Qashqadaryo viloyat hokimi o‘rinbosarlari tibbiy ko‘rikdan o‘tish va davolanish uchun Toshkent shahriga jo‘natildi va ularning o‘rniga hokimning vaqtinchalik o‘rinbosarlari etib yoshlar tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

«Global Education in Karshi» nodavlat ta’lim muassasasi rahbari Sardor Sodikov (1994 y.t.), viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.

Bundan tashqari, viloyat hokimi o‘rinbosarligiga yana to‘rt nafar yoshlar tayinlandi:

  • Adxam Toxirov (1993 y. t.), O‘zbekiston yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash markazining viloyat bo‘linmasi boshlig‘i.
  • Temurbek Poyonov (1993 y. t.), Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari.
  • Sanjar Toshtemirov (1986 y. t.), Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish va servis kafedrasi dotsenti.
  • Farrux Qodirov (1993 y.t.), TATU Qarshi filiali magistranti.

Oldinroq viloyatning tuman hokimlari ham tibbiy ko‘rikdan o‘tish va davolanish ta’tiliga chiqqan edi. Ularning o‘rnini ham vaqtincha yoshlar egalladi va hokimning vaqtincha vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi:

  • Qarshi shahar hokimi — Jahongir Po‘latov.
  • Shahrisabz shahar hokimi — Sabrina Tursunova.
  • G‘uzor tumani hokimi — Rustambek Yo‘ldoshev.
  • Dehqonobod tumani hokimi — Adham Qulmamatov.
  • Qamashi tumani hokimi — Shohjahon Axmedov.
  • Qarshi tumani hokimi — Shaxzod Rajabov.
  • Kasbi tumani hokimi — Mirjalol Axmedov.
  • Kitob tumani hokimi — Oybek Kamolov.
  • Koson tumani hokimi — Murodjon Ma’diyev.
  • Mirishkor tumani hokimi — O‘ktamjon Arabboyev.
  • Muborak tumani hokimi — Akmal Raxmonov.
  • Nishon tumani hokimi — Muxriddin Utkirov.
  • Chiroqchi tumani hokimi — Xurshid Xolmirzayev.
  • Shahrisabz tumani hokimi — Shaxzod G‘aniyev.
  • Yakkabog‘ tumani hokimi — Sitora Ergasheva.