Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov juma kuni Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi Andijon filialiga kelib, toksikologiya bo‘limidagi 12 nafar bolalar bilan uchrashdi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda qayd etilishcha, bolalar dori vositasining nojo‘ya ta’siri oqibatida mazkur shifoxonaga kelgan. Biroq xabarda aynan qaysi dori ekani aytilmagan. Toksikologiya bo‘limi shifokori Murodjon Imomberdiyev bolalar “Antistrumin” (kaliy yodid) qabul qilganini tasdiqladi — xuddi shu preparatni qabul qilganidan keyin 70 dan ortiq bola Namangan viloyati shifoxonasiga yotqizilgan edi.

андижон, заҳарланиш, shuҳрат абдураҳмонов

“Hozirda bolalarning umumiy holati yaxshilanmoqda. Shifokorlarning aniq ma’lumot berishlaricha, bemorlarda jiddiy yoki hayot uchun xavfli bo‘lgan hech bir holat mavjud emas. Ularning aksari salomatligi qoniqarli holga kelib, uylariga qaytmoqdalar”, — deyiladi xabarda.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati “Gazeta.uz”ga o‘rganish natijalari olinmagunicha, batafsil ma’lumot bera olmasligini ma’lum qildi.

Bir kun avval Namangan viloyatida mamlakatda ishlab chiqarilgan “Antistrumin” (kaliy yodid) preparatini qabul qilgan 70 nafardan ortiq bola kasalxonaga yotqizildi. Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘rganish yakunlanmaguncha preparatni qo‘llashni taqiqladi.

Joriy haftadan butun O‘zbekiston bo‘ylab bolalarni yodlash dasturi ishga туширилgaнedi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Chust tumanida bolalarning zaharlanishi bilan bog‘liq vaziyatdan “qattiq tashvishda”, deya ma’lum qildi uning matbuot kotibi. Davlat rahbari muntazam ravishda vaziyat yuzasidan hisobotlar olib, mas’ullarga alohida nazoratga olish bo‘yicha topshiriqlar bermoqda.