18-iyun kuni soat 18:00 atrofida Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish boshqarmasi ishchisi kanalga tushib ketdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati.

35 yoshli Sh. B. Qarshi shahri “Neftchilar” mahallasida joylashgan viloyat Olimpiya zaxiralari sport kolleji yonidagi kanalga tushib ketib vafot etgan. Holat bo‘yicha hodisa joyi Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan ko‘zdan kechirilib, protsessual tartibda rasmiyshlatirilgan.

Marhum B.Sh.ga nisbatan o‘sha kuni sud tibbiy ekspertiza tayinlanash to‘g‘risida qaror qabul qilinib, uning tanasi tashqi tomondan ko‘zdan kechirilganda biror-bir tan jarohati aniqlanmagan. Uning o‘limi sabablarini aniqlash bo‘yicha Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.