1 dekabr kuni «Qarshi-Kasbi-Jeynov-Pomuq» avtomobil yo‘lining Qarshi tumani «Lagandi» mahallasi hududidan o‘tuvchi 14 kilometrida YTH sodir bo‘ldi .Bu haqda «Darakchi.uz» xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, «Matiz» avtomashinasi nosoz yo‘lni aylanib o‘tish chog‘ida qarama qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, «Kobalt» avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etadi.

Xabarda aytilishicha, dastlabki o‘rganishlar davomida mazkur yo‘l transport hodisasiga yo‘lning nosozligi sabab bo‘lganligi aniqlandi.

«Matiz» avtomashinasi haydovchisi A.M. va uning yo‘lovchisi bo‘lgan X.M. voqea joyida vafot etishgan. Shuningdek, har ikkala mashinada bo‘lgan boshqa ikki nafar yo‘lovchi og‘ir tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan, deyiladi xabarda.