgilangan.

Birinchidan, bu davrni chiqarish-chiqarmaslik masalasida dastlabki eshituv o‘tkazilmagan. Ikkinchi masala, bevosita ayblovga bog‘liq. Agar bu bilan bog‘liq masalani ayblovga nomaqbul deb chiqadigan bo‘lsa, ayblovga ta’sir qilganligi sabab sud buni maslahat uyida [hal qiladi], ishga qo‘shdik. Maslahat uyida vajlarni birma-bir tanlab muhokama qilamiz. Tushunarli-a? (Jimlik — tahr.). Marhamat, boshqa iltimosnomalarimiz bormi?

Advokat Madaminov: Muhtaram raislik qiluvchi, men asosan jinoyat ishiga hujjatlar qo‘shib qo‘yishni iltimos qilmoqchiman xolos. Demak, birinchi turkumdagi hujjatlar bu himoyam ostidagi Azimovning plastik kartalaridan ko‘chirmalar [borasida]. Bu ko‘chirma nima uchun kerak? Himoyam ostidagi shaxsga Jinoyat kodeksning 210-moddasi, ya’ni pora olishda ayb e’lon qilingan. Go‘yoki olingan porani (sudya advokatning gapini bo‘ladi — tahr.).

Sudya: Plastik kartadan ko‘chirmami? Pul aylanma tariximi?

Advokat: Plastik kartasidagi pul aylanma tarixida. Ayblov mazmuni [himoyam ostidagi shaxs] go‘yoki olingan porani Amerikaga borib ishlatganligidan iborat. Plastik kartalardagi ko‘chirmalar esa pullarning pora predmetiga daxldor emasligi, bu pullar boshqa manbadan kelib chiqqanini isbotlab beradi.

Sudya: Jinoyat ishiga qo‘shishda hech kimda e’tiroz yo‘qmi?

(Advokatlar va sudlanuvchilar tomonidan “yo‘q” javobi keladi — tahr.).

Sudya: Prokurorimizda ham yo‘qmi?

Prokuror: Yo‘q.

Sudya: Jinoyat ishi hujjatlariga qo‘shildi. Yana bormi?

Advokat: Bor. Muhtaram raislik qiluvchi, advokatlik so‘rovlari bo‘yicha javoblar olganmiz. O‘sha javoblarni ham qo‘shib qo‘yishingizni so‘rayman. Demak, birinchisi, SVV Farmatsevtika mahsulotlar xavfsizligi markazidan bo‘lgan xat. Mazmunini o‘qisam, ko‘p vaqtini olib qo‘yadi. GMPlar bilan bog‘liq hujjatlar bo‘yicha ruxsat bersangiz, himoyam ostidagi shaxs gapirsa. Holat qonuniy bo‘lganini u tushuntirib bera oladi.

Sudya: Prokurorimizda e’tirozlar yo‘qmi?

Prokuror: Yo‘q.

Sudya: Tomonlarda e’tiroz yo‘qmi?

(Tomonlardan “yo‘q” javobi keldi — tahr.).

Sudya: Marhamat, A.A., izoh bersangiz.

Sudlanuvchi A.A.: Hurmatli raislik etuvchi, yuqorida taqdim qilingan javob xatlarining birinchisiga keladigan bo‘lsak. Hozirgi kunda vakolatli organ deb biladigan bo‘lsak, u yerda Davlat markazi tomonidan beriladigan javob xati bor. Ya’ni javob xatida ma’lum bir ishlab chiqaruvchi dori vositasi infeksion tekshiruvga tushgan bo‘lsa, uning avvalgi ro‘yxatdan o‘tib turgan guvohnomaga ega bo‘lgan dori vositasini sertifikatlashtirish jarayonlari to‘xtatishga hech qayerda begilanmganligi va uni to‘xtatib turish imkoniyati yo‘qligi belgilanganligi ko‘rsatilgan.

Bu bilan “Kuraraks” dori vositasi inspeksion tekshiruvga tushyapti. Birinchisi, javob xatida ro‘yxatdan o‘tib bo‘lgan boshqa dori vositalari — “Dok-1 Maks”mi, “Ambronol”mi yoki boshqa dori vositalarining O‘zbekistonga kirib kelishida, import qilishda sertifikatlashtirish jarayonida to‘xtatish hech qayerda belgilanmaganligi javob xatida ko‘rsatilgan.

Ikkinchisi, dori vositalari inspeksion tekshiruvdan o‘tkazilayotganda o‘sha kuni [Aziz Fayzamatovich] kelib, “Men chet elga boryapman, inspeksion tekshiruvda tekshirayotganda hamma liniyasini ko‘rib kelyapmiz, amaliyotda ham shu narsani ko‘rib kelyapsizlar”. Noto‘g‘ri bergan ko‘rsatmalarini isbotlash uchun bu ochiq ma’lumotlar bazasidan olingan.

Masalan, xorijiy tashkilotlarga 2023-yil berilgan aynan Hindistonning GMP standartlari bir nechta, masalan, o‘sha yerda yashil markerda belgilangan uchta tashkilot turibdi. U yerda GMP sertifikati uchta liniyaga berilyapti, vaholanki, davlat ro‘yxatidan uning beshta liniyadagi dori vositalari ro‘yxatdan o‘tgan. Bu ma’lumotni GxP saytidan ham, (Farmagentlikning “Zarur amaliyotlar markazi” DUK sayti — tahr.) Davlat markazining “uzpharm-control” saytidan ham ko‘rishingiz mumkin.

Bu bilan inspeksiyaga tushgan “Quramax” dori vositasi borilganda o‘sha tabletka liniyasi ko‘rilishi belgilangan deyilmoqchi. Va aynan Zarur amaliyotlar markazida Do‘stmatov tomonidan javob xati belgilangan. Shu javob berilgan. U javob xatida ham alohida liniyalari bo‘yicha tekshirilishi ko‘zda tutilgan.

O‘zlari ham aytib o‘tdilar, ularning “prespurant”i bor. “Prespurant”da ham alohida liniyalar bo‘yicha va Vazirlar Mahkamasining tasdiqlangan 788-qarorida ham aynan GMP sertifikatining ilovasida alohida liniya bo‘yicha berilishi nazarda tutilgan.

Bu bilan Do‘stmatov bergan ko‘rsatmalar nomaqbul [demoqchiman]. Sababi ochiq ma’lumotlar bazasida ham 2023-yilda inspeksion tekshiruvga borib ko‘rilgan. Lekin boshqa dori vositalari liniyalari ro‘yxatdan o‘tmagan holatlari mavjud. Biz xorijiyni berdik, mahalliyda ham bir nechta bor. Ularni namuna uchun solishtirishda ko‘rib chiqish imkoniyatingiz mavjud. Bundan tashqari yana topshiriladi. Aynan 25-may kuni 12 ta korxona inspeksion tekshiruvga tushgan. 11 ta korxona qolgan bo‘lsa, o‘sha 11 taning nechtasi inspeksion tekshiruvga borgan? Bormaganlarini o‘zlari aytib o‘tdilar. Bir qanchasi bormagan va ularning ro‘yxatdan o‘tib bo‘lgan dori vositalari O‘zbekiston hududiga kirib kelayotgan holatlarini nazarda tutuvchi javob xatini ham beramiz, hozir olib kelmapmiz. Bu bilan boshida, ko‘rsatmamizda aytib o‘tilganidek “Kuraraks” dori vositasi inspeksion tekshiruvga tushganda ham va u olib tashlaganda ham yoki o‘sha tushib turgan holatda ham bu ikkita preparatning O‘zbekiston hududiga kirib kelishini to‘xtatib qolish imkoniyati bo‘lmagan. Bemalol kirib kelaverardi. Chunki ularning guvohnomasi bor edi. “Men borardim, tekshirardim, u yerda propilenglikolni” ko‘rardim dedilar. Agar boshqa ekspert, GMP mutaxassisini olib kelib, so‘rasa ham bu ko‘rsatmalarni tasdiqlamaydi. Chunki men o‘zim ham malaka oshirish davrida qatnashganimda u yerda bular aytayotgan propilenglikol, boshqalar ko‘rilmaydi. Buning tekshirish usullari ham boshqa nuqtalarda aytib o‘tildi. Bundan tashqari pora olish bo‘yicha qo‘yilgan moddada [taqdim etgan hujjatimizda] mening viza kartamdagi pulning kelib chiqish holati va xorij safarlaridagi xarajatlarim keltirilgan.

Advokat: Asosiy talab qilishdan maqsad pul istochnigi [haqida]. Uning hisobiga uydagilaridan, o‘zining so‘m plastik kartasidan viza kartasiga pul o‘tkazilgan.

Sudya: Tushunarli. Ishga qo‘shildi. Yana qanaqa iltimosnomalar bor?

(Kariyevning advokatlaridan biri Kariyev yozma ravishda ko‘rsatma berishini ma’lum qilib, ko‘rsatmani sudga taqdim qilishini so‘radi. Sudya Kariyevdan advokatlaridagi qog‘oz yozuvlari bilan tanishib chiqqan-chiqmaganini so‘radi. Kariyev tanishib chiqqanini bildirdi. Sudya tomonlardan bunga e’tirozi bor-yo‘qligini so‘radi. Hech kim e’tiroz bildirmadi va sudya ham jinoyat ishiga qo‘shilganini ma’lum qildi).

Sudya: Hurmatli majlis ishtirokchilari, boshqa iltimosnomalar bo‘lmasa, ish bo‘yicha Xadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazidan Mezenstvani chaqirish masalasi ko‘rilgan edi. U mehnat ta’tilida, uzoqroqda, kelmaydi. Ikkinchisi, sudlanuvchi Sh. Sh.ning iltimosi bo‘yicha ayni paytda Hilola G‘ayratovnani chaqirish imkoniyatimiz yo‘q ekan. Avvalroq boshqa sudlanuvchi G. S. ham bu masalani ko‘targandilar. Sababini tushungandirsizlar. Jinoyat ishiga jalb qilingan. (Sudya avvalgi sud majlislarining birida mutaxassisning yodomarin voqeasi bo‘yicha jinoyat ishiga jalb qilinganini ma’lum qilgandi — tahr.).

Sudlanuvchi Sh. Sh.: To‘g‘ri tushundik, jinoyat ishiga jalb qilingan bo‘lishi mumkin. Lekin bu yerga kelgan ekspertlarning birortasi [ayblovni] asoslab, tushuntirib berolmayapti. Bu yerda aynan Hilola G‘aniyevaning asossiz ko‘rsatmasi bor. Iloji bo‘lsa, Hilola G‘aniyeva guvoh sifatida chaqirilsa, [yaxshi bo‘lardi]. Chunki bu yerda bizning aybimiz bo‘lmasa ham nimagadir asossiz ayblov qo‘yilgan. To‘g‘ri, sud ayblovni o‘zining muhokamasida hal qilib oladi. Lekin shu muhokamaga topshirgan ekspert yozib bergan narsasiga javobgardir. Ekspert ko‘rsatmasini nima asosida yozganini [asoslab berishi kerak]. Shu bilan birga Hilola G‘aniyevaning o‘zi guvoh [ham] bo‘lgan ekan. Shaxsiy adovati bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Qonunda yozilgandek qonuniy javob bersin, men adolat sifatida so‘rayapman.

Sudya: Tushunarli. Sh. Sh., iltimosnomangiz bo‘yicha bu masalani ko‘rdik. Ayni paytda jinoyat ishiga jalb qilingan deyapman. Tergov harakatlari olib borilyapti. G. S. so‘raganda [ham] imkoniyati yo‘qroq bo‘lganligi uchun. Bizga jinoyat ishi bo‘yicha advokatlar tomonidan nomaqbul deb topish bo‘yicha bir nechta iltimosnomalar berildi. BU masalani shu doirada ham ko‘rib chiqishimiz. Tushunarli-a?

Sudlanuvchi Sh. Sh.: Tushunarli.

Sudya: Boshqa iltimosnomalar bormi? (Jimlik — tahr.). Boshqa muhokama bo‘lmagan iltimosnomalar qolmadi. Faqat advokat Rahmatov tomonidan kiritilgan 416 — 417-moddalar bo‘yicha kiritilgan iltimosnoma qoldi. Bu holat bo‘yicha o‘rganadigan joyimiz bor. Shuning uchun maslahatlashib, ochiq qoldirdik. Haqiqatdan bu holat bo‘yicha qalbakilik mavjud yoki yo‘qligini o‘rganib chiqib, qaror qabul qilamiz. Shunga ozgina vaqt kerak bo‘ladi. Boshqa iltimosnomalar qolmasa, “Obet”dan keyingi keyingi protsess bo‘lmaydi. Biz tegishli so‘rovlarni berib, javobini olamiz. Xudo xohlasa, juma kuni davom etamiz.

Advokatlardan biri: Hurmatli raislik etuvchi, guvoh sifatida Bositxonovani so‘roq qildik-ku. Ikkita guvohning o‘rtasida yuzlashtirish qilganimizda , 5 — 6-oktabr kunlari Qoraqalpog‘istonda bolalarning o‘limi yuzasidan muammo bo‘lgan deyishgandi. Keyingi sud majlisida shu haqda so‘raganimda Bositxonova tomonidan ma’lumotnoma beriladi deb aytilgandi. Shu ma’lumotnoma berildimi?

Sudya: Mayli, bu holat bo‘yicha ham murojaat qilamz.

Advokatlardan biri: Hozir hamkasbim eslatgani uchun aytmoqchiman. Boshqa hamkasbim ham bu masalada iltimosnoma kiritgandi. Sog‘liqni saqlash vazirligining xodimlaridan tortib, rahbarlaricha (gapini tugatmaydi — tahr.). Chunki biz Bositxonova so‘roq qilinganda “Oktabr oyida to‘liq chora ko‘rilganda kamida 53 nafar bolaning o‘limini oldi olinishi mumkin”, degan xulosani bergandik. Shu nuqtai nazardan bu ma’lumotlar juda muhim.

Sudya: Bu masalada ham juma kunigacha olishga harakat qilamiz.

Sudlanuvchi N.Sh.: Muzokara so‘zlarida ham aytib o‘tmoqchi edim. Hozir iltimosnoma ham kiritmoqchiman. 2023-yilning 10-martida Farmkomitetda mutaxassislar tomonidan taqdim etilgan guvohnomani nomaqbul dalil sifatida e’tirof etishingizni so‘rayman. Chunki bu ham jinoyat ishida mavjud korxonalarga qarashli bo‘lgan mutaxassislar tomonidan berilgan va noxolis deb hisoblayman. Buni ilmiy asoslab berisholmadi. “Aytishnik” sifatida jalb qilingan mutaxassis oziq-ovqat texnologiyasi bo‘yicha mutaxassis bo‘lib [chiqdi] va IT bo‘yicha [holatlarni] tasdiqlagani yo‘q va yozib bergan [xulosalarini] asoslantirib bergani yo‘q. [Kerakli narsalarni] VJX programmasida tekshirmagan. Shuning uchun buni ham nomaqbul dalil sifatida ko‘rishingizni so‘rayman.

Sudya: DVSMI holatini o‘rganib, ya’ni kompyuter xotirasidagi ma’lumotlar orqaga qaytarilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni nomaqbul deb topishni so‘rayapsiz, shunaqami?

Shukrullayeva: Ha.

Sudya: Muzokarangizda ham asoslayman dedingiz. Marhamat, fikringiz. Shukrullayevaning iltimosnomasi bo‘yicha DVSMI xodimlari va ularning manfaatlarini himoya qiladigan advokatlarga taalluqli.

Sudya aynan DVSIM bo‘yicha sudlanuvchilar va ularning advokatlaridan bu iltimosnoma bo‘yicha fikrini so‘radi. Ularning barchasi qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Sudya: Kimda e’tiroz bor? (Jimlik — tahr.). O‘sha tartibda jinoyat ishiga qo‘shdik. Vajlaringizni muhokama qilamiz. Imkoni bo‘lsa, yozma bersangiz, nima uchun nomaqbul deb topish, qaror qabul qilish to‘g‘risida muhokama qilamiz.

Sudya: Yana kimda iltimosnomalar bor? (Jimlik — tahr.). Boshqa iltimosnomalar yo‘q. Holatga aniqlik kiritamiz.

1-dekabrdagi sud majlisi tafsilotlari

Sudya: Muhtaram majlis ishtirokchilari, sud majlisini davom ettiramiz. Ayrim advokatlarimiz hamda boshqa xodimlarning sog‘lig‘i yuzasidan muammo bo‘lganligi sababli sud majlisi ma’lum vaqt davom etmadi. Sudlanuvchilarning himoyasida boshqa advokatlar bor, e’tirozlar yo‘qmi?

Sudlanuvchilar va advokatlar e’tirozlari yo‘qligini bildirishdi.

Sudya: Muhtaram majlis ishtirokchilari, o‘tgan safar iltimosnomalar kiritilgan edi. Ikkita masala edi: birinchisi, 416 — 417-modda masalasi, ikkinchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasidan berilgan murojaat bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Bositxonovaning javobi qanday mazmundaligi ma’lumotini olish bo‘yicha so‘ralgandi. Biz javobni oldik. Bositxonova imzosi bilan javob berilyapti.

Birinchisi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022-yil 8-noyabrdagi xati haqiqatdan kelib tushgan. Bu SSVga murojaat xati emas. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022-yil 1-oktabrdagi ko‘rsatma xatida belgilangan muhim topshiriqlarning ijrosi yuzasidan berilgan javob xati [ekanligini] ma’lum qilinyapti.

Shu bilan birga javob xatida qo‘shimcha tarzda bolalar orasida buyrak yetishmovchiligi bilan bog‘liq holatlar kuzatilayotganini bildirib, mutaxassis so‘ralganligi va mutaxassislar ajratilganligi, mazkur holat bo‘yicha ikki marta seminar mashg‘ulot o‘tkazilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar qayd etilgan. Agar kimga kerak bo‘lsa, javob xati bizda.

Qolaversa, Kariyevning advokati Rahmatov tomonidan kiritilgan iltimosnoma holatiga aniqlik kiritish bo‘yicha ham muhokama qilayotgandik. Birinchisi, Talipov bo‘yicha to‘xtalamiz. Farrux Talipovni ayblash masalasi tergov organi tomonidan muhokama qilingan. Jinoyat ishi doirasida jalb qilinib, unga nisbatan 2023-yil 3-noyabrdagi Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tumani sudining ajrimi bilan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. 186-prinning 3-qismi A bandida ayblov sifatida ketyapti. Biz Talipovni sudda so‘roq qilgan edik. Aynan ayblov bilan tanishdik. Advokatimiz tomonidan keltirilgan holatlar ham o‘sha ayblovda ham mavjud. Tushunarli-a? Iltimosnoma bo‘yicha qo‘shimchalar bormi?

Prokuror: Kariyevning advokati tomonidan keltirib o‘tilgan JPKning 416 — 417-moddalari bo‘yicha hozir yangi holatlar aniqlanganligi, Talipov dastlabki tergov organi tomonida jalb qilingangligini inobatga olgan holda ushbu iltimosnomani qisman qanoatlantirish lozim deb hisoblayman. Shuningdek, sudlanuvchi va boshqa shaxslarning ayblovini og‘irlashtiruvchi holatlar dastlabki tergov organi tomonidan aniqlangan taqdirda ularning harakatlariga qayta baho berish lozimligini ayblovda aks ettirish lozim deb hisoblayman.

Sudya: Tushunarli, rahmat. O‘zi JPKning 416 — 417-moddalari tartibida ajrim chiqarish so‘rab berilgan iltimosnomaning mazmuni ham shundan iborat. Agar boshqa shaxs ayblovga jalb qilinadigan bo‘lsa, sudlanuvchilarimizga qo‘yiladigan ayblov yo [o‘sha shaxslarga] o‘tishi, yoki ishtirokchilik doirasida kengayishi mumkinligini inobatga olib, advokatimiz tomonidan iltimosnoma kiritilgan. Marhamat, qo‘shimcha fikrlar bo‘lsa.

Advokat Davron Ahmadov: Hurmatli raislik etuvchi, hozir aytib o‘tdingiz, sud tergoviga (gapini tugatmaydi — tahr.). Sud tergovi davrida Talipovning epizodi bo‘yicha so‘roq qilinmaganda. Agar so‘roq davri bo‘ladigan bo‘lsa, [himoyam ostidagi] S.R.P Talipovning qismi bo‘yicha qayta so‘roq berishga tayyor.

Sudya: Muhtaram majlis ishtirokchilari, sud ajrimni e’lon qiladi. Advokat Rahmatovning iltimosnomasi qanoatlantirilsin. Sudlanuvchi S.R.P va boshqalarga jinoyat ishi yuzasidan ayblovni to‘ldirish va boshqa shaxslarni ayblovga jalb qilish, noaniqliklarni bartaraf etish bilan bog‘liq qo‘shimcha protsessual harakatlarni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 416−417-moddalari tartibida ajrim chiqarilsin.

Ajrim ijro qilish uchun O‘zbekiston Bosh prokuraturasi orqali tegishli tergov organiga yuborilsin. Ijro muddati bir oy deb belgilansin va shu muddat ishning yurishi to‘xtatilsin. Tegishli materiallar tegishli organga yuborilgan kundan boshlab, ijro muddati hisoblansin. Sudlanuvchilarga nisbatan qo‘llanilgan ehtiyot choralar aslicha qoldirilsin.

Advokatimiz tomonidan keltirilgan masalani to‘liq qanoatlantirdik. Birinchi ish bo‘yicha Talipovga tergov organi tomonida ayblov e’lon qilindi. Egamovga nisbatan ayblov o‘tkazish qanoatlantirildi. Ularning harakatlariga jinoyat bor-yo‘qligi masalasi tergov organi tomonidan hal etilib, jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayblovga jalb qilinsa, sudga taqdim etiladi va jinoyat ishi bo‘yicha ishni davom ettiramiz.