Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida mart oyidan buyon birga yashamayotgan xotining homilador bo‘lganini erkak turmush o‘rtog‘i, qaynonasi va ikki nafar bolani pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, oilaviy kelishmovchilik tufayli mart oyida M.Muxammadiyeva (1995 y.t.) onasi N.Shernayevaning (1965 y.t.) yashash uyiga qaytib kelib, turmush o‘rtog‘i A.Xazratqulov (1990 y.t.) bilan aloqalarini uzishini aytgan.

A.Hazratqulov xotinini boshqa shaxsdan homiladorligini gumon qilgan. U 9 dekabr kuni soat 23:30 larda Yakkabog‘ tumani Eski Yakkabog‘ mahallasidagi qaynonasining uyiga 2 dona oshxona pichog‘i bilan kelgan.

Uyga devordan oshib kirgan va uxlab yotgan N.Shernayeva, M.Muxammadiyeva, voyaga yetmagan R.Sherbekova (12.01.2012 y.t.) va A.Sherbekovni (21.09.2014 y.t.) bo‘yin sohalarini oshxona pichog‘i bilan kesib, qasddan o‘ldirib, yashiringan.

10 dekabrda tuman prokuraturasi tomonidan A.Xazratqulovga nisbatan JKning 97-moddasi 2-qismi «a, b, v, j» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u ushlangan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangilandi: 20:17, 11.12.2020.