«Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari» AJ matbuot хiзматiхабарiга ko‘ra, 8 yanvar kuni Tallimarjon IESdagi har birining quvvati 450 MVt bo‘lgan ikkita energoblok to‘xtagan.

Shu sababli viloyatning Qamashi, Yakkabog‘, Shahrisabz tumani, Shahrisabz shahri, Kitob, Chiroqchi, G‘uzor, Nishon tumanlari elektr ta’minotida to‘liq uzilish kuzatilmoqda. Viloyatning boshqa hududlarida ham elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilayotganligi aytildi.

Talimarjon IESda 2016 va 2017 yillarda ikkita bug‘-gaz moslamalari ishga tushirilgan edi. Qurilishni Janubiy Koreyaning Daewoo i Hyundai kompaniyalari amalga oshirgan.

2004 yilda ishga tushirilgan 800 MVt quvvatga ega stansiyaning birinchi issiqlik energobloki o‘z ishini davom ettirmoqda (stansiya qurilishi SSSR davrida boshlangan).

5 yanvar kuni Talimarjon IESga yetarli miqdorda gaz bormaganligi uchun, ikkita energoblok to‘xtab, elektr energiya tizimida uzilishlar kuzatildi. Buning natijasida bir necha tumanlarda suv ta’minoti ham to‘xtagan.

Energetika vazirligi axborot хiзматiнiнгхабар berganiga ko‘ra, ayni damda issiqlik elektr stansiyalarining barqaror ishlash rejimi to‘liq tiklangan.

Energetika vaziri Alisher Sultanov boshchiligidagi mutaxassislar zudlik bilan mazkur stansiyaga uchib ketdi.