4 yanvar kuni soat 6:59 da va 10:10 da Qashqadaryo viloyati «Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi»ga qarashli neft va gaz qazib chiqarish konlarini elektr energiyasi bilan ta’minlab turgan «Neftchi» podstansiyasida rele himoyadan o‘chgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Talimarjon IESga yetarli miqdorda gaz bormaganligi uchun, ikkita energoblok to‘xtagan. Oqibatda Qashqadaryoning beshta tumanida to‘liq elektr energiyasidan uzilish holati ro‘y bergan va Shahrisabz, Kitob, Yakkabog‘ tumanlarida joylashgan suv ishlab chiqarish inshootlari faoliyati to‘xtagan.

Natijada aholiga suv yetkazib berishdayam muammolar yuzaga kelgan.

Hozirda «Issiqlik manbai» faoliyatida ham uzilish ro‘y berib, ko‘pqavatli uylarning isitish tizimi to‘liq quvvat bilan ishlamayapti.

«Qashqadaryo Suvta’minot»ning Qarshi shahar bo‘limi tarafidan viloyat aholisiga maxsus texnikalarda ichimlik suvi yetkazib berilayotgani ma’lum qilindi.