«Mikrokreditbank» ATB murojaatiga muvofiq, Bosh prokuratura huzuridagi Departamenti xodimlari bankning Qarshi tuman bo‘limida tekshiruv o‘tkazdi. Bu haqda departament matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, fuqaro B.S. «Mikrokreditbank»ning Qarshi filialidagi amaliyot bo‘limi mas’ul shaxslari bilan fuqaro N.E. nomiga «U.C.» MCHJ ochgan va unga 1,9 mlrd so‘m kredit ajratib bergan.

Fuqaro va bankning mas’ul xodimlari ajratilgan kreditdan 1,1 mlrd so‘mni turli subyektlarga mahsulotlar sotib olish uchun o‘tkazish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aytilmoqda.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.