Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov kam ta’minlangan oilalarga televizor yoki boshqa texnikalar sovg‘a qilish ularning elektr uchun xarajatlarini oshirayotgani, yordam so‘rayotganlarning aksariyati elektrdan qarzdorligini ma’lum qildi. U texnikalar o‘rniga quyosh panellari berishni taklif qildi.
Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov Yangi Andijon shahridagi qurilish ishlari bilan tanishish chog‘ida quruvchilarni nogironlar aravachasiga o‘tirg‘izib ishining sifatini tekshirdi. «Bitta nogironni hech qaysing uyingga olib kirolmaysan. Qilayotgan ishimiz bir tiyin bo‘lmaydimi?», — dedi Shuhrat Abdurahmonov.
Andijon viloyati hokimi prezident qarori bandlari ko‘chirilgan hujjatni imzoladi, buning oqibatida u bir qancha vazirlar va Toshkent shahar hokimiga topshiriq bergandek tasavvur uyg‘otdi. Viloyat adliya boshqarmasi bu qanday sodir bo‘lgani va hujjat nega huquqiy ekspertizadan o‘tkazilmaganini tushuntirdi.
Shuhrat Abdurahmonov viloyatda «Andijon polkasi» oyligini e’lon qilib, tashkilot va idoralar rahbarlari, o‘zini haqiqiy andijonlik deb bilgan barchani butun jamoasi, hamkasblari bilan har kuni Andijon polkasi raqsiga tushishga chaqirdi.
Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi maktablardan birining direktori va o‘qituvchilari ta’lim sifati hamda bitiruvchilarning OTMlarga kirish darajasi pastligi uchun ota-onalardan kechirim so‘rashga majbur qilindi. Bu ish hokim yordamchisi va tuman XTB rahbarining tashabbusi ekani aytilmoqda. XTV holatni keskin qoraladi. Jamoatchilik faollari hodisa uchun viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov javob berishi kerakligini aytishmoqda. Tuman va viloyat hokimligi ham munosabat bildirdi.
Andijon viloyati hokimligi ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan, go‘yo hokim Shuhrat Abdurahmonovning qizining to‘yida olinganligi tasvirlangan foto va video lavhalarga munosabat bildirdi. Hokimlikning so‘zlariga ko‘ra, chindan ham viloyat hokimi qizining to‘yi bo‘lgan, ammo tarmoqlarda tarqalgan aksariyat fotosuratlar hokimga aloqador emas.
Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov prezidentga nisbatan ko‘p marotaba «muhtaram» so‘zini ishlatishiga to‘xtalib o‘tdi. «Prezident yurtning otasi… faqat men emas, hamma shunaqa bo‘lishi kerak», deya ta’kidladi u.
Andijon viloyati hokimligi Shuhrat Abduraxmonov audiosi bo‘yicha munosabat bildirib, ular «yozuvlar yillar davomida yig‘ilgani va montaj qilinganini bildirdi. Bu bo‘yicha dastlabki tekshiruv boshlangan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovning ovozi aks etgan yana bir audio tarqaldi. Unda hokim tadbirkorlarni «shakal» deb atadi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovga tegishli audio tarqaldi. Unda hokim Marhamat tumanida uch nafar ayolni «prezident vakiliga sassiq gapirgani» uchun qamab qo‘yganini aytadi. Bundan tashqari, jurnalistlarga qarata, — «Agar qitig‘imga tegsang, men qo‘yvoraman», — degan. Viloyat hokimligi matbuot xizmati ushbu audioyozuv ikki yil oldin yozilganligini aytmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting