O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-noyabr kuni Rossiyaga tashrif buyuradi. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari — Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov ikki mamlakat mintaqalararo hamkorlik forumidagi chiqishi chog‘ida aytib o‘tdi.

Prezident uchun bu tashrif uning qaytadan davlat rahbari etib saylanganidan keyingi ilk ikki tomonlama tashrifi bo‘ladi, dedi Sardor Umurzoqov .

Eslatib o‘tamiz, tashrif arafasida ikki tomonlama tadbirlarning katta dasturi, jumladan, ta’lim forumi, mintaqalar forumi va media-forum o‘tkaziladi.