6-iyun kuni Toshkent viloyati Bekobod tumanida 14 yoshli bola suvga cho‘kib, vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Tuman prokuraturasiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, soat 16:30 da Qushtamg‘ali mahallasidan oqib o‘tuvchi “Do‘stlik” kanalidan 2010-yilda tug‘ilgan S.T. (erkak)ning jasadi kanalning 150 metr uzoqlikdagi qismidan topilgan.

Aniqlanishicha, yigit Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida tug‘ilgan.

Tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.