Qarshi tumanida fuqaro «Mikrokreditbank» mas’ul xodimlari bilan boshqa fuqaro nomiga korxona ochib, 1,9 mlrd so‘m kredit ajratib bergani va shundan 1,1 mlrd so‘mni mahsulot xaridi uchun o‘tkazish orqali talon-toroj qilgani aytilmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qarshidagi medtexnikumda tahsil oluvchi talaba qiz o‘zini yotoqxonaning 4-qavatidan tashlab, vafot etdi. Uning o‘limi sabablari va ishga aloqador bo‘lgan boshqa holatlarga aniqlik kiritish maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi.
Juma kuni ertalab Qarshidagi mebel ustaxonasida yong‘in kelib chiqdi, uch kishi halok bo‘ldi.
Qarshi tumanidagi 6 sonli maktab direktori 50 dan ortiq o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgani aniqlandi. Holat Xalq deputatlari kengashi va xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan o‘rganilib, maktab direktorini o‘z vazifasidan ozod etildi. XTV «pedagoglarning o‘z kasbiga aloqasi bo‘lmagan turli ishlarga jalb qilinishiga yo‘l qo‘ymaysiligi»ni ta’kidladi.
Qarshi shahar hokimligi viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi ijobiy xulosasini olmasdan turib, 47 tup ko‘p yillik daraxtni kesib tashladi. Tabiatga yetkazilgan zarar 253,5 mln so‘m deb baholanmoqda.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasining xulosasisiz, Qarshi shahar hokimligi tomonidan 10 gektar maydonda kichik sanoat zonasini barpo etish uchun 2874 tup daraxt noqonuniy kesildi.
«Nasaf» futbol klubi o‘z logotipini o‘zgartirdi — qanotlari bilan to‘pni quchayotgan humo qushining o‘rniga olov purkayotgan ajdaho qaytarildi. Shuningdek, jamoa yangi mavsum uchun sport formasini taqdim etdi.
Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting