Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatidagi maktablarning birida Islom Karimovning byusti uchun pul yig‘ilayotganligi haqida xabar tarqalgan. Xabarga ko‘ra, byust 450 ming so‘m etib belgilangan va 10 ming so‘mdan barcha o‘qituvchilar topshirishi kerak bo‘lgan. Ushbu holatga viloyat xalq ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish maqsadida viloyatdagi bir qancha tashkilot va muassasalarga 200 dona byust taqsimlangan.

Hozirda ushub byustlar tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarida homiylik yoki byudjetdan tashqari tushgan mablag‘ asosida shakllantirib maktablarga tarqatish uchun saqlanayotganligi ma’lum qilindi.

Chiroqchi, Muborak, Qarshi, Koson, Dehqonobodda I.Karimovning byusti o‘zlari tashubbus ko‘rsatgan maktab direktorlariga tarqatilgani va pul mablag‘lari maktablar jamoasidan yig‘ib olinmaganligi aytilmoqda.