Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoning Yakkabog‘ tumanida 15 yanvar kuni 3−4 kishi bir erkakning qo‘l-oyog‘ini bog‘lab, shafqatsizlarcha kaltaklashgani ҳақидахабар tarqaldi.

Fuqaro badanini pichoq va issiq kapkir bilan kuydirib, arqon bilan bo‘g‘ib, hushidan ketguncha do‘pposlashgani aytilmoqda.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu holat yuzasidan 21 yanvar kuni Yakkabog‘ tumani IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 110-moddasi («qiynash») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlab yuborildi.

Tergov jarayoni Qashqadaryo viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.