«o‘zgidromet» tegli maqolalar


9 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
23 aprel 2024, 11:15

9 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

O‘zbekistonning 9 ta viloyatidagi tog‘li joylarda 25−28-aprel kunlari sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shuningdek, yomg‘ir suvlari to‘planishi oqibatida hududlarni suv bosishi ehtimoli bor.

9 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
15 aprel 2024, 10:31

9 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

16−17-aprel kunlari kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin. Yomg‘ir suvlari to‘planib, hududlarni suv bosishiga olib kelishi xavfi ham mavjud.

Mart oyida harorat rekordlari qayd etilmadi — O‘zgidromet
3 aprel 2024, 18:15

Mart oyida harorat rekordlari qayd etilmadi — O‘zgidromet

O‘zbekistonda bahorning birinchi oyida ob-havo ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘ldi. Bir nechta sovuq to‘lqinlar ham kuzatildi. Oylik yog‘ingarchilik miqdori me’yor darajasida, ba’zan undan ortib ketdi. Aynan mart oyida balandligi 4−25 smgacha yetgan qor yog‘di, ayrim joylarga sel kelib, hududlarni suv bosdi.

Dam olish kunlari harorat asta-sekin ko‘tariladi
29 mart 2024, 10:47

Dam olish kunlari harorat asta-sekin ko‘tariladi

O‘zbekistonda dam olish kunlari asosan yog‘ingarchiliksiz o‘tishi kutilmoqda, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi. Harorat asta-sekin ko‘tarilib, yakshanba kuni +17 darajagacha isiydi, kechalari 0…+5 iliqqacha bo‘ladi.

Navro‘z bayramida yog‘ingarchilik va harorat pasayishi kutilmoqda
18 mart 2024, 10:56

Navro‘z bayramida yog‘ingarchilik va harorat pasayishi kutilmoqda

O‘zbekistonda hafta boshida havo juda iliq bo‘ladi. Keyinroq nam havo massalari kirib kelishni boshlaydi. 20−21-mart kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, joylarda kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. 21−22-mart kunlari havo harorati +10…+15 darajagacha pasayishi ehtimoli bor.

Dam olish kunlari havo o‘zgarib turadi
7 mart 2024, 11:20

Dam olish kunlari havo o‘zgarib turadi

O‘zbekistonda 7−8-mart kunlari havo harorati ko‘tarilishda davom etadi. Dam olish kunlari esa havo o‘zgarib turadi, ba’zi hududlarda yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin.

Hafta davomida harorat ko‘tarilib boradi
4 mart 2024, 11:29

Hafta davomida harorat ko‘tarilib boradi

O‘zbekistonda hafta davomida harorat jadal ravishda ko‘tarilib boradi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Kechalari −2…+5, kunduz kunlari +4…+18 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda. 8-martda ba’zi joylarda shamol kuchayib, yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

O‘zbekistonning 6 ta viloyatida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi
1 mart 2024, 09:30

O‘zbekistonning 6 ta viloyatida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi

1−7-mart kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda haroratning o‘zgarishi sababli 6 ta viloyatning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi.

Hafta davomida vaqti-vaqti bilan qor va yomg‘ir yog‘adi
26 fevral 2024, 11:30

Hafta davomida vaqti-vaqti bilan qor va yomg‘ir yog‘adi

Qishning so‘nggi kunlari va bahorning birinchi kuni O‘zbekistonda ob-havoning beqaror sharoiti saqlanib turadi. Hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir va qor yog‘adi. Harorat kechalari 0…-5, kunduzi +2…+7 daraja bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Poytaxtda esa 28-fevral va 1-martda yog‘ingarchilik kuzatiladi.

O‘zbekistonning 6 ta viloyatida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi
22 fevral 2024, 11:30

O‘zbekistonning 6 ta viloyatida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi

23−29-fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli O‘zbekistonning 6 ta viloyatida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi.

O‘zbekistonda 2024-yil yozi odatdagidek bo‘ladi — O‘zgidromet
20 fevral 2024, 20:56

O‘zbekistonda 2024-yil yozi odatdagidek bo‘ladi — O‘zgidromet

El-Nino tabiiy hodisasi tufayli O‘zbekistonda 2024-yilning yozi kuzatuvlar tarixidagi eng issig‘i bo‘lishi haqida xabarlar tarqaldi. O‘zgidromet O‘zbekistonda odatdagi issiq yoz fasli bo‘lishini ma’lum qildi. Shuningdek, quruq kuz, ya’ni yog‘ingarchilik miqdori me’yordan past bo‘lishi kutilmoqda.

Chorshanbadan yog‘ingarchilik to‘xtashi kutilmoqda
19 fevral 2024, 11:34

Chorshanbadan yog‘ingarchilik to‘xtashi kutilmoqda

O‘zbekiston bo‘ylab 19−20-fevral kunlari vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Harorat kechalari −8…−12, ba’zi joylarda -16 darajagacha soviydi, kunduzi −3…+2 daraja bo‘ladi. Chorshanbadan ish haftasining oxirigacha yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi.

Toshkentliklardan kuchli qor yog‘ishi sababli shaxsiy avtomobillaridan foydalanmaslik so‘raldi
18 fevral 2024, 10:47

Toshkentliklardan kuchli qor yog‘ishi sababli shaxsiy avtomobillaridan foydalanmaslik so‘raldi

Poytaxt hokimligi aholini qor yog‘ishi 12 soatgacha davom etishi mumkinligidan ogohlantirdi. Aholidan shaxsiy avtomashinalardan foydalanishni minimallashtirish so‘raldi.

Hafta davomida harorat +24 darajagacha ko‘tariladi
12 fevral 2024, 11:06

Hafta davomida harorat +24 darajagacha ko‘tariladi

Hafta davomida O‘zbekistonning barcha hududlarida quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Harorat kechasi +3…+10, kunduzi +12…+24 daraja bo‘ladi. Juma kuni esa sovuq va nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi.

Hafta davomida harorat ko‘tarilib boradi
5 fevral 2024, 11:03

Hafta davomida harorat ko‘tarilib boradi

Hafta davomida harorat kechalari 0…+7, kunduzi +7…+17 darajagacha ko‘tarilib boradi. Chorshanba va payshanba kunlari aksariyat hududlarda yomg‘ir yog‘adi, qolgan kunlarda quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin.

O‘tgan oy O‘zbekiston tarixidagi eng iliq yanvarlardan biri bo‘ldi
2 fevral 2024, 20:09

O‘tgan oy O‘zbekiston tarixidagi eng iliq yanvarlardan biri bo‘ldi

2024-yilning yanvar oyida harorat juda iliq bo‘ldi. Iqlim me’yoridan yuqori bo‘lgan harorat deyarli oy davomida saqlanib turdi. O‘zgidrometning ma’lumot berishicha, o‘tgan oy meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng iliq yanvar oylari uchligiga kirdi.

Dam olish kunlari ba’zi hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi
2 fevral 2024, 10:52

Dam olish kunlari ba’zi hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi

Shanba kuni O‘zbekistonga nam havoning yangi qismi kirib kela boshlaydi. Joylarda asosan yomg‘ir yog‘adi. Yakshanbada ba’zi hududlarda yomg‘ir, qor yog‘ishi, tuman tushishi kutilmoqda. Harorat kunduzi +3…+8 daraja iliq, kechasi 0…-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Ish haftasi yomg‘irli bo‘ladi
29 yanvar 2024, 11:24

Ish haftasi yomg‘irli bo‘ladi

O‘zbekistonning asosiy qismida dushanba va seshanba kunlari yog‘ingarchilik kuzatiladi. Chorshanbadan Toshkent viloyati va vodiydan tashqari respublikaning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechalari 0…-5, shimolda −10…−15, kunduzi −3…+5 daraja bo‘ladi.

Dam olish kunlari yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
26 yanvar 2024, 11:47

Dam olish kunlari yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Shanba kuni O‘zbekistonga Turkmanistondan iliq va nam havo massalari kirib kelib, ayrim joylardagina yog‘ingarchilik bo‘ladi. Harorat kechasi −2…−5 darajagacha pasayadi, kunduzi +10 darajagacha yetadi. Yakshanbada yomg‘ir respublikaning barcha hududlariga tarqaladi. Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor.

Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
24 yanvar 2024, 18:31

Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

O‘zgidromet 25−31-yanvar kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfidan ogohlantirdi. Avvalroq mamlakatning shimoli-g‘arbiy hududlariga Volgabo‘yi hududlaridan nam va sovuq havo massalari kirib kelishi haqida xabar berilgandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting