«shavkat mirziyoyev» tegli maqolalar


«Toshkent hokimi meni 450 mlrd so‘mga tushirdi». Prezident poytaxtdagi jarliklardan qutilish haqida
24 noyabr 2021, 16:21

«Toshkent hokimi meni 450 mlrd so‘mga tushirdi». Prezident poytaxtdagi jarliklardan qutilish haqida

Shavkat Mirziyoyev Shayxontohur tumaniga tashrifi chog‘ida jarlar uni ko‘pdan beri qiynab kelayotgan muammo ekanligini ma’lum qildi. Jahongir Ortiqxo‘jayev esa buni hal etish uchun unga 450 mlrd so‘m zarur ekanligini aytgan. «Men bu pulni ertagayoq berishimni bildirdim», — dedi prezident. U shuningdek, jarliklarni yopib, uning o‘rniga daraxt ekish va yo‘l ochish bo‘yicha topshiriq bergan.

95 yoshli otaxon bilan suhbat, maktabga tashrif, keksalar bilan ko‘chat o‘tqazish, yosh bola bilan tanishuv — prezident poytaxt mahallalarini aylandi
23 noyabr 2021, 18:41

95 yoshli otaxon bilan suhbat, maktabga tashrif, keksalar bilan ko‘chat o‘tqazish, yosh bola bilan tanishuv — prezident poytaxt mahallalarini aylandi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shayxontohur tumani Sarhumdon va Gulobod mahallalarini aylandi. Bunda davlat rahbari ko‘p qavatli uyda yashaydigan fuqarolar bilan suhbatda bo‘ldi, maktabga tashrif buyurib o‘quvchi va maktab xodimlari bilan gaplashdi, keksalar bilan birga ko‘chat o‘tqazdi, aylanishga chiqqan bolakay bilan tanishdi (video).

2026 yilga qadar quyosh va shamol elektr stansiyalari umumiy quvvatini 8 ming mVtga yetkazish zarur — prezident
22 noyabr 2021, 18:21

2026 yilga qadar quyosh va shamol elektr stansiyalari umumiy quvvatini 8 ming mVtga yetkazish zarur — prezident

Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga ko‘ra, O‘zbekistonda 2026 yilga qadar quyosh va shamol elektr stansiyalari umumiy quvvati 8 ming megavattga yetkaziladi. Shuningdek, “yirik sanoat korxonalari ham o‘z energiya ta’minoti bo‘yicha qayta tiklanuvchi energiya manbalarini tashkil etishi uchun zarur sharoitlar yaratish kerak”.

Moskvada qanday kelishuvlarga erishildi?
21 noyabr 2021, 16:05

Moskvada qanday kelishuvlarga erishildi?

O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga tashrifi chog‘ida 18 ta hujjat, jumladan, hukumatlar o‘rtasida yadroviy, biologik xavfsizlik va xalqaro axborot xavfsizligini ta’minlash sohasida hamkorlikka oid bitimlar, shuningdek, besh yillik iqtisodiy hamkorlik dasturi imzolandi.

Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi
19 noyabr 2021, 23:20

Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Moskvada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazdi. Muzokaralar yakunida prezidentlar Xalqaro axborot xavfsizligini ta’minlash sohasida hamkorlik to‘g‘risida Qo‘shma bayonot qabul qildilar. Tashrif doirasida jami 18 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi. Davlat rahbari Rossiyaga tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi.

Shavkat Mirziyoyev 19-noyabrda Rossiyaga tashrif buyuradi
17 noyabr 2021, 18:21

Shavkat Mirziyoyev 19-noyabrda Rossiyaga tashrif buyuradi

Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston prezidenti etib qayta saylanganidan keyingi ilk ikki tomonlama tashrifi 19-noyabr kuni Rossiyaga bo‘ladi.

Metroni TTZ massivigacha kengaytirish rejalashtirilgan. Yer osti liniyasini yotqizishning ikkita varianti muhokama qilinmoqda
15 noyabr 2021, 22:56

Metroni TTZ massivigacha kengaytirish rejalashtirilgan. Yer osti liniyasini yotqizishning ikkita varianti muhokama qilinmoqda

Toshkentda Chilonzor metro liniyasini “Buyuk Ipak yo‘li” bekatidan TTZ massivigacha uzaytirish rejalashtirilgan. Yer osti liniyasini yotqizishning ikkita varianti — Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi yoki Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi orqali olib o‘tish ustida ishlanmoqda.

«Investitsiya dasturi vazirlikda emas, balki mahalladan boshlab shakllanadi» — prezident
15 noyabr 2021, 18:44

«Investitsiya dasturi vazirlikda emas, balki mahalladan boshlab shakllanadi» — prezident

Shavkat Mirziyoyev kelgusi yildan mahallalar ehtiyojlarini inobatga olgan holda investitsiya dasturlari ishlab chiqilishini, bunga esa hokim yordamchilari mas’ul bo‘lishini ma’lum qildi. «Bundan buyon investitsiya dasturlarini hokimlarning o‘zi mahallabay tamoyili asosida ishlab chiqadi. Ya’ni, dastur vazirlikda emas, balki mahalladan boshlab shakllanadi», — dedi davlat rahbari.

«Asosiy vazifamiz — tibbiyot sohasini xalqchil tizimga aylantirish». Prezident soha xodimlarini bayram bilan tabrikladi
13 noyabr 2021, 14:48

«Asosiy vazifamiz — tibbiyot sohasini xalqchil tizimga aylantirish». Prezident soha xodimlarini bayram bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlariga tabrik maktubini yo‘lladi. Davlat rahbari besh yilda oliy toifali shifokorlar maoshini 1000 dollarga yetkazish, sohaga ikki baravar ko‘proq mablag‘ yo‘naltirish ko‘zda tutilganini qayd etdi. U shuningdek, sana munosabati bilan 82 nafar tibbiyot xodimini davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risidagi farmonga imzo chekkanini ma’lum qildi.

Turkiy Kengash nomi «Turkiy davlatlar tashkiloti» deb o‘zgartiriladi
12 noyabr 2021, 19:11

Turkiy Kengash nomi «Turkiy davlatlar tashkiloti» deb o‘zgartiriladi

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi nomi «Turkiy davlatlar tashkiloti» deb o‘zgartiriladi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammitini O‘zbekistonda o‘tkazishni taklif qildi.

“Afg‘onistonning terrorchilar makoniga aylanishiga yo‘l qo‘ymaslik nihoyatda dolzarb” — prezident
12 noyabr 2021, 19:06

“Afg‘onistonning terrorchilar makoniga aylanishiga yo‘l qo‘ymaslik nihoyatda dolzarb” — prezident

Shavkat Mirziyoyev Turkiy kengash sammitida Afg‘oniston masalasiga to‘xtalib o‘tdi. U “Afg‘onistonning gumanitar inqirozga tushib, xalqaro maydonda yakkalanib qolishiga, terrorchilar makoniga aylanishiga yo‘l qo‘ymaslik nihoyatda dolzarbligini” aytib o‘tdi.

«Tovar aylanmasini $1 mlrdga oshirish imkoniyati mavjud». O‘zbekiston va Qirg‘iziston yetakchilari Istanbulda uchrashdi
12 noyabr 2021, 18:44

«Tovar aylanmasini $1 mlrdga oshirish imkoniyati mavjud». O‘zbekiston va Qirg‘iziston yetakchilari Istanbulda uchrashdi

Sadir Japarov va Shavkat Mirziyoyev Istanbulda uchrashdi. Qirg‘iz prezidenti matbuot xizmati yozishicha, O‘zbekiston yetakchisi «ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar aylanmasini 1 mlrd dollarga oshirish uchun real imkoniyat mavjud», deya ta’kidlagan. Sadir Japarov hamkasbini yana bir bor Qirg‘izistonga taklif qildi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga jo‘nab ketdi
11 noyabr 2021, 16:12

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining sakkizinchi sammitida ishtirok etish uchun Turkiyaning Istanbul shahriga jo‘nab ketdi. Davlat rahbari tashrif doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazadi.

Viloyatlarda moliya-iqtisodiyot sektori xodimlari majburan mahallada «hokim yordamchisi» lavozimiga o‘tkazilayotgani aytilmoqda
10 noyabr 2021, 17:55

Viloyatlarda moliya-iqtisodiyot sektori xodimlari majburan mahallada «hokim yordamchisi» lavozimiga o‘tkazilayotgani aytilmoqda

Respublika bo‘ylab barcha mahallalarda «hokim yordamchisi» lavozimiga moliya-iqtisodiyot sektori xodimlari majburlab o‘tkazilayotgani aytilmoqda. Murojaatchilarning so‘zlariga qaraganda, ular ushbu lavozimga o‘tishni rad etsa, «prezidentga xiyonat» qilayotganlikda ayblanib, ishdan bo‘shatilishi bilan qo‘rqitilmoqda. Suhbatga kelmaganlar esa ichki ishlar organlari tomonidan majburan olib ketilayotgani ma’lum qilindi. Avvalroq, saylovoldi tashviqoti davrida Shavkat Mirziyoyev «hokim yordamchisi» lavozimiga yoshlar orasidan nomzodlar tanlab olinishini aytgandi.

2022 yilda 1hls.uz platformasiga 60 mlrd so‘m ajratiladi — prezident
10 noyabr 2021, 12:48

2022 yilda 1hls.uz platformasiga 60 mlrd so‘m ajratiladi — prezident

Shavkat Mirziyoyev Moliya vazirligiga 2022 yilda “Sog‘lom turmush tarzi” platformasini (1hls.uz) yanada ommalashtirish uchun qo‘shimcha 60 mlrd so‘m ajratish bo‘yicha topshiriq berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur platformadan foydalanuvchilar bugungi kunda 600 ming nafarga yetdi, ularga piyoda yurgani uchun 18 mlrd so‘m to‘lab berildi.

“Bu bizning qumlarimiz emas”. Prezident va poytaxt hokimi chang-qumli tuman haqida
9 noyabr 2021, 17:32

“Bu bizning qumlarimiz emas”. Prezident va poytaxt hokimi chang-qumli tuman haqida

“Gazeta.uz” muxbiri Toshkent hokimiga chang-qumli tuman va ekologik muammolar haqida savol berdi. Jahongir Ortiqxo‘jayev esa changning Qozog‘istondan kirib kelganini aytib, provokatsiya qilmaslikni so‘radi. U “Gazeta.uz"ga ekologiya mavzusida tadbir tashkil etishni taklif qildi va buni hokimlik qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi. Avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev ham chang tashqaridan kelganini aytgan edi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga tashrif buyuradi
9 noyabr 2021, 14:19

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga tashrif buyuradi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi sammitida ishtirok etish uchun 11−12 noyabr kunlari Turkiyaga tashrif buyuradi.

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga hamdardlik bildirdi
8 noyabr 2021, 23:41

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga hamdardlik bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston rahbari Qasim-Jomart Toqayevga Qarag‘anda viloyatidagi konda yuz bergan portlash oqibatida olti kishi halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

Aydar-Arnasoy ko‘lidan baliq ovlash hajmi yiliga 20 ming tonnaga oshiriladi — prezident
8 noyabr 2021, 22:17

Aydar-Arnasoy ko‘lidan baliq ovlash hajmi yiliga 20 ming tonnaga oshiriladi — prezident

Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Aydar-Arnasoy hududida ekoturizmni rivojlantirish uchun, avvalo, suv hajmi barqarorligini ta’minlash, bioxilma-xillikni asrash kerakligi ta’kidlandi. Ko‘llar atrofida qo‘shimcha sayyohlik zonalari va dam olish maskanlari barpo etish, baliq ovlash hajmini 4 ming tonnadan 20 ming tonnaga yetkazish va qirg‘oqlar bo‘yidagi 800 gektar yerda daraxt va butalar ekish topshirildi.

Endi hokim kengash rahbari bo‘lmaydi — prezident
8 noyabr 2021, 21:24

Endi hokim kengash rahbari bo‘lmaydi — prezident

Prezident xalq deputatlari Kengashlari va hokimlarning vakolatlarini aniq belgilab beruvchi qonunchilik bazasini yaratish vaqti kelganini aytdi. Unga ko‘ra, «endi kengash rahbari ijroiya organi rahbari bo‘la olmaydi».


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting