Farg‘ona viloyatida vafot etgan 20 yoshli kelinning yaqinlari uning to‘ydan bir oy o‘tib o‘z joniga qasd qilganiga ishonmayapti. Xolasining aytishicha, qiz eri uni kaltaklayotganidan shikoyat qilgan.
Toshkent shahar IIBBda tergov vaqtida fuqaro vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ichki ishlar xodimlari mansab vakolatidan chetga chiqish va qiynoqqa solishda gumonlanmoqda.
Chirchiq shahridagi Deluxe hotel mehmonxonasida 23 yoshli yigit va 21 yoshli qiz vafot etdi.
Prezidentning yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanishni nazorat qilish to‘g‘risidagi farmoni bilan prokuratura organlarida boshqaruv xodimlari soni 4195 dan 4886 nafarga, Bosh prokuratura prokuror-tergovchilari esa 252 dan 316 nafarga oshirildi. Yana bir — bosh prokuror o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi.
Muzrabot tumanida mastligi aytilgan erkakni urib, unga kuch ishlatgan IIB xodimi “mansab vakolatidan chetga chiqqan” deb topildi va harakatlari yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovning borishini prokuratura nazoratga olgan.
Tarmoqlarda Xonobod shahar hokimligi xodimi pichoqlangani haqida xabarlar tarqaldi. Bosh prokuraturaga ko‘ra, jabrlangan shaxs hokimiyatda emas, Respublikadagi qo‘mitalarning birida ishlaydi. Pichoqlangan fuqaro tirik qolgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 1 nafar shaxs gumonlanuvchi sifatida ushlangan.
Taxiatosh tumanidagi mahallardan birining raisi 31 mln so‘mdan ortiq pulni talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda. Uning bir martalik moddiy yordam pullarini asossiz to‘lagani aniqlangan. Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tergovga qadar tekshirish olib bormoqda.
Qashqadaryoda yana bir bola «Dok-1 Maks» sabab vafot etdi. 1 yoshli bolaga sirop 5 kun davomida uyida ichirib turilgan.
Tarmoqlarda Farg‘ona viloyatida Cobalt haydovchisi harbiy xizmatchini katta tezlikda urib, qochib ketgani aytilgan video tarqaldi. Viloyat prokuraturasi oddiy askar olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgani va haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
Qarshi tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i pora bilan ushlangani aytilmoqda. U fuqaroni ishga kiritib qo‘yish evaziga 500 dollar olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Navoiy kon metallurgiya kombinatida portlatish ishlari davomida ekskavator kabinasida bo‘lgan mashinist halok bo‘ldi. Uning yordamchisi 1 va 2-darajali kuyish jarohatini oldi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlandi va sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlandi.
Navoiy viloyati soliq boshqarmasining ikki xodimi pora bilan ushlangani xabar qilindi. Ular soliq tekshiruvi natijasini tadbirkor foydasiga ijobiy hal qilish uchun 10 ming dollar talab qilgan. Xodimlarga «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Avgustda Surxondaryodagi «Hazarbog‘» kanalidan 27 yoshli shaxsning jasadi topildi. Sud-tibbiy ekspertiza uning o‘limiga burun va og‘iz bo‘shlig‘ining suv bilan berkitilishidan vujudga kelgan mexanik asfiksiya sabab bo‘lganini aytdi. Bunda jinoyat tarkibi aniqlanmaganligi sababli jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad qilindi.
Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida Gentra haydovchisi prokuratura binosi oldida yo‘l harakati qoidalarini ko‘pol ravishda buzib, qarama-qarshi tomonda harakatlandi. Unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, mashina jarima maydoniga joylashtirildi.
Bosh prokurorning o‘rinbosari Shavkatjon Raximov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan ishdan olindi.
Qarshi tumanining Mirmiron qishlog‘i fuqarolari kanalda bir necha kun avval bedarak yo‘qolgan 2007 yilda tug‘ilgan bolaning jasadini ko‘rib qolib, suvdan olib chiqdi. Hozirda tuman prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv boshladi, tegishli ekspertiza tayinlandi.
May oyida Uchtepa tuman prokuraturasi tergovchisi 50 ming dollar pora bilan ushlangan edi. Yashnobod tuman sudi gumonlanuvchini aybdor deb topib, 13 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.
Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 234-sonli maktabda o‘quvchini devor bosib qolgani, maktab ma’muriyati esa o‘quvchining o‘limini yashirishga uringani aytilmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, hozirda qo‘shimcha tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bosh prokuratura O‘zbekistondagi 72 ta madaniy meros obyektida 121 ta noqonuniy reklama joylashtirish holatlarini aniqladi. Ayrim holatlarda reklama bannerlari tarixiy obyektlarning ko‘rinishini to‘liq yopib qo‘ygan.
Uchtepa tumani prokuraturasi tergovchisi 50 ming AQSh dollarini pora tariqasida olgan vaqtda ushlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting