Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatidagi konda sodir bo‘lgan portlash oqibatida insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan mamlakat prezidenti Qasim-Jomart Toqayevga hamdardlik bildirdi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

7 noyabr kuni «ArselorMittal Temirtau» kompaniyasiga qarashli «Abay» shaxtasida to‘satdan metan ajralib chiqishi sodir bo‘ldi. Olti ishchi halok bo‘ldi, yana ikki kishi yaralandi. Konda jami 64 nafar ishchi ishlagan. 56 kishi zudlik bilan o‘z-o‘zini evakuatsiya qildi.

Qasim-Jomart Toqayev hukumatga konchilar oilalariga yordam ko‘rsatish bo‘yicha topshiriq berdi. Voqea holatlariga oydinlik kiritish uchun hukumat komissiyasi tuzildi.