Toshkent viloyati Chirchiq shahrida joylashgan Deluxe hotel mehmonxonasining xonasiga joylashgan 2000-yilda tug‘ilgan yigit va 2002-yilda tug‘ilgan qiz vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Gazeta.uz”ga xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea 2023-yil 8-iyun kuni sodir bo‘lgan. Marhumlarning o‘lim sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

Prokuraturaning ta’kidlashicha, tergovga qadar tekshirish harakatlari boshlangan.